Narbekova Zuxra Tadjibaevnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda kasbiy malakalarini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.02 – “Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  
Ilmiy rahbari: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna pedagogika fanlari bo‘ycha falsafa doktori,professor, Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nofilologik oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda kasbiy malakalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari, sohaviy bilimlar va iqtisodiy jarayonlarning virtual muhitini izchillik va mantiqiylikka muvofiq modellashtirish orqali iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, qaror qabul qilish va prognozlashga oid kompetensiyalar takomillashtirilgan;
iqtisodchi mutaxassislarning kasbiy malakalarini rivojlantirish metodi nemis tilini oʼqitish jarayonida iqtisodiy tafakkurni investisiyaviy qarorlar qabul qilishda innovatsion texnologiyalarni metakognitiv tarkibiy yoʼnaltirish asosida takomillashtirilgan; 
iqtisodchi mutaxassislarning kasbiy malakalarini rivojlantirish modeli ishbilarmonlik muhitini imitatsiya qiluvchi, real iqtisodiy jarayonlarning didaktik nusxasiga asoslangan oʼquv sharoitlarida amaliy koʼnikmalar hamda muloqot va muzokara yuritish kompetensiyalarini shakllantirish orqali takomillashtirilgan; 
iqtisodchi mutaxassislarning kasbiy malakalarini rivojlantirish metodi interfaol brainstorming va tahliliy faoliyat mikromuhitini, diagnostik, ijobiy muhit elementlarini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nofilologik oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning kasbiy malakalarini rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
nofilologik oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning kasbiy malakalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari, sohaviy bilimlar va iqtisodiy jarayonlarni virtual muhiti izchillik, yaxshilik va mantiqiylikka muvofiq  modellashtirish yangi iqtisodiy g‘oyalar yaratishga, motivatsiya hamda talabalarning kasbiy faolligini rivojlantirishga oid tavsiyalar “Die interaktive Methode und Aufgaben beim Leseverstehen” o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 26-oktyabrdagi 340-son raqamli ma’lumotnomasi). Natijada muassasalarda bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning kasbiy malakalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan; 
nofilologik oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning kasbiy malakalarini rivojlantirish metodi, nemis tilini o‘qitish jarayonida iqtisodiy tafakkurni invistisiyaviy qarorlar qabul qilishda innovation texnologiyalarning metakognitiv tarkibiy yo‘naltirish asosida takomillashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bajarilgan A-1-197 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (2024-yil 20-dekabrdagi 02/01-01-153 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
nofilologik oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning kasbiy malakalarini rivojlantirish modeli ishbilarmonlik muhitini imitatsiya qiluvchi, real iqtisodiy jarayonlarning didaktik nusxasiga asoslangan o‘quv sharoitlarida amaliy ko‘nikmalar, qaror qabul qilish malakasi hamda muloqot va muzokara yuritish kompetensiyalarini shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Deusch+Wirschaft” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 326-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning kasbiy malakalarini rivojlantirishga pedagogik imkoniyatlar kengaytirilgan;
bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning kasbiy malakalarini rivojlantirish metodi interfaol brainstorming va tahliliy faoliyat mikromuhitini diagnostik, ijobiy muhit elementlarini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Arbeit mit landeskundlichen Texte” o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-buyrug‘iga asosan). Natijada nofilologik oliy ta’lim muassasalari talabalarida bo‘lajak kasbiy malakalarning rivojlanganlik darajalarini tashxislovchi indikatorlarni takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish