Dauletbaeva Raushan Kuanishbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. «Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gidrolizlangan akrilamid va akril kislotasi sopolimerlarining kolloid-kimyoviy xossalari va ularning suvli dispersiyalarining reologik va struktura xususiyatlariga ta’siri», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K1005.
Ilmiy rahbar: Kuldasheva Shahnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ravshan Raximovich, kimyo fanlari doktori; Abdulhaev Tolibjon Dolimjonovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: akrilamidning akril kislotasi bilan gidrolizlangan sopolimerlarining kolloid-kimyoviy xususiyatlarini va ularning suvli dispersiyalarning reologik va strukturaviy xossalariga ta’sirini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sintez harorati 55 °C bo‘lganda akrilamid va akril kislotasining AA:AK ≈ 5:1 optimal mol nisbati sopolimerning suvli eritmalarining maksimal qovushqoqligini ta’minlab, bu esa zanjirlarning zaryadlangan va neytral qismlarining optimal muvozanati bilan ularning maksimal gidrodinamik cho‘zilishini ta’minlaydigan bog‘liqligi aniqlangan;
yuqori molekulyar massali va struktura hosil qiluvchi faollikka ega AA:AK = 10:1 sopolimerini olish uchun 45-50 °C haroratda 4-5 soat polimerlanish davomiyligi maqbul bo‘lib, bu degradatsiya va tarmoqlanishning minimal darajasida zanjirlarning samarali o‘sishini  asoslanishi isbotlangan;
FT-IR-spektroskopiya ma’lumotlari asosida sintez haroratining 45 dan 60 °C gacha ko‘tarilishi sopolimerlarda amid guruhlarining gidrolizi va -COOH→-COO− ionlanishining kuchayishiga olib kelishi, bu esa makromolekulalar konformatsiyasining o‘zgarishiga va zanjirlar bo‘ylab zaryadning qayta taqsimlanishiga yordam berishi asoslangan;
AA:AK = 5:1 nisbatlari GFX ma’lumotlari bo‘yicha eng yuqori polimerlanish darajasini va minimal polidisperslikni namayon qilib,  bu zanjirning salbiy uzatish reaksiyalarining kamayishi va  akrilamidning optimal reaksion qobiliyati bilan bog‘liqligi aniqlangan;
AA:AK 5:1 sopolimerlarni tuproq va bentonit suspenziyalariga 0,5-1% qo‘shish ularning qovushqoqligi keskin oshirib, bu mustahkam “ko‘prik” tarmoqlarining  hosil bo‘lishiva mayda dispers zarrachalarning polimer zanjirlari bilan samarali fiksatsiyalanishi bilan bo‘g‘liqligi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akrilamid va akril kislota sopolimerlarini sintez qilish jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gil va tuproq strukturantlarini sintez qilish usuli hamda ularni tuproq xossalarini yaxshilashda qo‘llash usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 10 fevraldagi 02/18-1-296-son ma’lumotnomasi). Natijada, akrilamid va akril kislotasi sopolimerlarini 200 kg/ga miqdorda qo‘llash tuproqning suvga chidamli agregatlarini 33% dan 74,5% gacha oshirish imkonini beradi;
tuproq strukturasini yaxshilash uchun akrilamid va akril kislotasi sopolimerlarini gil suspenziyalarida qo‘llash usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 18 maydagi 02/18-1-1762-son ma’lumotnomasi). Natijada, bentonitning 4% suspenziyasi (0,4% polimer) bilan ishlov berilganda tuproqning strukturaviylik koeffisientini 0,56 dan 3,33 gacha oshirish imkonini beradi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish