Saydalieva Farangiz Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tizimli boshlanuvchi yuvenil artritli bolalarda yurak-qon tomir tizimi zararlanishining shakllanishi, kechishi va bashoratining klinik-biokimyoviy jihatlari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: № B2023.1.PhD/Tib3336.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Rasulovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Arzikulov Abdurayim Shamshievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi TBYuA bilan kasallangan bolalarda klinik-funksional ko‘rsatkichlar va kardiospesifik biomarkerlar darajasi asosida kardiovaskulyar buzilishlarni tashxislash va bashoratlash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli boshlanuvchi yuvenil artrit bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarining asosiy klinik-funksional belgilari - surunkali yurak etishmovchiligi (8,0%), yurak ritmining buzilishlari — nomotop (60,0%) va geterotop (16,0%) aritmiyalar, yurak o‘tkazuvchanligi buzilishlari (20,0%) ekanligi hamda sistolik va diastolik disfunksiya (30,0%), miokard qayta tuzilishi (8,0%), chap qorincha orqa devori gipokineziyasi (20,0%) atrioventrikulyar klapanlarning nisbiy etishmovchiligiga (52,0%) olib kelishi isbotlangan;
bolalarda yuvenil artrit zo‘rayib borishi bilan miokardning qayta tuzilishi, yurak o‘tkazuvchanligi buzilishlari va klapanlar disfunksiyalari yuzaga kelishidan dalolat beruvchi kasallik faolligi va yurak-qon tomir tizimining struktur-funksional o‘zgarishlari o‘rtasida: o‘tkazuvchanlik buzilishlari (r=0,53, p<0,05), chap qorincha miokardi gipertrofiyasi (r=0,75, p<0,01), shuningdek kasallikning davomiyligi va exokardiografik ko‘rsatkichlar: qoldik diastolik o‘lcham (r=0,56, p<0,05), qorinchalararo to‘siq va chap qorincha orqa devori o‘lchamlari (r=0,61, p<0,01) hamda mitral (r=0,65, p<0,01) va trikuspidal (r=0,72; p<0,01) klapan etishmovchiligi darajalari o‘rtasida ahamiyatli korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi isbotlangan;
tizimli boshlanuvchi yuvenil artrit bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarining biokimyoviy xususiyatlari, kardiospesifik markerlar: KFK-MV miqdorining 1,5 barobar, NT-proBNP - 1,2 barobar va VEGF - 1,4 barobarga ortishi (p<0,05), ushbu toifadagi bemorlarda kardiovaskulyar buzilishlarini erta aniqlashda bu markerlarni yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlovchi KFK-MV, NT-proBNP va VEGF miqdorlari va yurak ritmi buzilishlari (mos ravishda r==0,53; 0,51; 0,43; p<0,05), NT-proBNP miqdori va chap qorincha miokardi gipertrofiyasi (r=0,57; p<0,01), qoldik diastolik o‘lcham (r=0,45, p<0,05), haydash fraksiyasi (r=-0,51, p<0,05), VEGF miqdori va xaydash fraksiyasi (r=-0,34, p<0,05) orasida bog‘liqliklar mavjudligi isbotlangan;
tizimli boshlanuvchi yuvenil artrit bilan kasallangan bolalarda klinik belgilari namoyon bo‘lmagan bosqichda kardiovaskulyar buzilishlar shakllanganligidan dalolat beruvchi markerlarning NT-proBNP >88,3 pg/ml, KFK-MV >4,2 ng/ml va VEGF >26,8 pg/ml chegaraviy qiymatlari asosida ishlab chiqilgan erta tashxislash mezonlari hamda kardiovaskulyar buzilishlar yuzaga kelishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni identifikatsiya qilishga xizmat qiladigan bashoratlash modelining samardorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
YuA bilan kasallangan bolalarda yurak-qon tomir buzilishlarini tashxislash va bashoratlash mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: TBYuA bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarining asosiy klinik-funksional belgilari - surunkali yurak etishmovchiligi (8,0%), yurak ritmining buzilishlari — nomotop (60,0%) va geterotop (16,0%) aritmiyalar, yurak o‘tkazuvchanligi buzilishlari (20,0%) ekanligi hamda sistolik va diastolik disfunksiya (30,0%), miokard qayta tuzilishi (8,0%), ChQ orqa devori gipokineziyasi (20,0%) atrioventrikulyar klapanlarning nisbiy etishmovchiligiga (52,0%) olib kelishi isbotlanganligi, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 25 dekabrdagi №03/321-sonli Ilmiy kengash qarori bilan tasdiqlangan «Yuvenil artrit kasalligida bolalarda yurak-qon tomir tizimi shikastlanishlarini erta aniqlashning biokimyoviy va immunologik mezonlari» mavzusidagi uslubiy tavsiyalarga kiritilganligi hamda ushbu takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 12 fevraldagi №19-sonli va Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 10 fevraldagi №85-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik Kengashining 2025 yil 25 apreldagi №16/05-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: TBYuA bo‘lgan bolalarda klinik-funksional xususiyatlar asosida kardiovaskulyar buzilishlarni erta aniqlash, terapevtik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida boshlashga va og‘ir asoratlar rivojlanishi xavfining oldini olishga imkon beradi, bu esa nogironlik darajasini kamaytiradi, shuningdek, mazkur kasallikka chalingan bolalarning hayot sifatini va davomiyligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yurak-qon tomir tizimi buzilishlarini erta aniqlash va davolash orqali 1 nafar bemor uchun 14 kunlik davolash jarayonida 22840752 so‘mgacha byudjet mablag‘i tejalishiga erishilib, bu esa 32 nafar bemorni davolashda umumiy 730904064 so‘mgacha iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: yurak-qon tomir asoratlarini oldini olish va ularni erta bosqichda aniqlash 1 nafar bemorga to‘g‘ri keladigan xarajatlarni 22840752 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda YuA zo‘rayib borishi bilan miokardning qayta tuzilishi, yurak o‘tkazuvchanligi buzilishlari va klapanlar disfunksiyalari yuzaga kelishidan dalolat beruvchi kasallik faolligi va yurak-qon tomir tizimining struktur-funksional o‘zgarishlari o‘rtasida: o‘tkazuvchanlik buzilishlari (r=0,53, p<0,05), ChQ miokardi gipertrofiyasi (r=0,75, p<0,01), shuningdek kasallikning davomiyligi va exokardiografik ko‘rsatkichlar: qoldik diastolik o‘lcham (r=0,56, p<0,05), qorinchalararo to‘siq va ChQ orqa devori o‘lchamlari (r=0,61, p<0,01) hamda mitral (r=0,65, p<0,01) va trikuspidal (r=0,72; p<0,01) klapan etishmovchiligi darajalari o‘rtasida ahamiyatli korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 25 dekabrdagi №03/321-sonli Ilmiy kengash qarori bilan tasdiqlangan «Yuvenil artrit kasalligida bolalarda yurak-qon tomir tizimi shikastlanishlarini erta aniqlashning biokimyoviy va immunologik mezonlari» mavzusidagi uslubiy tavsiyalarga kiritilganligi hamda ushbu takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 12 fevraldagi №19-sonli va Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 10 fevraldagi №85-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik Kengashining 2025 yil 25 apreldagi №16/05-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasallik faolligi va davomiyligi bilan bog‘liq assotsiatsiyalarini aniqlash, tekshiruvlar chastotasini individuallashtirish va yallig‘lanish faolligini kamaytirish, remissiya davrini uzaytirish hamda asoratlarni oldini olishga qaratilgan davolashni optimallashtirish imkonini beradi, bu esa bolalardagi yuvenil artrit prognozini va kasallik natijalarini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: YuA bilan kasallangan bemorlarni olib borishda kasallik faolligi va davomiyligini inobatga olgan holda diagnostik va davolash tadbirlarini optimallashtirish kardiovaskulyar buzilishlar rivojlanishini oldini olish, davolash muddatini 6 kunga qisqartirish va har bir bemor uchun 6 kunlik davolash xarajatlarida 6360322 so‘mgacha, 32 nafar bemor uchun esa 203530304 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: yuvenil artrit bilan kasallangan bolalarda kasallik faolligi va davomiyligi bilan klinik-funksional ko‘rsatkichlar o‘rtasida aniqlangan korrelyasion bog‘liqliklarni hisobga olish har bir bemor uchun 6360322 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: TBYuA bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarining biokimyoviy xususiyatlari, kardiospesifik markerlar:KFK-MV miqdorining 1,5 barobar, NT-proBNP - 1,2 barobar va VEGF - 1,4 barobarga ortishi (p<0,05), ushbu toifadagi bemorlarda kardiovaskulyar buzilishlarini erta aniqlashda bu markerlarni yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlovchi KFK-MV, NT-proBNP va VEGF miqdorlari va yurak ritmi buzilishlari (mos ravishda r==0,53; 0,51; 0,43; p<0,05), NT-proBNP miqdori va ChQ miokardi gipertrofiyasi (r=0,57; p<0,01), qoldik diastolik o‘lcham (r=0,45, p<0,05), haydash