Abdieva Dilnavoz Akramovnaning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion-investision faoliyatdan samarali foydalanish asosida tarmoqning eksport salohiyatini oshirish metodologiyasini takomillashtirish (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi misolida)”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt316
Ilmiy maslahatchi: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tillyaxodjaev Muzaffarxodja Abdupattaxovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xakimov Ziyodulla Axmadovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion-investision faoliyatdan samarali foydalanish asosida tarmoqning eksport salohiyatini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsifdagi taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tikuvchilik korxonasida innovatsion-investision faoliyatdan samarali foydalanish asosida kiyimlar andozasini bichish jarayoniga oid xarajatlarni kamaytirish mezoni bo‘yicha maqsad funksiyasini L(x)=∑_(i=1)^n▒∑_(j=1)^m▒〖P_i*X_ij→min〗 darajasida belgilash orqali ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish va eksport bozori raqobatida ustunlikka erishish taklif etilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari eksport salohiyatidan foydalanish darajasini mezonlarga guruhlash vositasida ushbu oraliqlarda jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va ta’sir aloqalarini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
〖∆K〗_(KES.real )- korxona umumiy real eksport salohiyati va 〖∆K〗_(KES.foy.) - undan foydalanish darajasi integral ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari nisbiy qiymatlarini mezon sifatida qo‘llash asosida to‘qimachilik sanoati korxonalarining eksport strategiya variantlaridan muqobilini tanlash asoslangan;
«korxona eksport salohiyati» tushunchasi korxonaning eksport faoliyatida mavjud va istiqbolda ishga solinmagan imkoniyatlar majmuasini ifodalovchi yanada mukammal konseptual kategoriyaga aylantirilganligi uslubiy jihatdan asoslangan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining innovatsion-investision faoliyatini jadallashtirish asosida eksport hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tizimli tahlil qilish orqali 2030 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoatida innovatsion-investision faoliyatdan samarali foydalanish asosida eksport salohiyatini oshirish metodologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tikuvchilik korxonasida innovatsion-investision faoliyatdan samarali foydalanish asosida kiyimlar andozasini bichish jarayoniga oid xarajatlarni kamaytirish mezoni bo‘yicha maqsad funksiyasini L(x)=∑_(i=1)^n▒∑_(j=1)^m▒〖P_i*X_ij→min〗 darajasida belgilash orqali ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish va eksport bozori raqobatida ustunlikka erishish bo‘yicha takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarish va eksport faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 02 dekabrdagi 03/25-3242-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Full cotton” to‘qimachilik korxonasi mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 11,4 foizga kamaygan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari eksport salohiyatidan foydalanish darajasini mezonlarga guruhlash vositasida ushbu oraliqlarda jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va ta’sir aloqalarini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga doir taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish va eksport faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 02 dekabrdagi 03/25-3242-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qimachilik sanoati korxonalari eksport salohiyatidan foydalanish darajasini “yuqori” (0,41–0,50), “yaxshi” (0,31–0,40), “o‘rta” (0,21–0,30), “past” (0,11–0,20) va “juda past” (0,0–0,10) mezonlari bo‘yicha guruhlash asosida Buxoro, Andijon viloyatlari va Toshkent shahridagi 5 ta to‘qimachilik korxonasining eksport salohiyatidan foydalanish darajasi integral ko‘rsatkichi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan o‘rtacha 1,256 bandga oshishi ta’minlangan;
〖∆K〗_(KES.real )- korxona umumiy real eksport salohiyati va 〖∆K〗_(KES.foy.) - undan foydalanish darajasi integral ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari nisbiy qiymatlarini mezon sifatida qo‘llash asosida to‘qimachilik sanoati korxonalarining eksport strategiya variantlaridan muqobilini tanlash bo‘yicha takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarish va eksport faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 02 dekabrdagi 03/25-3242-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Betlis tekstil» to‘qimachilik korxonasi eksport hajmi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 8,7 foizga oshgan;
«korxona eksport salohiyati» tushunchasi korxonaning eksport faoliyatida mavjud va istiqbolda ishga solinmagan imkoniyatlar majmuasini ifodalovchi yanada mukammal konseptual kategoriyaga aylantirilganligi uslubiy jihatdan asoslanganligiga doir taklifi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Internet reklama” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2025 yil 30 martdagi 232-sonli buyrug‘i). Natijada, «korxona eksport salohiyati» tushunchasining yangi mazmunda kiritilishi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda bo‘lg‘usi mutaxassislarning korxona eksport salohiyati tizimi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining innovatsion-investision faoliyatini jadallashtirish asosida eksport hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tizimli tahlil qilish orqali 2030 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ssenariylariga doir taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 02 dekabrdagi 03/25-3242-son ma’lumotnomasi). Natijada, optimal ssenariyga ko‘ra, 95 foiz ehtimollik bilan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining eksport hajmi 2030 yilda 2023 yilga nisbatan umumiy 2,36 barobarga oshishi prognoz qilingan.