Jahonov Shohruh Shuhrat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02. – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1222.
Ilmiy rahbar: Bekov Ixtiyor Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Asadov Shavkat G‘aybulloevich, yuridik fanlar doktori, professor; Daumenov Berdaq Aymuratovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va ushbu sohadagi qonun hujjatlari hamda huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik yoki aralashganlik uchun javobgarlik belgilash zarurligi asoslab berilgan; 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari davlat organlari hamda   tashkilotlari tomonidan  o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning va  ular  loyihalarining  korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish jarayonida ishtirok etishi mumkinligi asoslab berilgan;
Nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot  vositalari normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik ekspertizasini  qonunchilikda  belgilangan tartibda o‘tkazishga haqli bo‘lib, ushbu ekspertiza doirasida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga doir takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilishi mumkinligi asoslab berilgan;
mamlakatimizda OAVni ro‘yxatdan o‘tkazishni bosqichma-bosqich bekor qilishni va bu uchun dastlab muassisning ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik yoki aralashganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilash lozimligi haqidagi taklif 2023-yil 1-maydagi O‘RQ–837-son “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonun bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 82-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 7-martdagi 04/2-09/1126/614/1180-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi ommaviy axborot vositalarining huquqlarini Konstitusiya darajasida mustahkamlab, ularning jamoatchilik nazoratini amalga oshirishini huquqiy kafolatlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari davlat organlari hamda tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish jarayonida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi O‘RQ-860-son “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi  uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining  2024-yil 11-iyuldagi №3/08-120-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif jamoatchilik nazorati vakillarining vakolatlari yanada kengayishiga  xizmat qilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik ekspertizasini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazishga haqli bo‘lib, ushbu ekspertiza doirasida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga doir takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilishi mumkin ekanligini qonunchilikda belgilashga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi O‘RQ-860-son “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining  2024-yil 11-iyuldagi №3/08-120-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif orqali ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratiga oid vakolatlari kengaytirilib, normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasida jamoatchilikning ishtirok etishini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqish muddatini o‘n besh kundan o‘n kunlik muddatga tushirish lozimligini qonunchilikka kiritishga doir taklif 2024-yil 7-fevraldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-905-son Qonunning 4-moddasi (“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasi uchinchi qismiga kiritilgan o‘zgartirish)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining  2024-yil 11-iyuldagi №3/08-120-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi ommaviy axborot vositalarining faoliyatini boshlashining tezlashishiga xizmat qilgan.
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar qabul qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish