Rayimova Fariza Salim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «VDR geni polimorfizmini va uning qandli diabet 1 tipining rivojlanishiga ta’sirini tadqiqot qilish», 03.00.03 – Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V801.
Ilmiy rahbar: Dushanova Gavxar Abdukarimovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Dilbar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Nosirjon Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: VDR geni polimorfizmini va uning qandli diabet 1 tipining rivojlanishiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyati aholisida qandli diabet 1 tipi rivojlanishida VDR BsmI rs 1544410 geni SNP polimorfizmining gomozigot AA genotipi sababli TNFα ekspressiyasi faolligi va sitokinlar disfunksiyasining yuqori darajasi aniqlangan;
Samarqand viloyati aholisida qandli diabet 1 tipiga moyillikda TNFα-308 G/A genining gomozigot AA genotipi aniqlanmagan, ammo geterozigotli GA genotipi sababli autoimmun jarayonlar rivojlanishi isbotlangan;
ilk bor o‘zbek millatiga mansub axoli qandli diabet 1 tipida BsmI genining GG, GA va AA genotiplari va TNFα -308G/A genining GG va GA genotiplari sababli TNFα va IL-6 sitokinlarining nazorat guruxiga nisbatan ishonarli yuqori miqdorlari aniqlangan;
ilk bor qandli diabet 1 tipida kasallikning boshlanishi omillari BsmI polimorfizmining GG, GA va AA genotiplari va TNFα-308G/A genining GG, GA genotiplari uchrashi darajasiga qarab taxlillar kasallik 7 yoshdan boshlanishi va bemorlar sonining 15 yoshdan sezilarli darajada ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: VDR geni polimorfizmini va uning qandli diabet 1 tipining rivojlanishiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangiligi: ilk bor Samarqand viloyati aholisida qandli diabet 1 tipi rivojlanishida VDR BsmI rs 1544410 geni SNP polimorfizmining gomozigot AA genotipi sababli TNFα ekspressiyasi faolligi va sitokinlar disfunksiyasining yuqori darajasi aniqlanganligi bo‘yicha «1 tipli qandli diabetning molekulyar-genetik tadqiqotlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2024-yil 27-martdagi 8-sonli qarori) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali 05.06.2024 yildagi 25-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024-yil 13-noyabrdagi 08/60-sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi, erta tashxis qo‘yish, profilaktika taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali amaliy faoliyatlariga joriy etilishi 1 tipli qandli diabetning molekulyar-genetik tadqiqot usullarini qo‘llash kasallik kelib chiqishining autoimmun tabiatini aniqlash orqali kasallik asoratlari kamaytirish, o‘z navbatida individual davolash taktikasini tanlash natijasida davolash samaradorligi ortishi va statsionarda yotish kunlari qisqarishi xamda bemorlar xayot sifatini yaxshilashga asoslangan. Xulosa: aholida qandli diabet 1 tipi rivojlanishida VDR BsmI rs 1544410 geni SNP polimorfizmining gomozigot AA genotipi sababli TNFα ekspressiyasi faolligi va sitokinlar disfunksiyasi kelib chiqishi asoslangan;
ikkinchi ilmiy yangiligi: ilk bor Samarqand viloyati aholisida qandli diabet 1 tipiga moyillikda TNFα-308 G/A genining gomozigot AA genotipi aniqlanmagan, ammo geterozigotli GA genotipi sababli autoimmun jarayonlar rivojlanishi isbotlanganligi bo‘yicha «1 tipli qandli diabetning molekulyar-genetik tadqiqotlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2024-yil 27-martdagi 8-sonli qarori) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali 05.06.2024 yildagi 25-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024-yil 13-noyabrdagi 08/60-sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi, erta tashxis qo‘yish, profilaktika taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali amaliy faoliyatlariga joriy etilishi 1 tipli qandli diabetning molekulyar-genetik tadqiqot usullarini qo‘llash kasallik kelib chiqishining autoimmun tabiatini aniqlash orqali kasallik asoratlari kamaytirish, o‘z navbatida individual davolash taktikasini tanlash natijasida davolash samaradorligi ortishi va statsionarda yotish kunlari qisqarishi xamda bemorlar xayot sifatini yaxshilashga asoslangan. Xulosa: Samarqand viloyati aholisida qandli diabet 1 tipiga moyillikda TNFα-308 G/A genining gomozigot AA genotipi aniqlanmagan, ammo geterozigotli GA genotipi sababli autoimmun jarayonlar rivojlanishi asoslangan;
uchinchi ilmiy yangiligi: ilk bor o‘zbek millatiga mansub axoli qandli diabet 1 tipida BsmI genining GG, GA va AA genotiplari va TNFα -308G/A genining GG va GA genotiplari sababli TNFα va IL-6 sitokinlarining nazorat guruxiga nisbatan ishonarli yuqori miqdorlari aniqlanganligi bo‘yicha «1 tipli qandli diabetning molekulyar-genetik tadqiqotlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2024-yil 27-martdagi 8-sonli qarori) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali 05.06.2024 yildagi 25-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024-yil 13-noyabrdagi 08/60-sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi, erta tashxis qo‘yish, profilaktika taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali amaliy faoliyatlariga joriy etilishi 1 tipli qandli diabetning molekulyar-genetik tadqiqot usullarini qo‘llash kasallik kelib chiqishining autoimmun tabiatini aniqlash orqali kasallik asoratlari kamaytirish, o‘z navbatida individual davolash taktikasini tanlash natijasida davolash samaradorligi ortishi va statsionarda yotish kunlari qisqarishi xamda bemorlar xayot sifatini yaxshilashga asoslangan. Xulosa: o‘zbek millatiga mansub axoli qandli diabet 1 tipida BsmI genining GG, GA va AA genotiplari va TNFα -308G/A genining GG va GA genotiplari sababli TNFα va IL-6 sitokinlari miqdorining nazorat guruxiga nisbatan ishonarli yuqori bo‘lishi asoslangan;
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: ilk bor qandli diabet 1 tipida kasallikning boshlanishi omillari BsmI polimorfizmining GG, GA va AA genotiplari va TNFα-308G/A genining GG, GA genotiplari uchrashi darajasiga qarab taxlillar kasallik 7 yoshdan boshlanishi va bemorlar sonining 15 yoshdan sezilarli darajada ortishi aniqlanganligi bo‘yicha «1 tipli qandli diabetning molekulyar-genetik tadqiqotlari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2024-yil 27-martdagi 8-sonli qarori) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali 05.06.2024 yildagi 25-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024-yil 13-noyabrdagi 08/60-sonli xulosasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi, erta tashxis qo‘yish, profilaktika taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali amaliy faoliyatlariga joriy etilishi 1 tipli qandli diabetning molekulyar-genetik tadqiqot usullarini qo‘llash kasallik kelib chiqishining autoimmun tabiatini aniqlash orqali kasallik asoratlari kamaytirish, o‘z navbatida individual davolash taktikasini tanlash natijasida davolash samaradorligi ortishi va statsionarda yotish kunlari qisqarishi xamda bemorlar xayot sifatini yaxshilashga asoslangan. Xulosa: qandli diabet 1 tipida kasallikning boshlanishi omillari BsmI polimorfizmining GG, GA va AA genotiplari va TNFα-308G/A genining GG, GA genotiplari uchrashi darajasiga qarab taxlillar asoslangan.