Gulimbetov Bayrambay Dauletbaevicning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolqum qanotli hasharotlari (Insecta: Pterygota) xilma-xilligi va ekologiyasi», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V456.
Ilmiy rahbar: Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Turaboev Akmal Normuminovich, biologiya fanlari doktori, professor; Daulbaeva Kulshat Kenesbaevna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolqum qanotli hasharotlari biolgik xilma - xilligining hozirgi holatini bohalash, ekoligik omillarning ekofaunaga tasirini ochib berish, kamyob turlarni muhofaza qilish va kadastr tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Janubiy Orolqum qanotli hasharotlari biologik xilma-xilligining boylik modellarini SturGESs formulasi asosida 9 ballik boylik shkalasi bo‘yicha baholanganda 5 ballni tashkil qilishi aniqlangan va turlar tarkibining xilma-xilligining zamonaviy holati tahlil qilinib, 18 turkum, 65 oila, 234 avlodga mansub 271 turining katalogi ishlab chiqilgan;
Janubiy Orolqum hududining landshaft va biologik xilma-xilligini saqlab qolish, tabiatni boshqarishni optimallashtirish, ayniqsa transformatsiyalangan antropogen tasiri kuchli bo‘lgan cho‘l sharoitida hududlarda  hasharotlarning muayyan guruhlari inventarizatsiya qilingan va natijada yangi tur tarkibi aniqlangan hamda hasharotlar zoogeografik tarqalishlari aniqlangan;
Ilk bor Janubiy Orolqum qanotli hasharotlari jamoalarining mavsumiy dinamikasi tadqiq qilindi va asosiy fenologik guruhlar aniqlangan hamda  beshta ekologik guruhlarga mansubligi aniqlangan;
O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan turlardan (Satanas gigas Eversmann, 1855) ekomorfologik xususiyatlarini asoslab, molekulyar genetik darajada aniqlangan hamda Janubiy Orolqum qanotli hasharotlarining kadastr tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Orolqum qanotli hasharotlari (Insecta: Pterygota) xilma-xilligi va ekologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
qanotli hasharotlarning mavsumiy tarqalishini aks ettiruvchi 4 ta tasnif bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpoǵiston respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Mo‘ynoq tumani bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpoǵiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 2 noyabrdagi 02/18-3200-son malumotnomasi). Natijada, respublika hududlari bo‘ylab qanotli hasharotlarning erkin yashovchi, indikator, Qizil kitobga kiritilgan, sanitariya-epidemiologik, adventiv va zararkunanda turlarining tarqalishini o‘rnatish, fenologik spektorlarini aniqlash va Janubiy Orolqum qanotli hasharotlari yuzasidan kadastr malumotlari ishlab chiqish imkonini bergan;
qanotli hasharotlarning Qoraqalpoǵiston respublikasi hududida tarqalgan 21 ta kamyob va 3 ta (Satanas gigas Eversmann, 1855, Catocala optima Staudinger, 1888, Eurythyrea oxiana Semenov, 1895) O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlarini muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Mo‘ynoq va Qorao‘zak tumanlari bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpoǵiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 2 noyabrdagi 02/18-3200-son malumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolqum sharoitida antropogen bosim hududlarida tarqalgan 271 qanotli hasharotlarlarning himoyaga muhtoj 24 ta turning populyasiyalari holatini baholash va ularni saqlab qolish imkonini bergan;
Janubiy Orolqum hududlarida qanotli hasharotlar turlarining ko‘p sonda bo‘lishi, tuproq hosil bo‘lishi bilan birga ommaviy zararkunandalarni yo‘q qilishda butun bir kompleks tarzda doimo ishtiroki ularning faoliyatlarini integrallashni samarali bo‘lishini taminlashi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining Mo‘ynoq, Qarouzak tumani bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpoǵiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2022 yil 2 dekabrdagi 1-701-son malumotnomasi).    Natijada, Orol dengizining qurigan tubida yangi yashil qoplamalarning barpo etilganligi, bu hudud hayvonot olami bioxilma-xilligi populyasiyalariga ham ijobiy tasir ko‘rsatganligi hamda O‘rmon xo‘jalik o‘simliklari zararkunandalariga tabiiy qarshi kurashishda qanotli hasharotlarni biologik kurash usuli sifatida qo‘llash choralarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish