Yunusxodjaev Zair Shakirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Er- xotin munosabatida rollar taqsimotining ijtimoiy psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P319.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Sohibjamol Norqobilovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanasirovna psixologiya fanlari doktori, professor; Ro‘ziqulov Faxriddin  Rasulovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Ma’mun universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turmush tajribasi turlicha bo‘lgan er-xotinlarda rollar taqsimotining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
juftliklarda turli hayotiy vaziyat hamda bir oila davridan ikkinchi oila yiliga o‘tishdagi stimuli vaziyatlar ta’sirida «o‘zini ayblash», «o‘ziga munosabat» kabi ko‘rsatkichlarda dinamik holatlar kuzatilishi natijasida shaxsning ehtiyojlar hamda motivatsion sohasidagi o‘zgarishlarning tub qadriyatlar bilan to‘qnashuvi va «o‘zini o‘zini aktuallashtirgan» holda realizatsiya qilish paytdagi «intim kechinmalari» oila siklida rollar taqsimotining ijtimoiy-psixologik sharti sifatida asoslangan;
oilaviy hayot dinamikasidagi «uyg‘unlik» faktori ta’sirida turli turmush tajribasiga ega oilalardagi juftliklarda «oiladan qoniqish» darajasi situation ko‘rinish olishi dalillangani holda rollar taqsimoti ritmikasida «oiladagi emotsional muhit», «intim sheriklik», «farzand tarbiyasi», «tashkiliy-madaniy orientatsiya» ko‘rsatkichlarida er-xotin rollarining teng ko‘rinish olishi aniqlangan;
turmush stajining ortib borishi hisobiga ayollarda rolli pozisiyalardan « uy bekasi», «bola tarbiyasi», «maishiy-xo‘jalik», erkaklarda «moddiy ta’minot», «jinsiy ittifoq», «emotsional muhit» richagini stabilizatsiya qilish roli harakatlar realizatsiyasida refleksiv tarzda yuzaga chiqishi isbotlangan;
oilaviy hayot sikli dinamikasidagi proporsionallik omili natijasida 1-5 yillik oilalarda «o‘zaro nazorat», «oilaning moddiy ta’minlashi», «jinsiy sheriklik», 6-10 yillik oilalarda «konfliktga kirishish», «muvaffaqiyat orientatsiyasi», «ekspressivlik», 11-15 yillik oilalarda «bola tarbiyasi», «uy sohibi va sohibasi», «oiladagi ichki madaniyatni uyushtirish» rollari konversatsiya qilingan holda namoyon bo‘lishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Er-xotin munosabatlarida rollar taqsimoti xususiyatlarini tadqiq etish orqali olingan natijalar asosida:
juftliklarda turli hayotiy vaziyat hamda bir oila davridan ikkinchi oila yiliga o‘tishdagi stimuli vaziyatlar ta’sirida «o‘zini ayblash», «o‘ziga munosabat» kabi ko‘rsatkichlarda dinamik holatlar kuzatilishi natijasida shaxsning ehtiyojlar hamda motivatsion sohasidagi o‘zgarishlarning tub qadriyatlar bilan to‘qnashuvi va «o‘zini o‘zini aktuallashtirgan» holda realizatsiya qilish paytdagi «intim kechinmalari» oila siklida rollar taqsimotining ijtimoiy-psixologik sharti sifatida asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-199-sonli buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-199-a-son ma’lumotnomasi). Natijada juftliklarda bir oila davridan ikkinichi oila yiliga o‘tishidagi stimuli vaziyatlar ta’sirida rollar taqsimoti dinamikasining ijtimoiy-psixologik omillarini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
oilaviy hayot dinamikasidagi «uyg‘unlik» faktori ta’sirida turli turmush tajribasiga ega oilalardagi juftliklarda «oiladan qoniqish» darajasi situation ko‘rinish olishi dalillangani holda rollar taqsimoti ritmikasida «oiladagi emotsional muhit», «intim sheriklik», «farzand tarbiyasi», «tashkiliy-madaniy orientatsiya» ko‘rsatkichlarida er-xotin rollarining teng ko‘rinish olishi aniqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-199-sonli buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-199-a-son ma’lumotnomasi). Natijada rollar taqsimlanish dinamikasidagi er-xotin rollarining tenglik prinsipida ustuvorlik qiluvchi umumiy rolli tuzilmalarni o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
turmush stajining ortib borishi hisobiga ayollarning rolli maqomlarida  «uy bekasi», «bola tarbiyasi», «maishiy-xo‘jalik», erkaklarning «moddiy ta’minot», «jinsiy ittifoq», «emotsional muhit» omillarini uyg'unlashtirish orqali harakatlarni refleksiv tarzda yuzaga chiqishi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-199-sonli buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-199-a-son ma’lumotnomasi). Natijada oiladagi rollar taqsimoti ritmikasida er va xotinlar rollari ijtimoiy psixologik determinantlarini tahlil qilish mezonlari ochib berilgan;
oilaviy hayot sikli dinamikasidagi proporsionallik omili natijasida 1-5 yillik oilalarda «o‘zaro nazorat», «oilaning moddiy ta’minlashi», «jinsiy sheriklik», 6-10 yillik oilalarda «nizoga kirishish», «muvaffaqiyat orientatsiyasi», «ekspressivlik», 11-15 yillik oilalarda «bola tarbiyasi», «uy sohibi va sohibasi», «oiladagi ichki madaniyatni uyushtirish» rollarini o‘zlashtirilganligi asosida namoyon bo‘lishi aniqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-sentyabrdagi PM-199-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 18-sentyabrdagi PM-199-a-son ma’lumotnomasi). Natijada turli turmush stajiga ega bo‘lgan oilalardagi rollar almashinuvi hamda taqsimlanishining psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda ustuvor rolli pozisiyalarni emperik tadqiq etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish