Ernazarova Moxitobon Mamatkul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda yurak xastaligining erta tashxislashda semirishning genetik va uslubiy belgilari» 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2405.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’ruf Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripxodjaeva Gulnoza Zaynitdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik va genetik parametrlarning yog‘ to‘qimalarining gormonal faolligi, endotelial disfunksiya va surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda buyraklarning funksional holati bilan semirish fenotiplarining o‘zaro bog‘liqligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligining II–III bosqichidagi bemorlarda semirish fenotiplari bo‘yicha yurak-qon tomir tizimi kasalliklari uchun xavf omillarining taqsimlanishini, YuQTTK asoratlari rivojlanishining PROCAM va SCORE xavf ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
SBK II-III bosqichdagi bemorlarda IL-6 C174G, ADRB2 (Gly389Arg), AGTR1 (AII66C) (A1166S) gen polimorfizmlarining endotelial disfunksiya belgilari, kardiometabolik omillar, buyrakning funksional holati va buyrak shikastlanishi darajasi bilan assotsiatsiyalari aniqlangan;
surunkali buyrak kasalligi II-III bosqichdagi bemorlarda ADRB2 (Gly389Arg) gen variantining IL-6 C174G variantining AA tashuvchisi bilan metabolik jihatdan asoratlangan semizlik, arterial gipertenziya va renal disfunksiyani rivojlantirish assotsiatsiyalari isbotlangan;
RAAS tizimining AT-II AGTR1 (AII66C) va ADRB2 (Arg16Gly) tizimining gen polimorfizmi rezistin darajasi bilan bog‘liq bo‘lib, adrenergik reseptorlar gen polimorfizmini tahlil qilish orqali ADRB2 (Gly389Arg) genining polimorfik pozisiyasining lipid profiliga, yog‘ to‘qimalarining faollik darajasiga va glomerulyar fil`tratsiya tezligi darajasiga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Curunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yurak kasalliklarini erta tashxislashda semirishning genetik va uslubiy belgilarini o‘rnini baholashdan olingan ilmiy natijalariga asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligining II–III bosqichidagi bemorlarda semirish fenotiplari bo‘yicha yurak-qon tomir tizimi kasalliklari uchun xavf omillarining taqsimlanishini, YuQTTK asoratlari rivojlanishining PROCAM va SCORE xavf ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslanganligi Toshkent viloyati Qibray tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 05.10.2024 yildagi 1502-10-139-EI/2024-son hamda Sirdaryo viloyati Guliston tibbiyot klasterining bo‘yicha 10.02.2023 yildagi 104-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/64-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: curunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yurak kasalliklarini erta yurak shikastlanishining metabolik belgilarini tashxislash algoritmi hamda terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish asosida surunkali buyrak kasalligi va turli fenotipik namoyon bo‘lgan semizik kuzatilgan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi avj olishida yurak-qon tomir kasalliklar xavfi ortishigaa moyillikni erta bosqichda aniqlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorga tashxis qo‘yish va davolashga qaratilgan chora-tadbirlar uchun bir bemorga yiliga ikki marta shifoxonada davolanishi uchun xarajatlarni kamaytirish imkoni berdi. Xulosa: surunkali buyrak kasalligining II–III bosqichidagi bemorlarda semirish fenotiplari bo‘yicha yurak-qon tomir tizimi kasalliklari uchun xavf omillarining taqsimlanishini, YuQTTK asoratlari rivojlanishining xavf ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: SBK II-III bosqichdagi bemorlarda IL-6 C174G, ADRB2 (Gly389Arg), AGTR1 (AII66C) (A1166S) gen polimorfizmlarining endotelial disfunksiya belgilari, kardiometabolik omillar, buyrakning funksional holati va buyrak shikastlanishi darajasi bilan assotsiatsiyalari aniqlanganligi Toshkent viloyati Qibray tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 05.10.2024 yildagi 1502-10-139-EI/2024-son hamda Sirdaryo viloyati Guliston tibbiyot klasterining bo‘yicha 10.02.2023 yildagi 104-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/64-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Curunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yurak kasalliklarini erta yurak shikastlanishining metabolik belgilarini tashxislash algoritmi hamda terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish asosida surunkali buyrak kasalligi va turli fenotipik namoyon bo‘lgan semizik kuzatilgan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi avj olishida yurak qon tomir kasalliklar xavfi ortishigaa moyillikni erta bosqichda aniqlash imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorga erta tashxis qo‘yish va statsionarda bemorlarni davolanish kunlarini qisqartirishga yordam beradi. Xulosa: gen polimorfizmlarini aniqlash xavf guruhiga kiruvchi bemorlarni erta aniqlash, ularga individual yondashish, og‘ir asoratlarni oldini olish orqali bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini saqlab qolishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi II-III bosqichdagi bemorlarda ADRB2 (Gly389Arg) gen variantining IL-6 C174G variantining AA tashuvchisi bilan metabolik jihatdan asoratlangan semizlik, arterial gipertenziya va renal disfunksiyani rivojlantirish assotsiatsiyalari isbotlanganligi Toshkent viloyati Qibray tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 05.10.2024 yildagi 1502-10-139-EI/2024-son hamda Sirdaryo viloyati Guliston tibbiyot klasterining bo‘yicha 10.02.2023 yildagi 104-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/64-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: curunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yurak kasalliklarini erta yurak shikastlanishining metabolik belgilarini tashxislash algoritmi hamda terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish asosida surunkali buyrak kasalligi va turli fenotipik namoyon bo‘lgan semizik kuzatilgan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi avj olishida yurak-qon tomir kasalliklar xavfi ortishiga moyillikni erta bosqichda aniqlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorga erta tashxis qo‘yish va statsionarda bemorlarni davolanish kunlarini qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: Surunkali buyrak kasalligida yurak-buyrak aloqadorliklari doirasida profilaktik choralarning samaradorligini oshirib, nogironlik va erta o‘lim holatlarini kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: RAAS tizimining AT-II AGTR1 (AII66C) va ADRB2 (Arg16Gly) tizimining gen polimorfizmi rezistin darajasi bilan bog‘liq bo‘lib, adrenergik reseptorlar gen polimorfizmini tahlil qilish orqali ADRB2 (Gly389Arg) genining polimorfik pozisiyasining lipid profiliga, yog‘ to‘qimalarining faollik darajasiga va glomerulyar fil`tratsiya tezligi darajasiga bog‘liqligi aniqlanganligi Toshkent viloyati Qibray tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 05.10.2024 yildagi 1502-10-139-EI/2024-son hamda Sirdaryo viloyati Guliston tibbiyot klasterining bo‘yicha 10.02.2023 yildagi 104-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/64-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Curunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yurak kasalliklarini rezimtent genlarni aniqlash xavfli guruhga kiruvchi bemorlarni erta aniqlash, ularga individual yondashish, og‘ir asoratlarni oldini olish orqali bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini saqlab qolishga xizmat qilib, shu bilan birga, yurak-buyrak aloqadorliklari doirasida profilaktik choralarning samaradorligini oshirib, nogironlik va erta o‘lim holatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: curunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yurak kasalliklarini erta yurak shikastlanishining metabolik belgilarini tashxislash algoritmi hamda terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish imkonini bergan. Xulosa: surunkali buyrak kasalligi va turli fenotipik namoyon bo‘lgan semizik kuzatilgan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi avj olishida yurak-qon tomir kasalliklar xavfi ortishiga moyillikni erta bosqichda aniqlash va bashoratlash imkonini bergan.