Hamdamova Mahzuna Tursunovnanning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Talabalarda boshqaruv madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish 13.00.07 -Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.1.DSc/Ped1124
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Saidova Mohinur Jo‘npolatovna, pedagogika fanlari doktori, Zikriyaev Zokir Mamirovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda boshqaruv madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning boshqaruv madaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘zini-o‘zi boshqarish mas’uliyatini idrok etish va teng huquqli hamkorlik muhitida mustaqil fikr yuritish o‘zgaruvchanligiga murosali echim topish ko‘nikmalarini emotsional intellekt darajasi jamoaviy fidbek asosida aniqlangan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarida rahbar madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari vaziyatga moslashish, ijrochilar harakatlarini yagona maqsadga koordinatsiyalash va mehnat faoliyatini analitik tafsilotli o‘rganishga asoslangan tahliliy ajratuvchi uslublar doirasida takomillashtirilgan;
talabalarni boshqaruv madaniyatini rivojlantirish modeli o‘qish motivatsiyasi va kognitiv faolligini ta’lim subektlarining pedagogik faoliyatga ishonchli muloqotini va talabalarni boshqarish jarayonini tahlil etish va real tajriba orttirish asosida takomillashtirilgan.
talabalarning boshqaruv madaniyatini rivojlantirish texnologiyalari tashqi va ichki muhitdagi o‘zgarishlarga o‘zini qayta yo‘naltirish, ta’sirchanligini real faoliyatga muvofiqlashtirish, hissiy holatlar sinxronligini umumlashtirish va boshqarishga situativ yondashuv turlarini jalb etish faolligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning boshqaruv madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarining samaradorligi harakatlar algoritmi traektoriyasini individual refleksiyalash, hayotiy vaziyatlarni modellashtirishning strategik, taktik va tezkor monitoringini konvergent tafakkur kreativ va steriotip fikrlash ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar natijasini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda boshqaruv madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida
talabalarning boshqaruv madaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘zini-o‘zi boshqarish mas’uliyatini idrok etish va teng huquqli hamkorlik muhitida mustaqil fikr yuritish o‘zgaruvchanligiga murosali echim topish ko‘nikmalarini emotsional intellekt darajasi jamoaviy fidbek asosida aniqlashga oid ma’lumotlar “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-apreldagi 11-05-2155/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda boshqaruv madaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirishga erishilgan.
oliy ta’lim muassasalari talabalarida rahbar madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari vaziyatga moslashish, ijrochilar harakatlarini yagona maqsadga koordinatsiyalash va mehnat faoliyatini analitik tafsilotli o‘rganishga asoslangan tahliliy ajratuvchi uslublar doirasida takomillashtirishga oid xulosalar “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-apreldagi 11-05-2155/04-son ma’lumotnomasi) Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarida rahbar madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart sharoitlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan
talabalarni boshqaruv madaniyatini rivojlantirish modeli o‘qish motivatsiyasi va kognitiv faolligini ta’lim subektlarining pedagogik faoliyatga ishonchli muloqotini va talabalarni boshqarish jarayonini tahlil etish va real tajriba orttirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Maktabgacha ta’limda innovatsiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-apreldagi 11-05-2155/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning boshqaruv madaniyatini rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan.
talabalarning boshqaruv madaniyatini rivojlantirish texnologiyalari tashqi va ichki muhitdagi o‘zgarishlarga o‘zini qayta yo‘naltirish, ta’sirchanligini real faoliyatga muvofiqlashtirish, hissiy holatlar sinxronligini umumlashtirish va boshqarishga situativ yondashuv turlarini jalb etish faolligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Maktabgacha ta’limda o‘yin texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-apreldagi 11-05-2155/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda boshqaruv madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
talabalarning boshqaruv madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarining samaradorligi harakatlar algoritmi traektoriyasini individual refleksiyalash, hayotiy vaziyatlarni modellashtirishning strategik, taktik va tezkor monitoringini konvergent tafakkur kreativ va steriotip fikrlash ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar natijasini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Maktabgacha ta’lim va tarbiya pedagogikasi (rus tilida)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-apreldagi 11-05-2155/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda boshqaruv madaniyatini rivojlantirish texnologiyalari samaradorligini aniqlashtirishga erishilgan.