Turobova Maxbuba Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turmush qurayotgan talabalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P722.
Ilmiy rahbar: Fayzieva Mavluda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2024.P.72.06 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shalola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Farfieva Kamola Athamjonovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Ma’mun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turmush qurayotgan talabalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba qizlarning o‘zlarini oiladagi pozisiyasini idrok etishlari bilan bog‘liq kechinmalari oilaviy munosabatlardagi ijtimoiy rollarni real holatga identifikatsiyalashda xavotirlanish, qo‘rquv, aybdorlik hissini kuchli ifodalanmasligi uchun oilaga emotsional tayyorlash muhimligiga asoslanib “ayol obrazi” haqidagi ustanovkalarni sanogen tafakkur ta’sirida o‘zgarishiga olib kelishi dalillangan;
talabalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashning shaxs moslashuv darajasi bilan bog‘liqligiga ko‘ra qizlar atrofdagilarni xissiyotlarini anglash, tushunish, o‘z kechinmalarini boshqarish, suhbatdoshni tinglash, o‘z fikr va kechinmalarini aniq izohlash, nizolarni konstruktiv hal qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi muhimligi sababli oilaviy hayot dinamikasida xulq-atvorni nazorat qilish emotsional qadriyatlarni sintezlash asosda namoyon bo‘lishi dalillangan;
talabalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashda aniq jarayonlardagi situativ refleksiya muloqotdagi hamkorlikni, retrospektiv refleksiya esa oilaviy mas’uliyatni, qizlarning ideallari bilan bog‘liq perspektiv refleksiya turmush qurishga emotsional tayyorlikni shakllanishiga olib kelganligi tufayli oiladagi ijtimoiy rollar haqidagi tasavvurlarni refleksiv xususiyatlar asosida konstruktivlashtirish zarurligi isbotlangan;
talaba yoshlarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashda fikrlash, avtomativ g‘oyalar, e’tiqod bilan bog‘liq ichki va ruhiy holatlarni emotsiya ta’sirida transformatsiyalanishi tufayli “emotsional ta’sirlanish”, “kognitiv faollashuv”, “xulq-atvor nazorati” bilan bog‘liq xususiyatlarni adaptiv ko‘nikmalar asosida kuchaytirish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Turmush qurayotgan talabalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”ni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talaba qizlarning o‘zlarini oiladagi pozisiyasini idrok etishlari bilan bog‘liq kechinmalari oilaviy munosabatlardagi ijtimoiy rollarni real holatga identifikatsiyalashda xavotirlanish, qo‘rquv, aybdorlik hissini kuchli ifodalanmasligi uchun oilaga emotsional tayyorlash muhimligiga asoslanib “ayol obrazi” haqidagi ustanovkalarni sanogen tafakkur ta’sirida o‘zgarishiga olib kelishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-263-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-263-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalardagi oilaviy munosabatlarga tayyorlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
talabalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashning shaxs moslashuv darajasi bilan bog‘liqligiga ko‘ra qizlar atrofdagilarni xissiyotlarini anglash, tushunish, o‘z kechinmalarini boshqarish, suhbatdoshni tinglash, o‘z fikr va kechinmalarini aniq izohlash, nizolarni konstruktiv hal qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi muhimligi sababli oilaviy hayot dinamikasida xulq-atvorni nazorat qilish emotsional qadriyatlarni sintezlash asosda namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-263-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-263-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning oilaviy munosabatlarga tayyorligining shaxs moslashuvchanlik darajasi bilan bog‘liqligi tadqiq etilgan;
talabalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashda aniq jarayonlardagi situativ refleksiya muloqotdagi hamkorlikni, retrospektiv refleksiya esa oilaviy mas’uliyatni, qizlarning ideallari bilan bog‘liq perspektiv refleksiya turmush qurishga emotsional tayyorlikni shakllanishiga olib kelganligi tufayli oiladagi ijtimoiy rollar haqidagi tasavvurlarni refleksiv xususiyatlar asosida konstruktivlashtirish zarurligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-263-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-263-a-son ma’lumotnomasi). Natijada turmush qurayotgan talabalarning oilaviy munosabatlarga tayyorlashning refleksiya darajasiga bog‘liqligi tadqiq etilgan;
talaba yoshlarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashda fikrlash, avtomativ g‘oyalar, e’tiqod bilan bog‘liq ichki va ruhiy holatlarni emotsiya ta’sirida transformatsiyalanishi tufayli “emotsional ta’sirlanish”, “kognitiv faollashuv”, “xulq-atvor nazorati” bilan bog‘liq xususiyatlarni adaptiv ko‘nikmalar asosida kuchaytirish muhimligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-263-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-263-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni sog‘lom oilaviy munosabatlarga tayyorlashdagi muhim jihatlarni aniqlash orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.