Yangibaev Otabek Zaribbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xolelitiazlarda xoledox terminal qismi va Fater so‘rg‘ichi o‘tkazuvchanligi buzilishlarini jarroxlik davolashni takomillashtirish» 14.00.27 - Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib924.
Ilmiy maslahatchi: Ismailov O‘ktam Safaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01. 
Rasmiy opponentlar: Buriev Il`ya Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Teshaev Oktyabr Ruxullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Salaxiddinov Kamoliddin Zuxriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.  
II. Tadqiqotning maqsadi: tashxislash hamda xirurgik davolash usullarini takomillashtirish orqali xolelitiazlarda xoledoxning terminal qismi va Fater so‘rg‘ichining o‘tkazuvchanligi buzilishlarini davolash natijalarni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati misolida o‘t tosh kasalligi va uning asoratlarining epidemiologik jihatlari xolelitiazning tarqalganligi 13,6%, xoledoxolitiaz uchrashi 55,8-60,6%, umumiy o‘t yo‘lining terminal qismi stenozi 12,7-16,4% hamda Fater so‘rg‘ichi o‘tkazuvchanligining buzilishi 23,1-31,4% ekanligi bilan tavsiflanishi aniqlangan va bu respublikamizning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori ekanligi qayd qilingan;
xolelitiazda Fater so‘rg‘ichi stenozining davomiyligini tashrix vaqtida aniqlash uchun tashqi diametri 4-6 mm, ichki diametri esa 3-4 mm bo‘lgan naychadan foydalangan holda o‘t qopi cho‘ltog‘i yoki xoledoxotomik teshik orqali xoledoxga kiritilib katta duodenal so‘rg‘ichni zondlash orqali uning proksimal va distal chegaralarini o‘lchash bilan tavsiflanuvchi yangi “qo‘sh naychali zond” usuli ishlab chiqilgan;
Fater so‘rg‘ichi stenozi darajasini va stenoz davomiyligining aniq o‘lchamlarini aniqlash va shu bilan papillosfinkterotomiya amaliyoti vaqtida katta duodenal so‘rg‘ich ampula qismining oldingi devorini qancha uzunlikda kesish kerakligini yoki papillosfinkteroplastikaga ehtiyoj bor yoki yo‘qligini aniqlashda intraoperatsion ballonopapillografiya usulining samaradorligi isbotlangan;
katta duodenal so‘rg‘ich stenozida kesuvchi qismi uch burchak shaklida va ishchi holatda o‘ta qisqa bo‘lgan papillotomdan foydalangan holda Fater so‘rg‘ichi stenozining faqat toraygan qisminigina va qat’iy belgilangan o‘lchamda intraoperatsion xavfsiz kesishga imkon beruvchi xirurgik davolash usuli ishlab chiqilgan;
xolelitiazlarda umumiy o‘t yo‘lining terminal qismi va Fater so‘rg‘ichi o‘tkazuvchanligi buzilishlarining 1-2 darajalarida endoskopik papillosfinkterotomiyaga muqobil tarzda intraoperativ qo‘llaniladigan, maxsus papillotom va ballonli naychani o‘t qopi cho‘ltog‘i yoki xoledoxotomik teshik orqali xoledoxga kiritib antegrad papillotomiyani amalga oshirishga asoslangan katta duodenal so‘rg‘ich stenozi bilan asoratlangan xolelitiazni xirurgik davolash usuli takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xolelitiazlarda xoledoxning terminal qismi va Fater so‘rg‘ichining o‘tkazuvchanligi buzilishlarini xirurgik davolash natijalarni yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati misolida o‘t tosh kasalligi va uning asoratlarining epidemiologik jihatlari xolelitiazning tarqalganligi 13,6%, xoledoxolitiaz uchrashi 55,8-60,6%, umumiy o‘t yo‘lining terminal qismi stenozi 12,7-16,4% hamda Fater so‘rg‘ichi o‘tkazuvchanligining buzilishi 23,1-31,4% ekanligi bilan tavsiflanishi aniqlangan va bu respublikamizning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori ekanligi qayd qilinganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali tomonidan 2023 yil 29 sentyabrda 90-son bilan tasdiqlangan “Xolelitiazlarda xoledox terminal qismi va Fater so‘rg‘ichi o‘tkazuvchanligi buzilishlarini xirurgik davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 5 oktyabrdagi 147/I-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi 40-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/33-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Respublikamizning