Kozinskaya Lyubov` Konstantinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Grin`yar reaksiyasi bo‘yicha dibenzo-18-kraun-6ning yangi hosilalari sintezi va hossalari», 02.00.03–Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2PhD/K111.
Ilmiy rahbar: Tashmuxamedova Aynisa Karimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Odiljon Egamberdievich, kimyo fanlari doktori; Kadirov Xasan Irgashevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik moddalar kimyosi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Grin`yar reaksiyasi bo‘ycha dibenzo-18-kraun-6ning yangi hosilalarini sintez qilish va ularning xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Grin`yar reaksiyasi asosida 4´,4´´(5´´)-diatsetildibenzo-18-kraun-6ning uchlamchi spirtlarini olish metodikasi ishlab chiqildi hamda 4´,4´´(5´´)-diyoddibenzo-18-kraun-6 ning magniyli kompleks bilan muvofiqli sintezlari yordamida 4´,4´´(5´´)-di-(dimetiloksimetil)-dibenzo-18-kraun-6 va 4´,4´´(5´´)-di-(metiletiloksimetil)- dibenzo-18-kraun-6 olingan;
4´,4´´(5´´)-diyoddibenzo-18-kraun-6 bilan karbonat angidridi ta’sirlashishi reaksiyasida 4´,4´´(5´´)-dibenzo-18-kraun-6-dikarbon kislotasining lipofil (benzol) va klassik Grin`yar erituvchilarida (dietil efir) hosil bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor 4´,4´´(5´´)-diyoddibenzo-18-kraun-6 asosida Grin`yar reaktivi sitez qilingan va turli sharoitlarda uning reaksion qobiliyati aniqlangan;
sintez qilingan birikmalarning ekstraksion, transport va mikrobiologik xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Grin`yar reaksiyasi natijasida kraun efirlarning hosilalarini sintez qilish va xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dibenzo-18-kraun-6 va uning hosilalari «Elektrokimyo» AJda amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyo» AJning 2018 yil 25 sentyabrdagi 609-son ma’lumotnomasi). Natijada ammoniy, kaliy va natriy kationlari konsentratsiyalarini aniqlashda sorbent sifatida foydalanish imkonini bergan;
4´,4´´(5´´)-di-(dimetiloksimetil)-dibenzo-18-kraun-6 efiri «Istiqbolli tibbiyot texnologiyalari» AJda (Rossiya Federatsiyasi) tibbiyot buyumlarini ishlab chiqish va tayyorlash bo‘yicha yurak xastaligida ishlatiladigan tibbiyot buyumlarini modifikatsiyalash uchun olib borilgan maqsadli ilmiy tadqiqotlarida foydalanilgan («Istiqbolli tibbiyot texnologiyalari» AJning 2018 yil 26 iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada kraun efirlari bilan modifikatsiyalangan yangi tibbiyot buyumlari yaratish imkonini bergan;
dibenzo-18-kraun-6 asosidagi uchlamchi spirtlarning sintezi va kimyoviy o‘zgarishlari bo‘yicha olingan natijalardan FA-A6-T106 raqamli «Neft, tabiiy gaz va gaz kondensatini qazib olishda ishlatiladigan jihozlar, neft quvurlari, magistral gaz tarmoqlarini himoya qilishda ko‘llaniladigan biokorroziya ingibitorlarini yaratish» mavzusidagi loyihada korroziyaga qarshi ingibitorlar sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2018 yil 23 oktyabrdagi 4/1255-2794-son ma’lumotnomasi). Natijada neft` qazib olishda va neftni qayta ishlash sanoatida qo‘llaniladigan bioingibitorlar yaratish imkonini bergan.