Umarov Miraziz Mirkamol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pka arteriyasi stenozida rentgenendovaskulyar aralashuvlar natijalarini yaxshilash yo‘llari», 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4733.
Ilmiy rahbarlar: Zufarov Mirjamol Mirumarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Abralov Xakimjon Kabuljonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bolalar milliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rentgenendovaskulyar aralashuvlarning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish orqali o‘pka arteriyasi stenozi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘pka arteriyasi stenozida ballonli val`vuloplastikadan so‘ng operatsiyadan keyingi erta, o‘rta va uzoq davrlarda barqaror ijobiy dinamikani ko‘rsatadigan o‘ziga xos gemodinamik ko‘rsatkichlar aniqlangan;
ballonli val`vuloplastika klinik samarasizligining o‘ng qorinchadagi boshlang‘ich bosim darajasi, o‘pka poyasining anatomik xususiyatlari va miokardning kompensator o‘zgarishlari bilan bog‘liq xavf prediktorlari aniqlangan;
uzoq muddatli davrda o‘pka klapan regurgitatsiyasi rivojlanishida operatsiyadan oldingi patogmonik omillarning ahamiyati isbotlangan, bu esa uzoq muddatli natijalarni bashorat qilishda ularni hisobga olish zarurligini asoslangan;
o‘pka arteriyasi stenozi bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolashga kompleks yondashuvni ta’minlash, ballon valvuloplastikaga ko‘rsatmalarni optimallashtirish, qoniqarsiz natijalar xavfini kamaytirish hamda uzoq muddatli prognozni yaxshilash imkonini beruvchi davolash-tashxislash taktikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘pka qopqog‘i stenozida rentgenendovaskulyar amaliyotlar natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘pka arteriyasi stenozida ballonli val`vuloplastikadan so‘ng operatsiyadan keyingi erta, o‘rta va uzoq davrlarda barqaror ijobiy dinamikani ko‘rsatadigan o‘ziga xos gemodinamik ko‘rsatkichlar aniqlangan: Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli klinik shifoxonasi (2025 yil 7 yanvaridagi 13t-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali (2024 yil 23 dekabrdagi 60i-t son buyrug‘i) amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16/06-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning prognozi va hayot sifati yaxshilanadi, jismoniy faollik ortadi va nogironlik kamayadi, asoratlar va takroriy operatsiyalar xavfi kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: klassik jarrohlik amaliyotiga nisbatan tibbiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, yurak hajmining funksiyasi, gemodinamik va chiziqli ko‘rsatkichlarning tezroq tiklanishi tufayli ballonli val`vuloplastikadan so‘ng shifoxonada davolanishning o‘rtacha davomiyligini 10 kundan 7 kunga qisqartirish imkonini berdi, har bir bemorga byudjetdan tejamkorlik 1119000 so‘mni tashkil etdi (Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATMda 1 o‘rin/kun 373000 so‘m ekanligi hisobida). Agar har bir bemordan 1119000 so‘m mablag‘ tejalsa, yillik iqtisodiy tejamkorlik 33570000 so‘mni (yiliga 30 nafar bemorga) tashkil etadi. Xulosa: o‘pka arteriyasi stenozida ballon val`vuloplastikaga ko‘rsatmalarni kengaytirish, gemodinamik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi va shifoxonada davolanish muddatining qisqarishi davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish, yiliga 33570000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ballonli val`vuloplastika klinik samarasizligining o‘ng qorinchadagi boshlang‘ich bosim darajasi, o‘pka poyasining anatomik xususiyatlari va miokardning kompensator o‘zgarishlari bilan bog‘liq xavf prediktorlari aniqlangan: Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli klinik shifoxonasi (2025 yil 7 yanvaridagi 13t-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali (2024 yil 23 dekabrdagi 60i-t son buyrug‘i) amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16/06-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ballon val`vuloplastikasining qoniqarsiz natijalarining prognozlarini erta aniqlash xavf guruhlarini o‘z vaqtida farqlash va bemorlarni boshqarish taktikasini optimallashtirish imkonini beradi, bu takroriy amaliyotlar sonini kamaytirishga, hayot sifatini yaxshilashga va o‘pka qopqog‘i stenozi bilan bemorlarning faol ijtimoiy moslashuvi davomiyligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradigan operatsiyadan oldingi ko‘rsatkichlar asosida qoniqarsiz natijalarni prognozlash, operatsiyadan oldingi tekshirish bosqichida xarajatlarni kamaytirish, amaliyot samarasizligi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlash va davolash taktikasini optimallashtirish. Natijada, aralashuvdan oldin shifoxonada davolanish o‘rtacha davomiyligi 5,6 dan 2,9 kungacha qisqardi. Har bir bemorga byudjetdan tejamkorlik 1001900 so‘mni tashkil etdi (Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATMda 1 o‘rin/kun 373000 so‘m ekanligi hisobida). Agar har bir bemordan 1001900 so‘m mablag‘ tejalsa, yillik iqtisodiy tejamkorlik 30057000 so‘mni (yiliga 30 nafar bemorga) tashkil etadi. Xulosa: amaliyotdan oldingi tayyorgarlikning o‘rtacha vaqtini qisqartirish bilan ballonli val`vuloplastikaning qoniqarsiz natijalarining klinik, anatomik va gemodinamik ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida o‘pka arteriyasi qopqoqli stenozi bilan bemorlarni davolashning operatsiyadan oldingi bosqichini optimallashtirish 1 yilda 30057000 so‘m byudjet mablag‘ini tejash imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: uzoq muddatli davrda o‘pka klapan regurgitatsiyasi rivojlanishida operatsiyadan oldingi patogmonik omillarning ahamiyati isbotlangan, bu esa uzoq muddatli natijalarni bashorat qilishda ularni hisobga olish zarurligini tasdiqlagan: Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli klinik shifoxonasi (2025 yil 7 yanvaridagi 13t-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali (2024 yil 23 dekabrdagi 60i-t son buyrug‘i) amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16/06-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning prognozi va hayot sifati yaxshilanadi, jismoniy faollik kuchayadi va nogironlik kamayadi, asoratlar va takroriy operatsiyalar xavfi kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: kech davrda o‘pka klapani regurgitatsiyasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi operatsiyadan oldingi omillarni aniqlash orqali operatsiyadan keyingi asoratlarni statsionar davolash uchun har bir bemorga xarajatlarni 1968600 so‘mga kamaytirish imkoni tug‘ildi. Har bir bemor uchun 1968600 so‘m mablag‘ tejab qolinsa, yillik iqtisodiy tejamkorlik 9840000 so‘mni tashkil etadi (yiliga 5 nafar asoratlangan bemor uchun). Xulosa: o‘pka arteriyalari qopqoqli stenozi bilan bemorlarni uzoq muddatli davolash sifatini oshirish, shuningdek, statsionar davolanish uchun qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish asoratlarning oldini olish va yiliga 9840000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘pka arteriyasi stenozi bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolashga kompleks yondashuvni ta’minlash, ballon valvuloplastikaga ko‘rsatmalarni optimallashtirish, qoniqarsiz natijalar xavfini kamaytirish hamda uzoq muddatli prognozni yaxshilash imkonini beruvchi davolash-tashxislash taktikasining algoritmlari ishlab chiqilgan: Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli klinik shifoxonasi (2025 yil 7 yanvaridagi 13t-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali (2024 yil 23 dekabrdagi 60i-t son buyrug‘i) amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16/06-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: vizualizatsiya ma’lumotlarini taqqoslash asosida o‘pka arteriyasi va yurak ichi gemodinamikasini baholashning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish diagnostikaning yuqori aniqligini ta’minladi, xatolar sonini qisqartirdi va o‘z vaqtida davolanishga, tibbiy yordam sifatini yaxshilashga va bemorlar nogironligini kamaytirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: vizualizatsiyaning turli usullaridan olingan ma’lumotlarni yagona diagnostika algoritmiga birlashtirish takroriy va ortiqcha tadqiqotlar sonini kamaytirish, dastlabki bosqichlarda diagnostika aniqligini oshirish va har bir bemor uchun 1270400 so‘m mablag‘ni tejab qolish imkonini berdi. Har bir bemordan 1270400 so‘m tejalgan bo‘lsa, yillik iqtisodiy tejamkorlik 38112000 so‘mni (yiliga 30 nafar bemorga) tashkil etadi. Xulosa: o‘pka arteriyasi va yurak ichi gemodinamikasini kompleks vizual baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan yondashuvlar tashxis aniqligini oshirish, takroriy tadqiqotlar sonini kamaytirish va 1 yilda 38112000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi;