Ergashev Ilxomjon Obodovichning
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): 
“Davlat byudjeti daromadlari barqarorligini ta’minlashda bilvosita soliqqa tortish tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Umidjon Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat byudjeti daromadlari barqarorligini ta’minlashda bilvosita soliqqa tortish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fiskal yo‘qotishlarni minimallashtirish maqsadida tijorat xususiyatiga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlarni bekor qilish taklif etilgan;
byudjet mablag‘lari hisobidan har yillik mineral xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlari bo‘yicha aylanmalardan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozni bekor qilish taklif etilgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatilgan davrda hisobga qabul qilinmagan, aslida esa olingan tovar va xizmatlar bo‘yicha to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan, guvohnoma amal qilishi tiklangan taqdirda, soliq to‘lovchi va uning kontragentlari tomonidan ushbu davr uchun soliq hisobida aniqlik kiritish (to‘g‘rilash) imkonini beruvchi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish asoslangan;
soliq va bojxona organlari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘zaro hisobga olishda soliq to‘lovchi import amaliyotini amalga oshirayotganda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqtida qo‘shilgan qiymat solig‘i qoplanishi lozim bo‘lgan summa hisobidan to‘langani to‘g‘risida maxsus belgi qo‘yish taklif etilgan;
davlat byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlashda neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat byudjeti daromadlari barqarorligini ta’minlashda bilvosita soliqqa tortish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fiskal yo‘qotishlarni minimallashtirish maqsadida tijorat xususiyatiga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlarni bekor qilish taklifi  “Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 3-avgustdagi 76747-sonli dalolatnomasi). Natijada, byudjet mablag‘laridan tashqari asosiy daromadiga aylangan Oliy ta’lim muassasalari kontrakt to‘lovlari mablag‘lari, sog‘liqni saqlash tizimidagi pullik xizmatlar mablag‘lari, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ota-onalar badal pullari va boshqalarni soliqqa tortish, hamda byudjetga 24,0 mlrd.so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgan;
byudjet mablag‘lari hisobidan har yillik mineral xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlari bo‘yicha aylanmalardan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozni bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-812-son “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 3-avgustdagi 76747-sonli dalolatnomasi). Natijada, asosiy daromadiga aylangan pochta markalari sotishdan, milliy gvardiya pullik xizmati va boshqalarni soliqqa tortilgan va byudjetga 27,8 mlrd so‘m mablag‘ undirilgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatilgan davrda hisobga qabul qilinmagan, aslida esa olingan tovar va xizmatlar bo‘yicha to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan, guvohnoma amal qilishi tiklangan taqdirda, soliq to‘lovchi va uning kontragentlari tomonidan ushbu davr uchun soliq hisobida aniqlik kiritish (to‘g‘rilash) imkonini beruvchi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 3-avgustdagi 76747-sonli dalolatnomasi). Natijada, guvohnoma muddati to‘xtatilganda hisobga olingan zachyot summasini qayta hisob kitob qilinishi va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilariga zachyot summani zarariga olib bormaslik kabi engillik yaratish orqali, davlat byudjetiga 2024-yilda 2023-yilga nisbatan bilvosita soliqlardan 5015,1 mlrd.so‘m ko‘p mablag‘ tushishiga olib kelingan;
soliq va bojxona organlari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘zaro hisobga olishda soliq to‘lovchi import amaliyotini amalga oshirayotganda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqtida qo‘shilgan qiymat solig‘i qoplanishi lozim bo‘lgan summa hisobidan to‘langani to‘g‘risida maxsus belgi qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-891-son qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 3-avgustdagi 76747-sonli dalolatnomasi). Natijada, soliq va bojxona organlari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘zaro hisobga olish, import qilish, bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqtida soliq to‘lovchi, soliq organi va bojxona organi o‘rtasidagi harakatlar 1-2 kunda amalga oshirilgan; 
davlat byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlashda neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol` va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 3-avgustdagi 76747-sonli dalolatnomasi). Natijada, neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol` va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘idan byudjetga qo‘shimcha 38,9 mlrd so‘m mablag‘ undirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish