Kodirov Xushnudbek Mamatkarim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ileostomalarda jarroxlik reabilitatsiyasini optimallashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2024.2.PhD/Tib4694.
Ilmiy rahbar: Botirov Akram Kodiralievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Gulamov Olimjon Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori, Egamov Yuldashali Sulaymonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlik reabilitatsiyasini optimallashtirish orqali ileostoma shakllanishi bilan bog‘liq shoshilinch ichak kasalliklarini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ileostomiyalarda xirurgik reabilitatsiya bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish bilan birga operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘limga olib kelgan morfofunksional sabablari aniqlangan;
ileostomiyalarni bartaraf etishda ichaklarning bir xil to‘qimalarini ulash va tikish chiziqlariga tushadigan yuklamani kamaytirishni ta’minlaydigan, shu orqali choklar etishmovchiligi holatlari chastotasini kamaytiradigan «cho‘ktiriluvchi invaginatsion» ileo-koloanastomozning modifikatsiya qilingan usuli ishlab chiqilgan;
chora-tadbirlar majmuasi tarkibida xirurgik taktikani optimallashtirilishiga imkon bergan davolash tartibi patomorfologik o‘zgarishlarni inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
ileostomiya shakllanishi bilan kechadigan shoshilinch jarrohligida ichak kasalliklarini jarrohlik taktikasini optimallashtirish bilan jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ileostomali bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ileostomiyalarda xirurgik reabilitatsiya bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish bilan birga operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘limga olib kelgan morfofunksional sabablari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-26/u-son bilan tasdiqlangan “Ileostomalarda jarrohlik reabilitatsiyasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filialining 2024 yil 20 apreldagi 136/3-son va RShTYoIM Farg‘ona filialining 2024 yil 7 iyuldagi 79-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/10-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ileostomali bemorlarda ichaklararo uzluksizlikni tiklash usullarining qo‘llanilishi jarrohlikdan keyingi asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish va reabilitatsiya davrini qisqartirish imkonini bergan. Bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, ijtimoiy faollikka erta qaytishini ta’minlash hamda ularning umumiy salomatlik ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: ileostomali bemorlarda ichaklararo uzluksizlikni tiklash usullariga bog‘liq holda asoratlar rivojlanishi xavfining klinik va taktik-texnik jihatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan jarrohlik taktikasini amaliyotga joriy etish natijasida shifoxonada qolish muddati an’anaviy davolangan bemorlarga nisbatan (o‘rtacha 12,4 kun), takomillashtirilgan usul bilan davolangan bemorlarda qariyib 50%ga, ya’ni o‘rtacha 5,6 kunni tashkil qilgan. Natijada, 1 nafar bemor uchun shifoxonada qolish to‘lovi o‘rtacha 400 ming so‘mga kamaygan, davolanish davrining qisqarishi hisobiga dori-darmon xarajatlari xo‘jalik xisobidan 580 mingga iqtisod qilingan. Xulosa: takomillashtirilgan jarrohlik taktikasini amaliyotga joriy etish orqali 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 980 ming so‘mni, umumiy hisobda ushbu usul bilan davolangan tadqiqot ko‘lamidagi 179 nafar bemor uchun taxminiy 175420000 so‘mni iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ileostomiyalarni bartaraf etishda ichaklarning bir xil to‘qimalarini ulash va tikish chiziqlariga tushadigan yuklamani kamaytirishni ta’minlaydigan, shu orqali choklar etishmovchiligi holatlari chastotasini kamaytiradigan «cho‘ktiriluvchi invaginatsion» ileo-koloanastomozning modifikatsiya qilingan usuli ishlab chiqilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-26/u-son bilan tasdiqlangan “Ileostomalarda jarrohlik reabilitatsiyasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filialining 2024 yil 20 apreldagi 136/3-son va RShTYoIM Farg‘ona filialining 2024 yil 7 iyuldagi 79-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/10-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan «cho‘ktiriluvchi» invaginatsion ileokoloanastomoz qo‘yish usuli jarrohlikdan keyingi asoratlar rivojlanishini oldini olishi natijada bemorlarning tiklanish muddatini qisqartirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va ularning ijtimoiy faollikka ertaroq qaytishiga shart-sharoit yaratadi. Shuningdek, bu texnologik yangilik milliy klinik amaliyotga joriy etilishi orqali aholi salomatligini mustahkamlashga imkon yaratadi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot doirasida takomillashtirilgan «cho‘ktiriluvchi» invaginatsion ileokoloanastomoz qo‘yish usulini qo‘llash natijasida shifoxonada qolish muddati an’anaviy usulda o‘rtacha 12,4 kundan 6,1 kungacha qisqartirilgan. Bir kunlik yotoq-o‘rin preyskurant bo‘yicha 270 ming so‘mni tashkil etgani hisobga olinsa, bir nafar bemor uchun yotoq-o‘rin xarajatlari 3348000 so‘mdan 1647000 so‘mgacha kamaydi, ya’ni o‘rtacha 1701000 so‘m iqtisod qilingan. Umumiy dori-darmon xarajatlaridagi tejam bir nafar bemor uchun 220500 so‘mni tashkil etgan. Tadqiqot ko‘lamidagi 16 nafar bemor tahliliga ko‘ra an’anaviy usulda anastomoz choklari etishmovchiligi asorati tufayli qayta jarrohlik o‘tkazish ehtimoli o‘rtacha 8% ni tashkil qilgan bo‘lsa, takomillashtirilgan usul qo‘llanilgan guruhda bu ko‘rsatkich 1,2% gacha kamaygan. Shu orqali taxminan bitta qayta jarrohlik operatsiyasining oldi olingan va bunda o‘rtacha 3500000 so‘m miqdoridagi qo‘shimcha iqtisodiy samara ta’minlangan. Xulosa: bir nafar bemor uchun umumiy iqtisodiy samara (yotoq-o‘rin xarajatlari, dori-darmon xarajatlari va qayta jarrohlik ehtiyojining kamayishi hisobidan) o‘rtacha 2140250 so‘mni tashkil etgan. Umumiy hisobda esa 16 nafar bemorda takomillashtirilgan usul qo‘llanilishi natijasida jami 34244000 so‘m iqtisodiy samara ta’minlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: chora-tadbirlar majmuasi tarkibida xirurgik taktikani optimallashtirilishiga imkon bergan davolash tartibi patomorfologik o‘zgarishlarni inobatga olgan holda takomillashtirilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-26/u-son bilan tasdiqlangan “Ileostomalarda jarrohlik reabilitatsiyasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filialining 2024 yil 20 apreldagi 136/3-son va RShTYoIM Farg‘ona filialining 2024 yil 7 iyuldagi 79-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/10-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan davolash-tashxisot tartibotining amaliyotga joriy etilishi qabul vaqtidanoq bemorlar holatini baholash orqali zarurat bo‘yicha operatsiya qo‘llanilishi ta’minlangan, bu esa bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi, ularning erta funksional reabilitatsiyasiga, kundalik turmushdagi mustaqillik darajasi va ijtimoiy integratsiya ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga olib kelgan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tashxisot va davolash tartibotining amaliyotga joriy etilishi natijasida shifoxonada yotoqda qolish muddati o‘rtacha 12,4 kundan 6,1 kungacha qisqardi. Preyskurant bo‘yicha bir kunlik yotoq-o‘rin xarajati 270 ming so‘mni tashkil qilgani holda, bir nafar bemor uchun yotoq-o‘rin xarajatlari o‘rtacha 1701000 so‘mga kamaydi. Bundan tashqari, tashxisdan keyingi asoratlarni oldini olish hamda qayta jarrohlik ehtiyojining kamayishi hisobiga dori vositalari va tibbiy materiallar sarfida ham qo‘shimcha tejam ta’minlandi. Xulosa. Bir bemor uchun 1 kunlik o‘rtacha xarajat 439250 so‘mni tashkil etdi. Shu tariqa, umumiy hisobda bir nafar bemor uchun algoritm qo‘llanilishi natijasida 2140250 so‘m miqdorida iqtisodiy samara ta’minlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ileostomiya shakllanishi bilan kechadigan shoshilinch jarrohligida ichak kasalliklarini jarrohlik taktikasini optimallashtirish bilan jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashga olib kelishi asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-26/u-son bilan tasdiqlangan “Ileostomalarda jarrohlik reabilitatsiyasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filialining 2024 yil 20 apreldagi 136/3-son va RShTYoIM Farg‘ona filialining 2024 yil 7 iyuldagi 79-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 fevraldagi 12/10-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: operativ aralashuvlarning taktik-texnik jihatlariga, tashrixgacha tayyorgarlik hamda tashrixdan keyingi davrni olib borishga kiritilgan o‘zgartishlar tufayli qayta jarrohlik ehtiyojining kamayishi va jarrohlikdan keyingi asoratlarning oldi olinishiga erishilgan. Bu esa bemorlarni sog‘lom hayot tarziga va mehnat faolligiga ertaroq qaytish imkonini yaratadi, ularning ruhiy-emotsional holati va umumiy ijtimoiy moslashuvini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot doirasida operativ aralashuvlarning taktik-texnik jihatlariga, tashxisgacha tayyorgarlik hamda tashxisdan keyingi davrni olib borishga kiritilgan o‘zgarishlar natijasida jarrohlik aralashuvi davomiyligi qisqartirilishi, operatsion materiallardan samarali foydalanish, qon quyish ehtiyojining kamayishi va perioperatsion reanimatsiyaga bo‘lgan ehtiyojning pasayishiga erishilgan. Operatsiya uchun materiallar va sarf-xarajatlarning tejalishi - har bir bemor uchun o‘rtacha 350000 so‘mni tashkil qilgan, yotoq-o‘rin xarajatlarida tejam - operatsiyadan keyingi reabilitatsiya muddati qisqarishi natijasida bir bemor uchun 1 701000 so‘m iqtisod qilingan. Dori vositalari va perioperatsion reanimatsiya materiallarida tejam - bir bemor uchun o‘rtacha 500000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa. Umumiy hisobda bir nafar bemor uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy samara 350000 + 1701000 + 500000 = 2551000 so‘m bo‘lsa, 179 nafar bemor uchun umumiy iqtisodiy samara 2551000 × 179 = 456629000 so‘m, qayta jarrohlikdan tejalgan 35000000 so‘mni, umumiy samaradorlik 491629000 so‘mni tashkil qilgan.