Artiqov Zoxidjon Sobirovich  
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurash turlarida texnik-taktik tayyorgarligining ilmiy pedagogik asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped794.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy maslahatchi: Olimov Muxsinbek Sotvoldievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Aliev Iskandar Baxromovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Adilov Sarvar Qaxramonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kurash turlarida belidan yoki belbog‘idan ushlagan holda texnik-taktik usullarni qo‘llashni takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
belbog‘li kurash sport turida texnik-taktik tayyorgarlikni oshirish uchun erishilgan tayyorgarlik darajasini bellashuv vaziyatlarida optimal namoyish qilishni inobatga olgan holda beshta ustuvor usullarni (yonbosh, ilma, qaytarma, to‘sma va oshirma) birinchi usuldan ikkinchi usulga tezkor o‘tishga muvofiqlashtirilgan tartibda mashg‘ulot va musobaqa jarayoniga kiritish hisobiga texnik usullar tasniflangan;
kurash sport turlarida texnik usullar samaradorligini oshirish uchun yuqori amplitudada bajariladigan ilma va ko‘krakdan oshirib tashlash kabi murakkab koordinatsion belbog‘li kurash harakatlarini turli ustunlikdagi raqib bilan birdamlikda harakatlanishga yo‘naltirilgan darajada tezkor qo‘llash ko‘nikmasini oshirish hisobiga usullarni kombinatsiyalash imkoniyati kengaytirilgan;
kurash sport turi musobaqalarida texnik usullarni bajarish uchun raqibni belidan, belbog‘idan hamda ikki qo‘llarini past qismidan ushlab olgan holda hujum qilishga qaratilgan o‘z vazn toifasiga nisbatan bo‘y ko‘rsatkichlari bo‘yicha qulay usullarni qo‘llash metodikasini (kurash turlarida turli hujum va himoya usullarini bajarish imkoniyatlarini yuzaga kelgan vaziyatga nisbatan tezkor qo‘llash kabi) ishlab chiqish hisobiga texnik tayyorgarlik darajasi takomillashtirilgan;
belbog‘li kurashchilarga texnik usullarni rivojlantiruvchi maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun ko‘p qo‘llaniladigan texnik usullarni bajarishda ustuvorlik talab etadigan jismoniy sifatlarni qo‘llash metodikasini (belbog‘ni keng bog‘lagan holatda “kiftlash” harakatini bajarish kabi) yillik tayyorgarlikning turli davr bosqichlarida yuklamalarni geteraxronizatsiyalashtirilgan tartibda ishlab chiqish hisobiga musobaqa natijadorligi oshirilgan;
kurash milliy sport turida belma-bel turish imkoniyatidan foydalanish uchun belbog‘li kurash (qaytarma, to‘sma va yonboshdan oshirib tashlash) usullarini bajarishni takomillashtirishga qaratilgan mashqlar kompleksini (bo‘y va vazn ko‘rsatkichlariga mos muvozanat saqlash imkoniyatlariga muvofiq o‘rgatish kabi) ishlab chiqish hisobiga kurash turlarida harakatlanish diapozoni hamda taktik tayyorgarlikni namoyish qilish imkoniyatlari kengaytirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kurash turlarida texnik-taktik tayyorgarligini ilmiy pedagogik asoslari bo‘yicha tajriba va tadqiqot natijalari asosida:
belbog‘li kurash sport turida texnik-taktik tayyorgarligini oshirish uchun beshta ustuvor usullarni (yonbosh, ilma, qaytarma, to‘sma va oshirma) mashg‘ulot va musobaqa jarayoniga kiritish hisobiga texnik usullar tasnifi ishlab chiqilgan va usullarni amalda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 2-iyuldagi 02-16/7015-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport kurashi turlari bilan shug‘ullanuvchilarning texnik tayyorgarligi jumladan, “Ilma” usuli yunon-rum kurashida 8,4% ga, dzyudochilarda 9,7 % ga, belbog‘li kurashchilarda 11,6 % ga, kurashchilarda 9,1 % ga, umumiy o‘sish ko‘rsatkichlari esa 10,1 % yaxshilanishga erishilgan; 
kurash sport turlarida texnik usullar samaradorligini oshirish uchun yuqori amplitudada bajariladigan ilma va ko‘krakdan oshirib tashlash kabi murakkab koordinatsion belbog‘li kurash harakatlarini kiritish hisobiga usullarni kombinatsiyalash imkoniyati kengaytirilgan bo‘lib, ushbu usullarni kurash turlariga qo‘llash bo‘yicha metod ko‘rsatma ishlab chiqilgan va sport mashg‘ulotlari amaliyotiga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 2-iyuldagi 02-16/7015-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport kurashi turlari bilan shug‘ullanuvchilarning texnik tayyorgarligi, yunon-rum kurashchilarida 13,6 % ga, dzyudochilarda esa 11,5 % ga, belbog‘li kurashchilarda 14,2 % ga, kurashchilarda 10,5 % ga, o‘sgan;
kurash sport turi musobaqalarida texning usullarni bajarish uchun raqibni belidan, belbog‘idan hamda ikki qo‘llarini past qismidan ushlab olgan holda hujum qilishga qaratilgan o‘z vazn toifasiga nisbatan bo‘y ko‘rsatkichlari bo‘yicha qulay bo‘lgan usullarni qo‘llash metodikasini ishlab chiqish hisobiga texnik tayyorgarlik darajasi takomillashtirilgan hamda kurash turlariga yo‘naltirishni ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq olimpiya va paralimpi sport turlariga tayyorlash markazi mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 2-iyuldagi 02-16/7015-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori malakali sport kurashchilarini antropometrik model ko‘rsatkichlari, kurashchilarni vazn-bo‘y ko‘rsatkichlari o‘rganilib bo‘y-vazn ko‘rsatgichlari bo‘yicha texnik usullarni bajarish samaradorligi yunon-rum kurashida 9,2 % ga, dzyudo kurashida esa 9,7 % ga, belbog‘li kurashda 14,1 % ga, kurash sport turida esa 9,4 % aniqlikka erishilib umumiy texnik usulga yo‘naltirishdagi bo‘y uzunligini boshorat qilish 10,2 % ga  aniqlikka erishilgan;
belbog‘li kurashchilarga texnik usullarni rivojlantiruvchi maxsus jismoniy tayyorgarliklarni oshirish uchun ko‘p qo‘llaniladigan texnik usullarni bajarishda ustuvorlik talab etadigan jismoniy sifatlarni qo‘llash metodikasini ishlab chiqish hisobiga musobaqa natijadorligi oshirilgan, sport kurashi turlarida shug‘ullanuvchilarning texnik-taktik tayyorgarligini baholash uchun maxsus ishlab chiqilgan “kurash  turlarida belidan, belbog‘idan hamda qo‘llarining pastki qismidan ushlagan holda “To‘sma” usulida ko‘tarib tashlash texnikasini o‘rgatish” metodikasini, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mashg‘ulotlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 2-iyuldagi 02-16/7015-son ma’lumotnomasi). Natijada, yunon-rum kurashchilarda 15,4 % ga, dzyudochilarda esa 11,2 % ga, belbog‘li kurashchilarda 16,7 % ga, kurashchilarda 13,9 % ga, o‘sgan;
kurash milliy sport turida belma-bel turish imkoniyatidan foydalanish borasida belbog‘li kurash (qaytarma, to‘sma va yonboshdan oshirib tashlash) usullari bajarishni takomillashtirishga qaratilgan mashqlar kompleksini ishlab chiqish hisobiga sport turlaridagi harakatlanish diapozoni kengaytirilgan, yuqori malakali yunon-rum, dzyudo, belbog‘li kurashchilarni texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining model xususiyatlari va tavsiflarini ishlab chiqish hisobiga kurash bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning amaliyotiga joriy etilishi yuzasidan taklif va tavsiyalar, Chirchiq olimpiya va paralimpi sport turlariga tayyorlash markazi sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 2-iyuldagi 02-16/7015-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sport kurashi turlari bilan shug‘ullanuvchilarning funksional tayyorgarligi jumladan, yurak-qon tomir tizimi yuklamalarga bardoshliligi yunon rum kurashida 7,5% ga, dzyudochilarda 8,3 % ga, belbog‘li kurashchilarda 9,6 % ga, kurashchilarda 8,4 % ga, nafas olish tizimida esa yunon-rum kurashchilarida 10,4% ga, dzyudochilarda 7,8 % ga, belbog‘li kurashchilarda 7,8 % ga, kurashchilarda 7,6 % ga, umumiy o‘sish ko‘rsatkichlari esa 9,3 yaxshilanishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish