Umarov Shukurillo Xursanmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulhamid Keshiy ilmiy merosining VIII–IX asrlarda Movarounnahr hadis ilmi rivojidagi o‘rni”, 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik(tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar53
Ilmiy rahbar: Uvatov Ubaydullo Murodovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.26.04.2018.Isl/Tar/F/Fil.57.01.
Rasmiy opponentlar:Imomnazarov Muhammadjon Sultonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qoriev Odil Ahmadjonovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot:Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abdulhamid Keshiy ilmiy merosining VIII–IX asrlar Movarounnahr hadis ilmi rivojidagi ahamiyatini kompleks tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Imom Buxoriyning «Sahih al-Buxoriy», Imom Dorimiyning «Sunan ad-Dorimiy», Imom Muslimning «Sahih al-Muslim» va Imom Termiziyning «Sunan at-Termiziy» asarlarida Abdulhamid Keshiydan keltirilgan hadislar mavjudligi aniqlangan;
muhaddisning «Musnadi Abd» asari «as-Samoniya al-komilot» («Sakkiz mukammal musnad»)lardan biri hisoblanib, u Movarounnahr hadis ilmining shakllanishida fundamental manba ekanligi asoslangan;
tarixda Keshning «Ilm va adab gumbazi» deb e’tirof etilishida Abdulhamid Keshiyning hadis maktabi asos bo‘lgani isbotlangan;
muhaddisning «Qit’atu min tafsiri Abd ibn Humayd Keshiy» (قطعة من تفسير عبد بن حميد الكشي) asari qo‘lyozmasi, «Sulosiyotu Abd ibn Humayd Keshiy» (ثلاثيات عبد بن حميد الكشي) va «Musnadu Abd ibn Humayd» (مسند عبد بن حميد) asarlari qo‘lyozmasining kodikologiyasi va ularning hadis ilmi rivojidagi o‘rni dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abdulhamid Keshiy ilmiy merosining VIII–IX asrlarda Movarounnahr hadis ilmi rivojidagi o‘rnini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Movarounnahr hadis ilmi rivojiga munosib hissa qo‘shgan muhaddis Abdulhamid Keshiyning ilmiy merosining o‘rganilishi hamda Kesh shahrida faoliyat olib borgan allomalar hayoti va merosi tadqiq etilishiga oid, xulosalar I-2015-1-20 raqamli «O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi» mavzusidagi ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishida innovatsion davlat granti asosida tayyorlangan loyiha doirasida qirqta keshlik alloma haqidagi tarixiy ma’lumotlar ensiklopediyaga kiritilgan (Imom Buxoriy xalqaro markazining 2017 yil 14 noyabrdagi 1-03/129-son va O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yil 1 noyabrdagi 1726-son ma’lumotnomalari). Natijada kichik shahar sanalgan Keshning o‘zida qirqta muhaddis, faqih va allomalar yashab faoliyat olib borganligi aniqlanib, ularning ilmiy merosi o‘rganilgan;
dinlar va millatlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda bag‘rikenglik tamoyillari bo‘yicha islom manbalari, oyat va hadislar hamda muhaddisning ma’naviy merosi asosidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat va notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan belgilangan (2016–2017) «O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor» mavzusidagi davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2018 yil 28 fevraldagi 1192-son va 2018 yil 23 noyabrdagi 6357-son, Imom Buxoriy xalqaro markazining 2017 yil 14 noyabrdagi 01-03/129-son va O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yil 1 noyabrdagi 1726-son ma’lumotnomalari). Natijada dinlar va millatlar o‘rtasidagi munosabatlar manbalar asosida dalillanib, bag‘rikenglik haqida kelgan hadislar kitob-al`bomiga kiritilgan;
Movarounnahr hadis ilmi tarixi va o‘rta asrlarda yashagan muhaddislar hayoti faoliyati, ular o‘rtasidagi ilmiy munosabatlarning tadqiq etish natija va xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat va notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining (2017–2018) «Imom Buxoriy hayoti va ma’naviy merosi» mavzusidagi davlat ijtimoiy buyurtmasi loyhada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2018 yil 28 fevraldagi 1192-son va 2018 yil 23 noyabrdagi 6357-son, Imom Buxoriy xalqaro markazining 2017 yil 14 noyabrdagi 01-03/129-son va O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yil 1 noyabrdagi 1726-son ma’lumotnomalari). Natijada Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy va Abdulhamid Keshiylar o‘rtasidagi ilmiy aloqalar «Imom Buxoriy ta’rifi» kitobiga kiritilgan hamda hadislarning bolalar tarbiyasidagi ahamiyati keng yoritib berilgan;
Keshning o‘rta asrdagi tarixi, madaniy hayoti va vohadan etishib chiqqan allomalarning hayoti va ilmiy merosini o‘rganishga oid va xulosalaridan hamda «Islom madaniyati markazi» konsepsiyasini ishlab chiqishda keshlik allomalar hayoti va ilmiy merosiga oid ko‘rgazma tashkil etish hamda turli tarixiy ma’lumotlar bilan boyitishda dissertatsiya ishidan to‘liq foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2018 yil 28 fevraldagi 1192-son va 2018 yil 23 noyabrdagi 6357-son ma’lumotnomalari). Natijada «O‘rta asrlarda yashagan keshlik allomalar», «Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi» kitoblari hamda «Musnadi Abd» asarining qo‘lyozma nusxasi mo‘lyaji Shahrisabz shahridagi Amir Temur davlat muzeyining ilmiy mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Movarounnahr hadis ilmi tarixi va Abdulhamid Keshiyning ilmiy merosini tadqiq etish asosida olingan ilmiy-tarixiy ma’lumotlar, xulosa va natijalardan O‘zbekiston teleradio ko‘rsatuvlari «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Buyuk muhaddislar merosida ijtimoiy-axloqiy masalalar» mavzusidagi «Akademik soat» ko‘rsatuvida va 2017 yil 13 noyabr` kuni Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi haqida «Buyuk ajdodlarimiz» turkum ko‘rsatuvida hamda 2018 yil 24 yanvar` kuni «O‘zbekiston» telekanali orqali efirga uzatilgan «Ziyo» ma’rifiy ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalangan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining 2017 yil 29 dekabrdagi 01-17/897-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2018 yil 12 fevral` 15-son ma’lumotnomalari). Natijada yurtimizdan etishib chiqqan allomalar merosi va hayotiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv tayyorlanib, efirga uzatilgan;
muhaddisning «Musnadi Abd» asarida keltirilgan hadislar asosida islomning asl ezgu mohiyatini tushuntirish, bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib etish, turli din vakillari va umummilliy qadriyatlarni e’zozlash hamda islom dini niqobi ostida faoliyat olib boruvchi har xil buzg‘unchi oqimlarga qarshi ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 26 fevraldagi 08/09-311-son, O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligi o‘z-o‘zini boshqarish organlari xodimlarini malakasini oshirish o‘quv kursining 2017 yil 24 oktyabrdagi 76-son, Imom Buxoriy xalqaro markazining 2017 yil 14 noyabrdagi 01-03/129-son va O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yil 1 noyabrdagi 1726-son ma’lumotnomalari). Natijada respublikamiz aholisining dislom dini qadriyatlariga bo‘lgan duyoqarashlarning yanada kengayishiga xizmat qilgan.