Jo‘raev Shohrux To‘lqinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Rezina sanoati vulkanlangan chiqindilarini past haroratli termik qayta ishlash asosida ingredientlar olish va  qo‘llash texnologiyalari», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/T934.
Ilmiy maslahatchi: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Fayzullaev Normurot Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eskirgan avtomobil shinalari, rezinatexnika buyumlari va rezina sanoati ikkilamchi xomashyolarini past haroratli qayta ishlash piroliz texnologiyasini ishlab chiqish va ular asosida polimer kompozisiyaari uchun ingredientlar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil shinalari, rezinatexnika buyumlari va rezina sanoati ikkilamchi xomashyolarini qayta ishlash kislorodsiz muhitda past haroratda destruksiya qilish piroliz usuli texnologik jarayoni yaratilgan; 
olingan ikkilamchi mahsulotlarning sifat va miqdoriy tarkiblari o‘rganilib, ular asosida berilgan talablarga muvofiq kompozision polimer materiallar tarkibi ishlab chiqilgan;
har xil strukturali polimerlar asosidagi kompozisiyalar texnologik, reologik va texnik xossalariga yaratilgan ingredientlarni ta’siri o‘rganilib va har xil sharoitlarda ishlatiluvchi buyumlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan;
har xil strukturali elastomerlar asosidagi eskirgan rezinatexnika buyumlari va shinalarini pirolizi natijasida olingan faollashtirilgan kukunli ingredientlar yordamida, chiqindi suvlardagi og‘ir metallar va boshqa zararli ifloslantiruvchi moddalarni ajratish jarayoni asoslangan; 
piroliz jarayonida turli haroratlarda (600–800°C) olingan sorbentlarning adsorbsiya qobiliyatini aniqlanib, haroratning sorbentlarning tuzilishi va ifloslantiruvchi moddalarni tozalash samaradorligiga ta’siri va maqbul harorat sharoitlari sorbent tarkibi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rezinatexnika buyumlari, shina va rezina sanoati chiqindilarini qayta ishlash asosida olingan ingredientlarni qo‘llab kompozision polimer materiallar va adsorbentlar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eskirgan rezinatexnika buyumlari, shina va rezina sanoati chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJga qarashli, Navoiy mashinasozlik zavodi IChBning rezinatexnika buyumlari ishlab chiqarish sexida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 20-iyundagi 23/01-01-07/422-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi eskirgan rezina mahsulotlarini 100 % ekologik toza qayta ishlash imkonini bergan;
ishlatilgan avtomobil` shinalaridan olingan sorbentlarni qo‘llab 3-sonli GMZ sanoat chiqindi sularini tozalash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning «2025–2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 20-iyundagi 23/01-01-07/422-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 3-gidrometallurgiya zavodi sanoat chiqindi sularini umumiy qattiqligini 24,62 mg-ekv/l gacha kamaytirish imkonini bergan;
ishlatilgan avtomobil` shinalari va bentonit asosidagi sorbentlar yordamida 3-sonli GMZ sanoat chiqindi sularini tozalash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning «2025–2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 20-iyundagi 23/01-01-07/422-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 3-sonli GMZ sanoat chiqindi suvlari tarkibidagi og‘ir metalllarning miqdorini o‘rtacha 70–83 % gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish