Maxmudov Sarvar Tolibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda davlatning moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt2977.
Ilmiy rahbar: Pardaev Umidjon Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor To‘raev Shavkat Shuhratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi.
Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda davlatning moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ortiqcha to‘langan soliq summasini ularning yozma murojaatiga ko‘ra 15 kun ichida, yuqori barqaror reytingga ega tadbirkorlik sub’ektlariga 3 kun ichida qaytarish orqali zarurligi asoslangan;
davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlarining yaratgan yangi ish o‘rinlari soniga qarab tabaqalashtirilgan holda ayrim soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashni joriy etish zarurligi isbotlangan;
milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda joriy moliya yilida turli darajadagi byudjetlar daromadlarining kamayishini, soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yoki bekor qilinishini, shuningdek, soliq bo‘lmagan tushumlardan byudjet tizimi byudjetlariga ajratmalarning kamayishini yoki ko‘payishini nazarda tutuvchi qonunchilik normalari keyingi moliya yilining 1 yanvaridan amalga kiritish zarurligi asoslangan;
davlatning moliyaviy resurslari yordamida aholi bandligi darajasini oshirish va daromad topishga qaratilgan faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublika byudjeti hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan maqsadli dasturlarni moliyalashtirish uchun davlat ulushi banklarning ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda davlatning moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo‘llariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishining natijalari asosida:
milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ortiqcha to‘langan soliq summasini ularning yozma murojaatiga ko‘ra 15 kun ichida, yuqori barqaror reytingga ega tadbirkorlik sub’ektlariga 3 kun ichida qaytarish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 15 noyabrdagi O‘RQ-1000-son “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 12 iyundagi 30/1-68631-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, 2025 yil 1 may holatiga 439 ta soliq to‘lovchilarning to‘lov qobiliyatini oshirishga hamda 47,2 mln.so‘m tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘shimcha ravishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan;
davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlarining yaratgan yangi ish o‘rinlari soniga qarab tabaqalashtirilgan holda ayrim soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashni joriy etish tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 2 apreldagi O‘RQ-923-son “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil       12 iyundagi 30/1-68631-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2025 yil 1 yanvar` holatiga 7 ta tadbirkorlik sub’ektlarida tabaqalashtirilgan holda soliq to‘lovidan 1 627,9 mln.so‘m imtiyoz berilib, hududlarda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha faol tashabbuskor tadbirkorlik sub’ektlarida 456 ta yangi ish o‘rinlarining yaratish yordamida davlat moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishga erishilgan;
milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda joriy moliya yilida turli darajadagi byudjetlar daromadlarining kamayishini, soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yoki bekor qilinishini, shuningdek, soliq bo‘lmagan tushumlardan byudjet tizimi byudjetlariga ajratmalarning kamayishini yoki ko‘payishini nazarda tutuvchi qonunchilik normalari keyingi moliya yilining 1 yanvaridan amalga kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-1014-son “Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 12 iyundagi 30/1-68631-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, qonunchilik va qonunosti me’yoriy hujjatlar to‘lig‘icha identifikatsiya qilinishi, soliq to‘lovchilarning imtiyozlar berilishi bo‘yicha murojaatlar soni kamaygan; 
davlatning moliyaviy resurslari yordamida aholi bandligi darajasini oshirish va daromad topishga qaratilgan faoliyatini moliyaviy                   qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublika byudjeti hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan maqsadli dasturlarni moliyalashtirish uchun davlat ulushi banklarning ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2024 yil 2 apreldagi   PQ-149-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2025 yil 26 iyundagi 05-12/11350-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2025 yil              1 yanvar` holatiga ko‘ra “Mikrokreditbank” ATB tomonidan aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy dasturlar doirasida jami 142 397 ta 2 397 832,6 mln.so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilib 142 407 ta ish o‘rni yaratishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish