Masharipov Adamboy Atanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning Xorazm vohasi sharoitida g‘o‘za va kuzgi bug‘doy agrotsenozlari holatining ekologik xususiyatlari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/V1507.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Shirin Kadamovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Jumamuratov Mɪrzamurat Ajumuratovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Otenova Farida Tolegenovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning Xorazm vohasi sharoitida g‘o‘za va kuzgi bug‘doy agrotsenozlari holatining ekologik xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Xorazm vohasi sharoitida ekologik bioindikator sifatida g‘o‘za va kuzgi bug‘doyning biomassasi hamda barg yuzasi ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ularning indikatorlik ahamiyati aniqlangan;
Xorazm vohasi sharoitida tuproqlarning ekologik holati va antropogen ta’sir natijasidagi asosiy o‘zgarishlar tahlil qilinib, ularning rivojlanish tendensiyalari ochib berilgan;
Xorazm vohasi sharoitida g‘o‘za va kuzgi bug‘doy ekinlarining iqlim-tuproq omillariga moslashuvchanligi va fitomeliorativ imkoniyatlari ilmiy asosda aniqlangan;
g‘o‘za va kuzgi bug‘doy ekinlarining biologik hosildorligi bilan tuproq-iqlimiy omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, ularning samarali o‘zaro ta’siri baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasi agrotsenozlari holatining ekologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tuproq unumdorligini ta’minlash va ulardan bioindikator sifatida foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 24 iyundagi 03-03/3-6169-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm vohasida er va suv resurslari tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarining moslashuvchanligini ta’minlash imkonini bergan;
Xorazm vohasi ekologik sharoitida qishloq xo‘jaligi ekotizimlarining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan hosildorlikni barqarorlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-02-650-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm vohasi sharoitida agrotsenozlar monitoringini yuritish va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini prognozlashni takomillashtirish imkonini bergan.