Karamova Shoxida Luftillaevnaning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida badiiy tafakkur, hayotiy tafsil va metaforik obrazlar uyg‘unligi), 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Fil459
Ilmiy rahbar:, To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor A.Xolmurodov, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov, filologiya fanlari doktori, professor Suvon Meliev.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek she’riyatida badiiy tafakkur, hayotiy tafsillar va metaforik obrazlar uyg‘unligini ochib berish orqali zamonaviy, milliy she’riyatning ustuvor, badiiy mezonlarini tayin etish va ularning istiqbolini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida badiiy tafakkur yangilanishining tarixiy-ijtimoiy tamoyillari hamda shu davr o‘zbek she’riyatining shartlilik, mazmun va shakl birligi, pafos va ta’sirdorlik, originallik, estetik baho, badiiy til kabi badiiy mezonlari dalillangan;
zamonaviy aruzning mumtoz aruzdan farqli jihatlari, uni yuzaga keltirgan sabab va omillar, aruzni istifoda etishdagi yutuq va kamchiliklar, shuningdek, hozirgi she’riyatda aruz va barmoq vazinlarining taraqqiyoti tamoyillari kanon va assimilyasiya hamda metaforiklik negizida ochib berilgan;
mustaqillik davri o‘zbek aruzi fonetik sathda kuzatilib, o‘zbek tili fonetikasining xilma-xil imkoniyatlaridan foydalanganligi, bu davr aruznavislari ko‘p hollarda qo‘shimchalar, so‘z shakllarining eski ko‘rinishlariga murojaat etishlari aniqlangan;
hayotiy tafsillarning she’riy matndagi o‘ziga xos tabiati, ularning lirik asar g‘oyaviy-badiiy strukturasini shakllantirishdagi ahamiyati hamda hayotiy tafsillar va istioraviylik uyg‘unligi muammosi ochib berilgan;
o‘zbek modernistik she’riyati badiiyat mezonlari asosida shakllanib kelayotgan she’riyat haqidagi tasavvur va tushunchalar, hayotiy tafsillar va metaforik obrazlar uyg‘unligi, estetik qarashlar yangilanishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy o‘zbek she’riyatida badiiy tafakkur, hayotiy tafsillar va metaforik obrazlar uyg‘unligi mavzusi doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida badiiy tafakkur yangilanishining tarixiy-ijtimoiy asoslari aniqlanib, yangilangan badiiy tafakkurning asosiy tamoyillari hamda shu davr o‘zbek she’riyatining badiiy mezonlari ishlab chiqilganiga doir xulosalardan 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-2011912258. “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzuidagi amaliy loyihasida foydalanilgan. (A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 24-fevral 04/1-378-son ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy she’riyat poetikasida hayotiy tafsillar va metaforik obrazlar uyg‘unligi, modernizm shakllanishining asoslari va badiiyat mezonlarining o‘ziga xosligini aniqlashga doir ilmiy-nazariy tamoyillar ishlab chiqish imkonini bergan;
zamonaviy aruzning mumtoz aruzdan farqli jihatlari, uni yuzaga keltirgan sabab va omillar, aruzni istifoda etishdagi yutuq va kamchiliklar, shuningdek, hozirgi she’riyatda aruz va barmoq taraqqiyoti tamoyillari kanon va assimilyasiya, hayotiy tafsillar hamda metaforiklik negizida ochib berilganiga oid xulosalardan Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi 2022-2023-yillar uchun mo‘ljallangan O‘A-22-23 raqamli “O‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari” mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan. (Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining 2022-yilning 13-sentyabrdagi 39 UZB-son ma’lumotnomasi).
mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida badiiy tafakkurning yangilanish jarayoni va badiiylik mezonlari, o‘zbek she’riyatida aruz: an'ana va yangilanish muammosini o‘rganish orqali uslub va badiiy mahorat masalalari, zamonaviy aruzda hayotiy tafsilotlarning o‘rni, barmoq vaznidagi she’riyat poetikasida hayotiy tafsilotlar va metaforik obrazlar uyg'unligining o‘ziga xosligini ochib bergan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog'iston bo‘limi" Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020- yillarda bajarilgan F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” nomli fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog'iston bo‘limi 2023-yil 23-noyabr 464/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha zamonaviy o‘zbek she’riyatida poetik tafakkur tadriji hayotiy tafsillar va metaforik obrazlar mushtarakligiga doir ilmiy qarashlar, yangi nazariy ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
mustaqillik davri o‘zbek aruzini fonetik sathda kuzatilib, o‘zbek tili fonetikasining xilma-xil imkoniyatlaridan foydalanganligi, bu davri aruznavislari ko‘p hollarda qo‘shimchalar, so‘z shakllarining eski ko‘rinishlariga murojaat etishlari aniqlanganiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy kengashlari hisobot yig‘ilishlarida, to‘garaklar faoliyatini yuritishda, mahorat darslarida, yosh kitobxonlar bilan ijodiy uchrashuvlarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 10-oktyabrdagi 01-03/2000-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida badiiy tafakkurning yangilanish jarayoni va uni keltirib chiqargan omillar, hayotiy tafsillar va metaforik obrazlarning uyg‘unligi, metaforiklashgan obrazlarning she’riyatda chuqur o‘rin egallashi, bu holat bevosita ijtimoiy-siyosiy hayot va ijodkor “men”i bilan bog‘liq xususiy hodisa ekanligi, inson jamiyatdan mutlaqo tashqarida bo‘la olmasligi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy qarashlarning yangilanishi imkonini bergan.