TO‘XTAEV Hakim Raxmanovich: “Dorilarning dispers sistemalarini kolloid- kimyoviy xossalari va texnologik parametrlarini sirt-faol moddalar yordamida boshqarish” (15.00.01 va 15.00.02) Toshkent farmatsevtika instituti (100015, Toshkent, Oybek ko‘ch., 45  Tel./faks: (99871) 256-37-38,  e-mail: www.pharmi@bec.com.uz), (dissertatsiya rus tilida)

 

    Ilmiy maslahatchi: Aminov Sobirjon Nigmatovich

    Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent farmatsevtika instituti

    Rasmiy opponentlar Do‘smatov A.F., Agzamxodjaev A.A., Xudoyberdiev M.A.

    Yetakchi tashkilot: A.Sultonov nomli O‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti

    Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

 

    I. Tadqiqotning maqsadi kimyoviy, biofarmatsevtik va farmakologik tekshiruvlar asosida itakon, sitrakon va malein kislotalarning sirt-faol hosilalarini DDSlari kolloid-kimyoviy va texnologik parametrlarini boshqarishda qo‘llashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iboratdir.

    II. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 

    ilk marta DDSlar texnologik parametrlarini va xossalarini boshqarish maqsadida to‘yinmagan dikarbon kislotalarining sirt-faol hosilalarini qo‘llashning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqilgan (Farmatsevticheskiy jurnal. – Tashkent, 2011. – №3, – S. 55-57.);

    ilk marta izomer SFMlar samaradorligini baholashda asosiy ko‘rsatkich GLB qiymati emas, balki ularning kolloid-kimyoviy xossalari (KMH konsentratsiyasi, sirt-faollik, adsorbsiya parametrlari va boshq.) ekanligi aniqlangan (Farmatsevticheskiy jurnal. –Tashkent, 2011. –  №2. –S. 50-52.);

    emul`sion asoslarning gidrofillash xossalari SFM molekulasi gidrofob guruhining uzunligi, KMH konsentratsiyasi, sirt-faolligiga, adsorbsion parametrlarga bog‘liq, lekin gidrofil` guruhi tabiatiga bog‘liq emasligi aniqlangan (Ximiko-farmatsevticheskiy jurnal. – Moskva, 2014. – №8. –S. 49-51.);

    yangi asoslarda 10% li streptotsid va 5% li mumiyo surtmasi tayyorlangan. 10% li streptotsid surtmasidan asosiy moddaning ajralishi SFM tuzilishiga, gidrofob zanjirning uzunligiga, KMH konsentratsiyasi, sirt-faollikka bog‘liqligi topilgan (Farmatsevticheskiy jurnal. –Tashkent, 2012. – №3. – S. 83-86. va Ob’edinenniy nauchniy jurnal.–Moskva,2012. –№ 6-7. – S.67-69.).

    III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi. Tarkibida setilmaleinatning trietanolammoniyli tuzi bo‘lgan fitotarkib uchun MTHlar ishlab chiqildi. Mazkur hujjatlar asosida HK «Drug –Tesh» tomonidan 3000 qadoqda mahsulot ishlab chiqarilgan (O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika sanoati  Davlat-Aksiyadorlik konsernining 15 oktyabr` 2014 yildagi  dalolatnomasi). Streptotsidning 10% li, mumiyoning 5% li surtmalari, murakkab tarkibli «Antipot» pastasi tarkibi va texnologiyalari  MChJ «Jasmin-fitofarma» amaliyotiga joriy qilingan. SFMlar va emul`sion asoslar ”O‘zfarmsanoat» korxonalarida XIIK «RADIKS» (1203/04-sonli 17 noyabr` 2014 yildagi xati) va QK «REMEDY GROUP» (1782-sonli 18 noyabr` 2014 yildagi xati) joriy qilingan (DAK «O‘zfarmsanoat»ning md-06/1952-sonli 19 noyabr` 2014 yildagi xati). Tadqiqot natijalari asosida streptotsidning 10 % li,  mumiyo 5 % li surtmalari, «Antipot» pastasi va fitotuzlarni yillik ishlab chiqarishdan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 190 million 120 ming so‘mni tashkil etadi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining d21-sonli 3 noyabr` 2014 yildagi ilmiy tadqiqot ishlarini amaliyotga tadbiqi bo‘yicha xulosasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish