Delov To‘lqin Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Raqamli ta’lim muhitida iqtidorli talabalarni aniqlash, ular bilan ishlash usul va vositalarini takomillashtirish 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped2040
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Taylakova Guli Bekmurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. raqamli ta’lim muhitida iqtidorli talabalarni aniqlash, ular bilan ishlash usul va vositalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli ta’lim muhitida iqtidorli talabalar bilan ishlashning didaktik imkoniyatlari tashkiliy-uslubiy muvofiqlik, pozitiv innovatsion potensialni oshirish, o‘z-o‘zini rivojlantirishning raqamli kompetentligining o‘ziga xos xususiyatlarini tasniflash hamda iqtidorni o‘rganish usullari va qo‘llab-quvvatlash strategiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida iqtidorli talabalarni aniqlash, ular bilan ishlash usul va vositalarini takomillashtirish mexanizmi hujjatlarni elektron shaklda tizimli taqdim etish, ularni ochiqligini, ishonchliligini va funksionalligini ta’minlab beruvchi RAIL modelini qo‘llash orqali raqamli portfolioni ishlab chiqish va mazmunini innovatsiyalar yaratish, ijodkorlikni rivojlantiruvchi, jamoaviy va hamkorlikda ishlash yondashuvlariga asoslangan tamoyillarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan ishlashning pedagogik modeli tashkiliy-jarayonli komponentini identifikatsiyalash, saralash va rivojlantirish jarayonlarini samaradorligini oshirishga qaratilgan raqamli portfolio, dizayn fikrlash hamda startaplarni mazmunli-texnologik integratsiyalash, mualliflik mobil dasturini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
iqtidorli talabalarni raqamli kompetentligini rivojlantirish metodikasi masofaviy ta’limning simultant va multimodal modellarini qo‘llash asosida vacademia.uz muhitidagi V-sinf, V-doska, V-chat va V-simulyasiya komponentlarini funksional integratsiyalash hamda iqtidorlilikni aniqlovchi motivatsion, innovatsion-tadqiqot, liderlik va tashabbuskorlik mezonlarini baholash darajalariga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim muhitida iqtidorli talabalarni aniqlash, ular bilan ishlash usul va vositalarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
raqamli ta’lim muhitida iqtidorli talabalar bilan ishlashning didaktik imkoniyatlari tashkiliy-uslubiy muvofiqlik, pozitiv innovatsion potensialni oshirish, o‘z-o‘zini rivojlantirishning raqamli kompetentligining o‘ziga xos xususiyatlarini tasniflash hamda iqtidorni o‘rganish usullari va qo‘llab-quvvatlash strategiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilganga doir tavsiyalar “60611300-Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablarida o‘z aksini topgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 04 martdagi № 02/19-658-sonli ma’lumotnomasi). Natijada iqtidorli talabalarni aniqlash, ular bilan ishlash mexanizmi takomillashtirishga xizmat qilgan;
raqamli ta’lim muhitida iqtidorli talabalarni aniqlash, ular bilan ishlash usul va vositalarini takomillashtirish mexanizmi hujjatlarni elektron shaklda tizimli taqdim etish, ularni ochiqligini, ishonchliligini va funksionalligini ta’minlab beruvchi RAIL modelini qo‘llash orqali raqamli portfolioni ishlab chiqish va mazmunini innovatsiyalar yaratish, ijodkorlikni rivojlantiruvchi, jamoaviy va hamkorlikda ishlash yondashuvlariga asoslangan tamoyillarini kiritish asosida takomillashtirilganga doir tavsiyalar “Ta’limda raqamli texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 04 martdagi № 02/19-658-sonli ma’lumotnomasi). Natijada iqtidorli talabalar bilan ishlashning o‘quv-uslubiy ta’minoti boyitilgan;
raqamli ta’lim muhitida iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan ishlashning pedagogik modeli tashkiliy-jarayonli komponentini identifikatsiyalash, saralash va rivojlantirish jarayonlarini samaradorligini oshirishga qaratilgan raqamli portfolio, dizayn fikrlash hamda startaplarni mazmunli-texnologik integratsiyalash, mualliflik mobil dasturini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar 610170-EPP-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP ELBA - “Markaziy Osiyoda katta hajmli ma’lumotlarning intellektual tahlili bo‘yicha o‘quv-tadqiqot markazlarini ochish va kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 04 martdagi № 02/19-658-sonli ma’lumotnomasi). Natijada iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi faoliyati yuqori darajaga ko‘tarilgan;
iqtidorli talabalarni raqamli kompetentligini rivojlantirish metodikasi masofaviy ta’limning simultant va multimodal modellarini qo‘llash asosida vacademia.uz muhitidagi V-sinf, V-doska, V-chat va V-simulyasiya komponentlarini funksional integratsiyalash hamda iqtidorlilikni aniqlovchi motivatsion, innovatsion-tadqiqot, liderlik va tashabbuskorlik mezonlarini baholash darajalariga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar Bulutli texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 04 martdagi № 02/19-658-sonli ma’lumotnomasi). Natijada iqtidorli talabalarning raqamli kompetentligi rivojlangan.