ushbu xududlarida o‘t tosh kasalligi va uning asoratlarining epidemiologik jihatlarini xisobga olgan holda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish kasallanish ko‘rsatkichlarini kamaytirishga va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ushbu yangilikdan foydalanish kasallanish va asoratli kechish ko‘rsatkichlarini kamaytiradi. O‘t tosh kasalligi va uning asoratlari bilan kasallangan 1 nafar bemorning statsionar davolanishi uchun sarflanadigan o‘rtacha 7800000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinishga imkon beradi. Xulosa: Respublikamizning ushbu xududlarida o‘t tosh kasalligi va uning asoratlarining epidemiologik jihatlarini xisobga olgan holda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish 1 nafar bemorning statsionar davolanishi uchun sarflanadigan o‘rtacha 7800000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: xolelitiazda xolelitiazda Fater so‘rg‘ichi stenozining davomiyligini tashrix vaqtida aniqlash uchun tashqi diametri 4-6 mm, ichki diametri esa 3-4 mm bo‘lgan naychadan foydalangan holda o‘t qopi cho‘ltog‘i yoki xoledoxotomik teshik orqali xoledoxga kiritilib katta duodenal so‘rg‘ichni zondlash orqali uning proksimal va distal chegaralarini o‘lchash bilan tavsiflanuvchi yangi “qo‘sh naychali zond” usuli ishlab chiqilganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali tomonidan 2023 yil 29 sentyabrda 90-son bilan tasdiqlangan “Xolelitiazlarda xoledox terminal qismi va Fater so‘rg‘ichi o‘tkazuvchanligi buzilishlarini xirurgik davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 5 oktyabrdagi 147/I-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi 40-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/33-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: xolelitiazda Fater so‘rg‘ichi stenozining davomiyligini aniqlashning yangi usuli adekvat tashrix usulini tanlashga, asoratlar sonining kamayishiga, davolash samaradorligini oshirishga va bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqotga 102 nafar bemor (nazorat guruhi) jalb etilgan bo‘lib, ularning 25,5%da an’anaviy usullar qo‘llanilganda turli asoratlar yuzaga kelgan, bu esa bemorlarni kasalxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 3 kunga uzaytirgan. Yangi usulni joriy etish ushbu asoratlarning oldini olish imkonini berdi, bu esa bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini va davolanish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirdi. Bir bemor uchun 1 kunlik tejamkorlik 350000 so‘mni, 3 kun uchun esa 1050000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: yangi tashxislash usulidan foydalanish 1 nafar bemor uchun 1050000 so‘m iqtisod qilinishiga imkon beradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: Fater so‘rg‘ichi stenozi darajasini va stenoz davomiyligining aniq o‘lchamlarini aniqlash va shu bilan papillosfinkterotomiya amaliyoti vaqtida katta duodenal so‘rg‘ich ampula qismining oldingi devorini qancha uzunlikda kesish kerakligini yoki papillosfinkteroplastikaga ehtiyoj bor yoki yo‘qligini aniqlashda intraoperatsion ballonopapillografiya usulining samaradorligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali tomonidan 2023 yil 29 sentyabrda 89-son bilan tasdiqlangan “Xolelitiazlarda xoledox terminal qismi va Fater so‘rg‘ichi o‘tkazuvchanligi buzilishlarini davolashda kompression xoledoxoduodenoanastomoz usulini qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 5 oktyabrdagi 146/I-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi 40-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/33-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Fater so‘rg‘ichi stenozi darajasini va stenoz davomiyligining aniq o‘lchamlarini aniqlash va tashrixga ko‘rsatmalarni aniqlashda tavsiya etilgan usul adekvat tashrix usulini tanlashga, asoratlar sonining kamayishiga, davolash samaradorligini oshirishga va bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishiga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqotga 102 nafar bemor (nazorat guruhi) jalb etilgan bo‘lib, ularning 25,5%da an’anaviy usullar qo‘llanilganda turli asoratlar yuzaga kelgan, bu esa bemorlarni kasalxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 3 kunga uzaytirgan. Yangi usulni joriy etish ushbu asoratlarning oldini olish imkonini berdi, bu esa bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini va davolanish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirdi. Bir bemor uchun 1 kunlik tejamkorlik 350000 so‘mni, 3 kun uchun esa 1050000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: yangi tashxislash usulidan foydalanish 1 nafar bemor uchun 1050000 so‘m iqtisod qilinishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: katta duodenal so‘rg‘ich stenozida kesuvchi qismi uch burchak shaklida va ishchi holatda o‘ta qisqa bo‘lgan papillotomdan foydalangan holda Fater so‘rg‘ichi stenozining faqat toraygan qisminigina va qat’iy belgilangan o‘lchamda intraoperatsion xavfsiz kesishga imkon beruvchi xirurgik davolash usuli ishlab chiqilganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali tomonidan 2023 yil 29 sentyabrda 90-son bilan tasdiqlangan “Xolelitiazlarda xoledox terminal qismi va Fater so‘rg‘ichi o‘tkazuvchanligi buzilishlarini xirurgik davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 5 oktyabrdagi 147/I-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi 40-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/33-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan yangi xirurgik davolash usulidan foydalanish operativ amaliyotdan keyingi asoratlarni kamaytiradi va bemorlarning reabilitatsiyasini tezlashtiradi. Bu esa davolash sifatini yaxshilashga tiklanish uchun zarur bo‘lgan vaqtni qisqartirishga yordam beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: yangi davolash usulidan foydalanish tashrixdan keyingi pankreatit asoratini 7,9% ga (8 nafar bemorda asorat kuzatilmagan) kamaytirishga imkon bergani holda 1 nafar bemor uchun qo‘shimcha davolanish uchun xarajatlarni 7450000 so‘mga kamaytirdi. Xulosa: yangi davolash usulidan foydalanish orqali asorat kuzatilmagan bemorlar xisobiga jami 59600000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilingan;
beshinchi ilmiy yangilik: xolelitiazlarda umumiy o‘t yo‘lining terminal qismi va Fater so‘rg‘ichi o‘tkazuvchanligi buzilishlarining 1-2 darajalarida endoskopik papillosfinkterotomiyaga muqobil tarzda intraoperativ qo‘llaniladigan, maxsus papillotom va ballonli naychani o‘t qopi cho‘ltog‘i yoki xoledoxotomik teshik orqali xoledoxga kiritib antegrad papillotomiyani amalga oshirishga asoslangan katta duodenal so‘rg‘ich stenozi bilan asoratlangan xolelitiazni xirurgik davolash usuli takomillashtirilganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali tomonidan 2023 yil 29 sentyabrda 90-son bilan tasdiqlangan “Xolelitiazlarda xoledox terminal qismi va Fater so‘rg‘ichi o‘tkazuvchanligi buzilishlarini xirurgik davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 5 oktyabrdagi 147/I-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xalmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 26 oktyabrdagi 40-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/33-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan yangi davolash usuli takroriy jarrohlik aralashuvlar sonini kamaytirib, bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi va ularning reabilitatsiya qilish vaqtini qisqartiradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: yangi davolash usulidan foydalanish tashrixdan keyingi pankreonekroz asoratini 1,96% ga (2 nafar bemorda asorat kuzatilmagan) kamaytirishga imkon bergani holda 1 nafar bemor uchun qo‘shimcha davolanish uchun xarajatlarni 10800000 so‘mga kamaytirdi. Xulosa: yangi davolash usulidan foydalanish orqali asorat kuzatilmagan bemorlar xisobiga jami 21600000 so‘m mablag‘larni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish