Xudoyberdiev Bahodir Karimberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasida harbiy prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1165
Ilmiy rahbar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Pulatov Baxtiyor Xalilovich; yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Isroilov Dilshod Shavkatovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida harbiy prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va amaliy muammolarni aniqlash hamda qonunchilikni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Harbiy prokuratura organlari mustaqildir, ularning o‘z vakolatlarini amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi ilmiy asoslantirilgan;
Harbiy prokuratura organlari shaxsiy tarkibi uchun Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va fuqaro xodimlariga qo‘llaniladigan ta’minot, ijtimoiy himoya va boshqa barcha turdagi imtiyozlar belgilangan shakl hamda me’yorlar asosida to‘liq tatbiq etilishi zarurligi ilmiy asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning vakolat muddati besh yil etib belgilanishi, hududiy harbiy prokurorlarning katta yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan lavozimga tayinlanishi hamda lavozimidan ozod etilishi lozimligi asoslantirilgan;
Harbiy prokuraturaga yuklatilayotgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, uning markaziy apparati tuzilmasida mavjud shtat birliklari doirasida Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi negizida Qurolli Kuchlarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi tashkil etilishi zarurligi asoslantirilgan;
Harbiy prokuratura harbiy xizmatchilari, ularning oila a’zolari, shuningdek pensionerlarning tibbiy ta’minoti va davolanishi Mudofaa vazirligi tibbiyot muassasalari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi lozimligi ilmiy asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natija-laridan quyidagilarda foydalanilgan:
Harbiy prokuratura organlari mustaqildir, ularning o‘z vakolatlarini amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabr` kungi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-272 sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 25 sentyabrdagi 27/2-252-24-son dalolatnomasi). Bu taklifning qabul qilinishi mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida qonuniylikni qat’iy ta’minlovchi, ochiq va adolatli harbiy prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Harbiy prokuratura organlari shaxsiy tarkibi uchun Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va fuqaro xodimlariga qo‘llaniladigan ta’minot, ijtimoiy himoya va boshqa barcha turdagi imtiyozlar belgilangan shakl hamda me’yorlar asosida to‘liq tatbiq etilishi zarurligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabr` kungi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-272 sonli Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 25 sentyabrdagi 27/2-253-24-son dalolatnomasi). Bu taklifning qabul qilinishi harbiy prokuratura organlari shaxsiy tarkibi ijtimoiy himoyasiga qaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning vakolat muddati besh yil, shuningdek tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning katta yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari, ish o‘rganuvchilari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etilishi lozimligi haqidagi taklifdan 2023 yil 30-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-873-sonli qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 17 sentyabrdagi №3/08-176-son dalolatnomasi). Bu taklifning qabul qilinishi Harbiy prokuror va unga bo‘ysinuvchi hududiy harbiy prokurorlarning vakolat muddatining qonunchilikda belgilanishi hamda mazkur prokuratura hududiy harbiy prokurorlarining katta yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari, ish o‘rganuvchilarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish masalalarining qonuniy echimini topishiga xizmat qilgan.
Harbiy prokuraturaga yuklatilayotgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, uning markaziy apparati tuzilmasida mavjud shtat birliklari doirasida Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi negizida Qurolli Kuchlarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi tashkil etilishi zarurligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabr` kungi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-272 sonli Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 25 sentyabrdagi 27/2-253-24-son dalolatnomasi). Bu taklifning qabul qilinishi harbiy prokuratura organlari tomonidan Qurolli Kuchlarda qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirishga xizmat qilgan.
Harbiy prokuratura harbiy xizmatchilari, ularning oila a’zolari, shuningdek pensionerlarning tibbiy ta’minoti va davolanishi Mudofaa vazirligi tibbiyot muassasalari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabr` kungi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-272 sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 25 sentyabrdagi 27/2-252-24-son dalolatnomasi). Bu taklifning qabul qilinishi harbiy prokuratura organlari harbiy xizmatchilari, ularning oila a’zolari, shuningdek pensionerlarning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirishga xizmat qilgan.