Kutlimuratov Sardorbek Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm jadidlarining insonparvarlik va ma’rifatparvarlik qarashlari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/ Fal1408
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Namozov Bobir Bahrievich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Amriddinova Dilrabo Tursunovna, falsafa fanlari doktori, proessor; Ahmedova Zebiniso Azizovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm jadidlari insonparvarlik va ma’rifatparvarikka oid qarashlarining zamonaviy jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xorazm jadidlarining inson erkinligi va ijtimoiy tenglik, zamonaviy, insonparvar, ma’rifatli fuqarolik jamiyatini barpo etish kabi gumanistik-ma’rifiy g‘oyalarining Yangi O‘zbekiston jamiyatida shaxs ma’naviy kamolotiga ta’siri “shaxs – ijtimoiy taraqqiyot – jamiyat” tamoyili asosida ma’rifiy islohotlar, ta’lim tizimidagi yangilanishlar va ma’naviy-ma’rifiy siyosat bilan uyg‘unligi asoslab berilgan;
Xorazm jadidlarining konstruktiv qarashlari (ta’lim tizimini isloh etish, yangi usul maktablarini ochish, milliy tilda ta’lim berish, zamonaviy fanlarni joriy qilish) va xalqni ma’rifiy uyg‘otish strategiyalari (san’at, teatr, musiqa sohasidagi faoliyatlari) milliy xarakter shakllanishiga (til va madaniyatga bog‘liqlik, axloqiy qadriyatlar ustuvorligi, jamoviylik va hamkorlik, milliy g‘urur va vatanparvarlik) hamda milliy uyg‘onishga (iIlm-ma’rifatga intilish, madaniy tiklanish, siyosiy ong yuksalishi, zamonaviylik bilan uyg‘unlashuv) asos bo‘lganligi mantiqiy dalillangan;
Xorazm jadidlarining demokratik tamoyillarga asoslangan gumanistik– inson huquqlari, islomiy tafakkurni zamonaviy tafakkur bilan uyg‘unlashtirish, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha g‘oyalari zamonaviy demokratik jamiyatning inson huquqlari ustuvorligi, tenglik va adolat tamoyillarini ro‘yobga chiqarishda substansional asos (falsafiy-axloqiy, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy) ekanligi isbotlangan;
Xorazm jadidlarining ayollar ta’limi (ta’limda tenglik, tanlov imkoniyati), erkin va tanqidiy fikrlash (tanqidiy tafakkur, mantiq va bahs madaniyatiga oid fan modullari), adabiyot va publisistika orqali jamiyatda yangicha tafakkurni shakllantirish kabi qarashlarining umuminsoniy ma’rifatparvarlik an’analari bilan mushtarakligi hamda ularning pozitivistik xususiyatlari (faktlarga asoslangan islohotlar va natijaga yo‘naltirilgan harakat) ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm jadidlarining insonparvarlik va ma’rifatparvarlik qarashlarini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xorazm jadidlarining inson erkinligi va ijtimoiy tenglik, zamonaviy, insonparvar, ma’rifatli fuqarolik jamiyatini barpo etish kabi gumanistik-ma’rifiy g‘oyalarining Yangi O‘zbekiston jamiyatida shaxs ma’naviy kamolotiga ta’siri “shaxs – ijtimoiy taraqqiyot – jamiyat” tamoyili asosida ma’rifiy islohotlar, ta’lim tizimidagi yangilanishlar va ma’naviy-ma’rifiy siyosat bilan uyg‘unligiga doir xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-88-son “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (Qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 30-apreldagi 04/11-5584-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat ijtimoiy hayotida Xorazm jadidlari qarashlarida ilgari surilgan insonparvarlik mezonlari va prinsiplari asosida amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Xorazm jadidlarining konstruktiv qarashlari (ta’lim tizimini isloh etish, yangi usul maktablarini ochish, milliy tilda ta’lim berish, zamonaviy fanlarni joriy qilish) va xalqni ma’rifiy uyg‘otish strategiyalari (san’at, teatr, musiqa sohasidagi faoliyatlari) milliy xarakter shakllanishiga (til va madaniyatga bog‘liqlik, axloqiy qadriyatlar ustuvorligi, jamoviylik va hamkorlik, milliy g‘urur va vatanparvarlik) hamda milliy uyg‘onishga (iIlm-ma’rifatga intilish, madaniy tiklanish, siyosiy ong yuksalishi, zamonaviylik bilan uyg‘unlashuv) asos bo‘lganligiga doir nazariy umumlashmalar va ilmiy yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI-yo‘nalishida belgilangan “Buyuk allomalar va ma’rifatparvar jadidlarning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ilmiy ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilishga doir chora-tadbirlar” dasturining 50-bandi “Ma’rifatparvar jadidlarning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularning vatanparvarlik, xalqparvarlik sohasidagi ilg‘or fikrlarini o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida “Siz jadidlarni taniysizmi?” aksiyasini o‘tkazish mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 23-iyundagi 10/365-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm jadidlarining insonparvarlik va ma’rifatparvarlik qarashlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etishga xizmat qilgan;
Xorazm jadidlarining demokratik tamoyillarga asoslangan gumanistik– inson huquqlari, islomiy tafakkurni zamonaviy tafakkur bilan uyg‘unlashtirish, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha g‘oyalari zamonaviy demokratik jamiyatning inson huquqlari ustuvorligi, tenglik va adolat tamoyillarini ro‘yobga chiqarishda substansional asos (falsafiy-axloqiy, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy) ekanligida oid ilmiy xulosalar va takliflardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining II. Ma’naviy yuksalish va madaniyatni rivojlantirish yo‘nalishida davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasidan kelib chiqib ish ko‘rish, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayanish kabi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 2-apreldagi 02/02-30-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya yo‘l xaritasida belgilangan dasturlarini amalga oshirishga, partiya tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini xolisona yoritishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
Xorazm jadidlarining ayollar ta’limi (ta’limda tenglik, tanlov imkoniyati), erkin va tanqidiy fikrlash (tanqidiy tafakkur, mantiq va bahs madaniyatiga oid fan modullari), adabiyot va publisistika orqali jamiyatda yangicha tafakkurni shakllantirish kabi qarashlarining umuminsoniy ma’rifatparvarlik an’analari bilan mushtarakligi hamda ularning pozitivistik xususiyatlari (faktlarga asoslangan islohotlar va natijaga yo‘naltirilgan harakat)ga oid xulosa va takliflardan Xorazm viloyat “XORAZM MTRK” teleradiokompaniyasining “Assalom Xorazm”, “Yoshlar vaqti”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuv ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 7-apreldagi 313-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletamoshabinlar Xorazm jadidlarining insonparvarlik va ma’rifatparvarlik qarashlari va uning ijtimoiy ma’naviy hayotga ta’siriga yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda yoshlarni barkamol, ilmga intiluvchan, jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish imkonini berib, teleko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshirishga xizmat qilgan.