fraksiyasi (r=-0,51, p<0,05), VEGF miqdori va xaydash fraksiyasi (r=-0,34, p<0,05) orasida bog‘liqliklar mavjudligi isbotlanganligi, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 25 dekabrdagi №03/321-sonli Ilmiy kengash qarori bilan tasdiqlangan «Yuvenil artrit kasalligida bolalarda yurak-qon tomir tizimi shikastlanishlarini erta aniqlashning biokimyoviy va immunologik mezonlari» mavzusidagi uslubiy tavsiyalarga kiritilganligi hamda ushbu takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 12 fevraldagi №19-sonli va Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 10 fevraldagi №85-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik Kengashining 2025 yil 25 apreldagi №16/05-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: TBYuA li bolalarda YuQTT zararlanishidan dalolat beruvchi biomarkerlarni aniqlash kardiovaskulyar buzilishlarning klinik belgilari namoyon bo‘lmagan bosqichda tashxislash imkonini yaratadi. Bu esa ularni erta tashislash, davoni boshlash va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatini kengaytib, og‘ir asoratlarning oldini olish va kasallik oqibatlarini yumshatish orqali bemorlarning hayot sifati sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: KFK-MV, NT-proBNP va VEGF kabi kardiospesifik biomarkerlarni aniqlash YuA bilan kasallangan bolalarda yurak-qon tomir buzilishlarini erta aniqlash va og‘ir yurak-qon tomir asoratlarini oldini olishga xizmat qildi, bu esa bemorlarning shifoxonada yotib davolanish muddatini 6 kunga qisqartirdi va bir nafar bemorga nisbatan 6 kunlik davolash uchun 6360322 so‘mgacha, 32 nafar bemorni davolashda esa umumiy 203530304 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: YuA bilan kasallangan bolalarda yurak-qon tomir buzilishlarini erta aniqlash maqsadida kardiospesifik biomarkerlarni (KFK-MV, NT-proBNP, VEGF) aniqlash, kasallik prognozini yaxshilash va asoratlarni davolash bilan bog‘liq xarajatlarni bir bemorga nisbatan 6360322 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: TBYuA bilan kasallangan bolalarda klinik belgilari namoyon bo‘lmagan bosqichda kardiovaskulyar buzilishlar shakllanganligidan dalolat beruvchi markerlarning NT-proBNP >88,3 pg/ml, KFK-MV >4,2 ng/ml va VEGF >26,8 pg/ml chegaraviy qiymatlari asosida ishlab chiqilgan erta tashxislash mezonlari hamda kardiovaskulyar buzilishlar yuzaga kelishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni identifikatsiya qilishga xizmat qiladigan bashoratlash modelining samardorligi isbotlanganligi, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 25 dekabrdagi №03/321-sonli Ilmiy kengash qarori bilan tasdiqlangan «Yuvenil artrit kasalligida bolalarda yurak-qon tomir tizimi shikastlanishlarini erta aniqlashning biokimyoviy va immunologik mezonlari» mavzusidagi uslubiy tavsiyalarga kiritilganligi hamda ushbu takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 12 fevraldagi №19-sonli va Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 10 fevraldagi №85-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik Kengashining 2025 yil 25 apreldagi №16/05-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: TBYuA bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarini erta tahislash bo‘yicha ishlab chiqilgan mezonlar va bashoratlash modelidan foydalanish kardiovaskulyar buzilishlarning klinik belgilari namoyon bo‘lmagan bosqichlarida aniqlash, yuqori xavf guruhiga oid bemorlarni identifikatsiya qilish, va shu orqali kardiovaskulyar asoratlarni erta aniqlash va oldini olish, bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi, nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: kardiovaskulyar buzilishlarni erta tashislash mezonlari va bashoratlash modelidan foydalanish og‘ir asoratlarning oldini olishga, davolash xarajatlarini kamaytirishga, shifoxonada yotish muddatini 6 kunga qisqarishiga hamda bir nafar bemor uchun 6360322 so‘mgacha, 32 nafar bemorni davolashda esa 203530304 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: YuA bilan kasallangan bolalarda kardiovaskulyar buzilishlarni tashxislash mezonlari va bashoratlash modelini qo‘llash har bir bemor uchun bir kunlik davolashda o‘rtacha 6360322 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.