Temirov Farrux Umedovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sadriddin Ayniyning Turkiston mintaqasidagi ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o‘rni va ilmiy merosi”, 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tar35
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 
Ilmiy maslahatchi: Rajabov Qahramon Kenjaevich - tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Komiljon Rahmatovich - tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Timur Kocaoğlu - tarix fanlari doktori, professor; Hasanov Baxtiyor Vaxapovich - tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sadriddin Ayniyning Turkiston mintaqasidagi ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o‘rni va ilmiy merosini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sadriddin Ayniyning Turkiston, Buxoro, Samarqand shaharlarining me’moriy obidalari, muqaddas qadamjolari, ijtimoiy-madaniy hayotini aks ettiruvchi o‘zbek tilida yozgan ko‘pgina tarixiy-tanqidiy maqolalari chuqur ilmiy mazmunga ega ekanligi, o‘sha davrdagi jamiyatning ijtimoiy muammolari, ortiqcha dabdababozlik, ortiqcha xarajatlar haddan ziyod ko‘payganligi, to‘y-hasham va o‘lim bilan bog‘liq serchiqim urf-odatlar, olim o‘z oilasi misolida bunday urf-odatlarni ado etish oddiy mehnatkashlar uchun naqadar og‘ir bo‘lganligi “Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar”, “Qisqacha tarjimai holim”, “Esdaliklar” kabi tarixiy-badiiy asarlari orqali asoslangan;
Jadid ma’rifatparvarlarining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, ijtimoiy-madaniy hayotdagi faol ishtiroki, 1912-1915 va 1918-1930-yillarda Sadriddin Ayniy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabilarning o‘zbek publisistikasi, matbuotchilik, noshirchilik, tarixiy qissa va hikoyalarga tamal toshi qo‘yganligi, shakl va mazmun, g‘oya uyg‘unlashib, hikoya mustaqil janr sifatida namoyon bo‘lganligi,  S.Ayniy tomonidan “Buxoroyi sharif”, “Turon” gazetalarida 1912-1913-yil oralig‘ida 8 ta, “Mehnatkashlar tovushi”, “Zarafshon”, “Hurriyat”, “Samarqand”, “Buxoro axbori”  gazetalarida 1918–1924-yillar oralig‘ida 31 ta, 1919–1921-yillarda birgina “Shu’lai inqilob” (“Inqilob shu’lasi”) jurnalida 67, “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalida esa 1925–1929-yillar oralig‘ida 9 ta ijtimoiy-madaniy masalalarga oid maqolalar e’lon qilinganligi, ushbu gazeta-jurnallar Turkistonning ijtimoiy-madaniy masalalar targ‘ibotida muhim vosita bo‘lganligi aniqlangan;
Ma’rifatparvar adib Sadriddin Ayniyning Turkistonda jamiyatni jaholat, qoloqlikdan olib chiqish, ularni g‘aflat botqog‘idan qutqarishning asosiy yo‘li – bilim va ma’rifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, ta’lim tizimini  isloh etishda, xalq maorifini rivojlantirish, yangi maktablar qurish, ularni zamonaviy o‘quv qurollar, adabiyotlar bilan ta’minlashda ekanligi, nashriyot, matbuot ishlarini yo‘lga qo‘yish muhimligi, maorif ishining eng ahamiyatli tomonlaridan biri-muallimlar tayyorlash juda zarurligi, ularning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor berish lozimligi kabi dolzarb ahamiyatga ega teran ezgu g‘oyalari, qarashlari va ilmiy xizmatlari orqali XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shganligi dalillangan;
Sadriddin Ayniyning “Etim” va “Qullar” tarixiy-badiiy asarlarida Turkiston xalqlarining muhojirlik qismati, ijtimoiy-iqtisodiy hayot masalalari, davr ijtimoiy muammolari birinchilardan bo‘lib ko‘tarib chiqilgani, ushbu ijtimoiy masalalarni hal qilish xalq manfaati uchun naqadar zarur ekanligi, shuningdek, tarix, sharqshunoslik va adabiyotshunoslikka doir ko‘p sonli ilmiy-adabiy asarlari va Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Zayniddn Vosifiy, Bedilning hayoti, faoliyatiga doir tarixiy tadqiqotlarni amalga oshirgani uchun himoyasiz (ilmiy dissertatsiya ishi himoya qilmay turib) doktorlik ilmiy darajasi berilgani isbotlangan;
Sadriddin Ayniyning ilmiy-ijodiy merosiga tegishli, haligacha ayrimlari ilmiy muomalada bo‘lmagan, hanuzgacha tanlangan “Asarlar”i to‘plamidan joy olmagan, kam o‘rganilgan XX asrning 20-30 yillaridagi tarix, tarixshunoslik, manbashunoslik  (qo‘lyozma manbalar), Buxoro va Turkiston tarixi masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlari, ijtimoiy-madaniy jarayonlari, jadidchilik-ma’rifatparvarlik harakatiga oid  “Mir Arab imoratlari”, “Eski osorlar, Chil ustun, Ko‘ksaroy, Chinnixona va Ko‘ktosh”, “Samarqand shahri”, “Tarixiy izoh”, “Tarixiy tasxeh”, “Suv oqar yoki Jilvon rud” kabi asarlari tahlil etilib,  bu kabi tadqiqotlarga bo‘lgan ilmiy zaruratning hamon mavjudligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
S.Ayniyning Turkiston mintaqasidagi ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o‘rni va ilmiy merosi ilmiy tadqiqot ishiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sadriddin Ayniyning Turkiston, Buxoro, Samarqand shaharlarining me’moriy obidalari, muqaddas qadamjolari, ijtimoiy-madaniy hayotini aks ettiruvchi o‘zbek tilida yozgan ko‘pgina tarixiy-tanqidiy maqolalari chuqur ilmiy mazmunga ega ekanligi, o‘sha davrdagi jamiyatning ijtimoiy muammolarini, ortiqcha dabdababozlik, ortiqcha xarajatlar haddan ziyod ko‘payganligi, to‘y-hasham va o‘lim bilan bog‘liq serchiqim urf-odatlar, olim o‘z oilasi misolida bunday urf-odatlarni ado etish oddiy mehnatkashlar uchun naqadar og‘ir bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “Yangi O‘zbekiston ma’rifatli jamiyat” kabi loyiha va konsepsiyalarni amalga oshirishda, “Milliy qadriyatlar va ma’naviy merosni asrab-avaylashni keng ommalashtirish” kabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 10-apreldagi 134-sonli dalolatnomasi). Ilmiy tadqiqot ishida ilgari surilgan taklif, tavsiya va ilmiy xulosalar mamlakatimizda ma’rifat va madaniyat yo‘nalishidagi faoliyatni tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy soha targ‘ibotchilari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Ma’rifatparvar adib Sadriddin Ayniyning Turkistonda jamiyatni jaholat, qoloqlikdan olib chiqish, ularni g‘aflat botqog‘idan qutqarishning asosiy yo‘li – bilim va ma’rifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, ta’lim tizimini  isloh etishda, xalq maorifini rivojlantirish, yangi maktablar qurish, ularni zamonaviy o‘quv qurollar, adabiyotlar bilan ta’minlashda ekanligi, nashriyot, matbuot ishlarini yo‘lga qo‘yish muhimligi, maorif ishining eng ahamiyatli tomonlaridan biri-muallimlar tayyorlash juda zarurligi, ularning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor berish lozimligi kabi dolzarb ahamiyatga ega teran ezgu g‘oyalari, qarashlari va ilmiy xizmatlari orqali XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shganligi borasidagi ma’lumotlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 29-maydagi 06-31-841-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuvlar mazmunini mukammallashtirishga, teletomoshabinlarni jadidchilik faoliyati borasidagi borasidagi tasavvurlarini bouitishga xizmat qilgan.
Jadid ma’rifatparvarlarining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, ijtimoiy-madaniy hayotdagi faol ishtiroki, 1912–1915 va 1918–1930-yillarda Sadriddin Ayniy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabilar o‘zbek publisistikasi, matbuotchilik, noshirchilik, tarixiy qissa va hikoyalarga tamal toshi qo‘yilganligi, shakl va mazmun, g‘oya uyg‘unlashib, hikoya mustaqil janr sifatida namoyon bo‘lganligi, S.Ayniy tomonidan “Buxoroi sharif”, “Turon” gazetalarida 1912–1913-yil oralig‘ida 8 ta, “Mehnatkashlar tovushi”, “Zarafshon”, “Hurriyat”, “Samarqand”, “Buxoro axbori” gazetalarida 1918–1924-yillar oralig‘ida 31 ta, 1919–1921-yillarda birgina “Shu’lai inqilob” (“Inqilob shu’lasi”) jurnalida 67, “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalida esa 1925–1929-yillar oralig‘ida 9 ta ijtimoiy-madaniy masalalarga oid maqolalar e’lon qilganligi, ushbu gazeta-jurnallar Turkistonning ijtimoiy-madaniy masalalar targ‘ibotida muhim vosita bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan 2022-2025-yillarda bajarilishi rejalashtirilgan 03-05-sonli “Jadid.uz” elektron platformasini yaratishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2025-yil 2-iyun 3/1255-1364-sonli ma’lumotnomasi). Berilgan ma’lumotlar “Jadid.uz” elektron platformasini mazmunan boyitishga xizmat qildi.
Sadriddin Ayniyning ilmiy-ijodiy merosiga tegishli, haligacha ayrimlari ilmiy muomalada bo‘lmagan, hanuzgacha tanlangan “Asarlar”i to‘plamidan joy olmagan, kam o‘rganilgan XX asrning 20-30 yillaridagi tarix, tarixshunoslik, manbashunoslik (qo‘lyozma manbalar), Buxoro va Turkiston tarixi masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlari, ijtimoiy-madaniy jarayonlari, jadidchilik-ma’rifatparvarlik harakatiga oid “Mir Arab imoratlari”, “Eski osorlar, Chil ustun, Ko‘ksaroy, Chinnixona va Ko‘ktosh”, “Samarqand shahri”, “Tarixiy izoh”, “Tarixiy tasxeh”, “Suv oqar yoki Jilvon rud” kabi asarlari tahlil etilib,  bu kabi tadqiqotlarga bo‘lgan ilmiy zaruratning hamon mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “Buxoro amirligi qozixona mahkamasi tarixi (XVIII asr o‘rtalari – XX asr boshlari)” nomli loyihani amalga oshirishda keng foydalanildi (“Buyuk ipak yo‘li” Buxoro viloyat madaniy-ma’rifiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi 16-01-2023-sonli ma’lumotnomasi). Berilgan ma’lumotlar loyiha doirasida tayyorlangan “Buxoro amirligi qozixona mahkamasi tarixi (XVIII asr o‘rtalari – XX asr boshlari) nomli monografiyaning ilmiy mazmunini oshirishga xizmat qildi.
Sadriddin Ayniyning “Etim” va “Qullar” tarixiy-badiiy asarlarida Turkiston xalqlarining muhojirlik qismati, ijtimoiy-iqtisodiy hayot masalalari, davr ijtimoiy muammolari birinchilardan bo‘lib ko‘tarib chiqilgani, ushbu ijtimoiy masalalarni hal qilish xalq manfaati uchun naqadar zarur ekanligi, shuningdek, tarix, sharqshunoslik va adabiyotshunoslikka doir ko‘p sonli ilmiy-adabiy va Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Zayniddn Vosifiy, Bedil hayot-faoliyatiga doir tarixiy tadqiqotlarni amalga oshirgani uchun himoyasiz (ilmiy dissertatsiya ishi himoya qilmay turib) doktorlik ilmiy darajasi berilganiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazida bajarilgan 35-06-15-sonli loyihada foydalanilgan (“Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 11-martdagi 3-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar Sadriddin Ayniy ilmiy merosini keng yoyishga va tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan loyiha hamda dasturlarni bajarishga keng xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish