Mavlyanov Alisher Muxammatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: To‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Andijon viloyati misolida), 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt3111.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maraimova Umida Ismailjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar iqtisodiyot fanlari doktori, professor Maxmudov Odiljon Xolmirzaevich; iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent Turg‘unov Muxriddin Mo‘ydinjon o‘g‘lilar.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  mahalla institutlari boshqaruv mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalariga xom ashyo etkazib beruvchilarning moliyaviy barqarorligiga erishish hisobiga ishlab chiqarish uzlyuksizligini taʼminlashda paxta xom ashyosini etishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni hosil yilining yakuniga qadar qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 4 foizlik punktini subsidiya sifatida qaytarib berish tartibini joriy etish taklifi asoslangan; 
ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy qilish hamda xalqaro brendlarni jalb qilish orqali to‘qimachilik tarmogʻida  tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksportda ulushini oshirish asosida korxonalar boshqaruvi iqtisodiy mexanizmini faollashtirish asoslangan; 
to‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsiyalardan maksimal foydalanish hamda tashkiliy-iqtisodiy boshqaruvning innovatsion samaradorligini oshirish maqsadida “Innovatsiyalar – izlanish va rivojlanish markazi (I-R&D)”ni tashkil etish taklif etilgan; 
to‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion boshqaruvniga ta’sir etuvchi ajratilgan innovatsiyalar hajmi taqsimotiga ko‘ra to‘qimachilik sanoati innovatsion ajratma ko‘rsatkichining 2030-yillarga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
to‘qimachilik korxonalariga xom ashyo etkazib beruvchilarning moliyaviy barqarorligiga erishish hisobiga ishlab chiqarish uzlyuksizligini taʼminlashda paxta xom ashyosini etishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni hosil yilining yakuniga qadar qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 4 foizlik punktini subsidiya sifatida qaytarib berish tartibini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “Paxta xom ashyosini etishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-7-sonli Farmonida qoʻyilgan vazifalarni echishga qaratilgan. Taklifni joriy etish natijasida Andijon viloyati to‘qimachilik korxonalariga xom ashyo etkazib beruvchilar tomonidan paxta xom ashyosini etishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish asosida xom ashyoni chegirilgan narxlarda, sifatli va o‘z vaqtida etkazilishi natijasida ishlab chiqarish xajmini ortish imkoniyatlari yaratilgan. 
ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy qilish hamda xalqaro brendlarni jalb qilish orqali to‘qimachilik tarmogʻida  tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksportda ulushini oshirish asosida korxonalar boshqaruvi iqtisodiy mexanizmini faollashtirish asoslangan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-yanvardagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6-son Farmonida qoʻyilgan vazifalarni echishga qaratilgan. Taklifni joriy etish asosida tadqiqot olib borilgan obekt korxonalarga ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy qilish hamda xalqaro brendlarni jalb qilish orqali korxonalarda eksport ulishini keskin oshirishga doir chora-tadbirlar rejasiga asoslangan boshqaruvning iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqishga erishilgan. 
to‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsiyalardan maksimal foydalanish hamda tashkiliy-iqtisodiy boshqaruvning innovatsion samaradorligini oshirish maqsadida “Innovatsiyalar – izlanish va rivojlanish markazi (I-R&D)”ni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi ““O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-sonli Qarori qoʻyilgan vazifalarni echishga qaratilgan. Taklifni joriy etish natijasida korxona uchun innovatsion loyihalar ishlab chiqish, intelektual salohiyatni oshirish, boshqaruvda tashqi va ichki imkoniyatlardan maksimal foydalanish, innovatsiyalarni korxonada ko‘llash va takomillashtirib borish asosida tashkiliy-iqtisodiy boshqaruvning innovatsion samaradorligi natijalari hamda maqsadlarning amaldagi natijadorligi yaxshilanishiga erishilgan.
to‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion boshqaruvniga ta’sir etuvchi ajratilgan innovatsiyalar hajmi taqsimotiga ko‘ra to‘qimachilik sanoati innovatsion ajratma ko‘rsatkichining 2030-yillarga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. Taklifni joriy etish natijasida optimistik ssenariyga ko‘ra prognoz qilinayotgan davrda amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijalariga ko‘ra, 2024-2030 yillarda “Milana” MChJning innovatsiyalar orqali olinadigan foyda oshirilgan taqdirda, 2030-yilga borib 2024-yilga nisbatan qariyb 135,8 % oshishi ehtimoli, “Milana” MChJning innovatsiyalar orqali olinadigan foyda oshirilgan taqdirda, 2030-yilga borib 2024-yilga nisbatan qariyb  289.4 % oshishi ehtimoli mavjud ekanligi aniqlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish