Kultaeva Fazilat Baxtiyarovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “Surxondaryo viloyati ergonimlarining lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.3.PhD/Fil3709 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmaraimova Shoxista Tuxtashevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldosheva Nilufar Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor, Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo ergonimlarining lingvomadaniy xususiyatlarini tekshirish, ularning voqelanishida asos vazifasini o‘tagan lingvomadaniy integratsiyalarni aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ishning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek nazariy onomastikasida ergonimlar tasnifi nomukammalligi oydinlashtirilib, ergonim terminining lingvistik maqomi toponimik paradigmadagi urbanonim, oykomodonim, ktematonim, emporonim, reklama nomlari va firmonim terminlari bilan qiyosan ochib berilgan;
25676 ta ergonimik nomlardan inglizcha (3740 ta), ruscha (100), rus-ingliz (169) va o‘zga ajnabiy so‘zlar (28) bilan ifodalangani, fransuz, arab, lotin, yunon, ispan, fors-tojik lingvomadaniyatlari integratsiyasining o‘zbek ergonimlar derivatsiyasidagi o‘rni, onimlar yasalishida ortologik talablar, mazmuniy-shakliy muvofiqlik tamoyillari va yasalish jarayonlariga salbiy va ijobiy ta’siri yoritilgan;
qo‘llanishi yuqori chastotali qurilish, saxovat, ta’mir, savdo, ta’minot singari ergonimik “kalit so‘z”larning o‘zbek lingvomadaniyatiga xos milliy konseptlarni verballashtirishi, aksincha, star, lyuks, mega, grand, best o‘zlashma komponentlari o‘zga madaniyat konseptlari uchun “kalit so‘z” vazifasini bajarmasligi aniqlangan;
ergonim-replikalar, ergonim-grafiksatlar, ergonim-implikaturalarning Surxondaryo lingvomadaniy fonidagi ishtiroki va ulardagi G‘arb madaniyatiga xos axborotning mahalliy madaniy makonga ta’siri dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo ergonimlari lingvistik xususiyatlarining tasnifi, mazkur joy nomlarini lingvomadaniy kesimda o‘rganishga doir xulosalardan:
Surxondaryo ergonimlarining yuzaga kelishida turli tizimli tillar: ingliz, fransuz, arab, lotin, yunon, ispan, fors-tojik tillarining ishtiroki va ergonimlar voqelanishida asos vazifasini o‘tovchi madaniyatlar integratsiyasining o‘zbek so‘z yasalish qonuniyatlariga ta’siri, xususan, onimlar yasalishida ortologik talablar, mazmuniy-shakliy muvofiqlik tamoyillari hamda derivatsion jarayonlarga salbiy va ijobiy ta’siriga doir ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2020-2023-yilda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli «O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 1-fevraldagi № 04/1-404-son ma’lumotnomasi). Natijada onimlar yasalishida ortologik talablar, mazmuniy-shakliy muvofiqlik tamoyillari hamda derivatsion jarayonlarga salbiy va ijobiy ta’sirini yorituvchi ma’lumotlar, shuningdek, tadqiqot maqsadlaridan kelib chiqib, holatga doir metodik tavsiyalarning mukammallashuviga erishilgan;
ergonim-replika, ergonim-grafiksatlar, ergonim-implikaturalarning Surxondaryo ergonimikasidagi ishtiroki va ulardagi G‘arb madaniyatiga xos axborotning mahalliy madaniyat vakillariga ta’siri kabi masalalarni tahlil qilishga doir ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2019-2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli «O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 5-fevraldagi № 04/1-450-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili neyming nazariyasida ergonimlarni tasniflash, nomlarning o‘zga madaniyatlar bilan integratsiyasini izohlashga bag‘ishlangan nazariy ma’lumotlarning mukammallashuviga erishilgan.
Surxondaryo viloyati ergonimlari yasalishida turli tizimli tillar ishtirokining mazmuniy-shakliy muvofiqlikka salbiy-ijobiy ta’siri haqidagi ilmiy xulosalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Hamma uchun» ko‘rsatuvida foydalanildi («O‘zbekiston tarixi» teleradiokompaniyasining 2025-yil 6-fevraldagi 01-33/54 son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan.