To‘rabaeva Ziyoda Yakubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voyaga etmagan shaxslarni jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish institutini takomillashtirish”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu444.
Ilmiy rahbar: Abdurasulova Qumrinisa Raimqulovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03. 
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Suyunova Dilbar Joldasbaevna; yuridik fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent Umirzakov Begzod Ataboevich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi voyaga etmaganlarni jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish institutiga oid jinοyat qοnunchiligi normalarini takοmillashtirish va mazkur sοhada sud amaliyoti samaradοrligini οshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan ibοrat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ijtimoiy xavfi katta boʼlmagan jinoyatni sodir qilgan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir qilgan voyaga etmagan shaxs, agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini eʼtiborga olib, uni jazo qo‘llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelinganligi sababli voyaga etmagan shaxs javobgarlikdan ozod qilinib, ish bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyada ko‘rishga topshirilishi lozimligi asoslangan;
og‘ir jinoyatni birinchi marta sodir qilgan yoki uncha og‘ir boʼlmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga etmagan shaxs qilmishning xususiyati, aybdorning shaxsiga oid holat inobatga olinishi zarurati mavjudligi sababli sud jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi shartligi asoslangan;
voyaga etmagan shaxslarni javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish asoslarini kengaytirish zarurati mavjudligi sababli “o‘quv muassasasiga muntazam qatnash majburiyati”, “muayyan reabilitatsiya va maslahat dasturlariga qatnash”, “muayyan joylarga bormaslik”, “muayyan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik”, “muayyan buyumlarga ega bo‘lmaslik yoki ularni o‘zida saqlamaslik”, “aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik” kabi majburlov choralari turlarini joriy etish lozimligi asoslangan;
voyaga etmaganlarga tayinlanadigan jinoiy jazolar muddati va miqdori nisbatan engilligi sababli ularga jazo tayinlashda JK 57-moddasini umumiy asoslarda qo‘llashga ehtiyoj mavjud bo‘lmasligi, biroq JK Maxsus qism moddasida nazarda tutilmagan engilroq jazo tayinlashda JK 57-moddasi qo‘llanilishi istisno etilmasligi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Voyaga etmagan shaxslarni jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish institutini tadqiq etish natijalari asosida:
JK 87-modda 1-qismiga muvofiq ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni sodir qilgan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir qilgan voyaga etmagan shaxs, agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini eʼtiborga olib, uni jazo qo‘llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelinsa, javobgarlikdan ozod qilinib, ish voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyada ko‘rishga topshirilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3723-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilayotgan Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 27-dekabrdagi 27/2-360-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga etmagan shaxsni ham javobgarlikdan ozod qilishga xizmat qilgan;
JK 87-modda 2-qismiga muvofiq og‘ir jinoyatni birinchi marta sodir qilgan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga etmagan shaxsni, mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sud jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi shartligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3723-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilayotgan Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 27-dekabrdagi 27/2-360-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sudlarga og‘ir jinoyatni birinchi marta sodir qilgan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga etmagan shaxsni jazodan ozod qilish imkonini berishga xizmat qilgan;
JK 88-moddadagi majburlov choralariga quyidagi yangi turlari bilan to‘ldirish lozimligi, jumladan quyidagi: o‘quv muassasasiga muntazam qatnash majburiyati; 5) muayyan reabilitatsiya va maslahat dasturlariga qatnash; muayyan joylarga bormaslik; muayyan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik; muayyan buyumlarga ega bo‘lmaslik yoki ularni o‘zida saqlamaslik; aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik turlarini kiritish, shuningdek bir vaqtning o‘zida mazkur moddada nazarda tutilgan majburlov choralaridan biri yoki bir nechtasi qo‘llanilishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3723-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilayotgan Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 27-dekabrdagi 27/2-360-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Pekin qoidalarining 17-moddasida belgilangan ko‘rsatmalarga to‘g‘ri amal qilinishiga xizmat qilgan;
voyaga etmaganlarga nisbatan jazo tayinlayotganda JK 82-86-moddalari talablaridan kelib chiqish lozim bo‘lib, bunda JK 57-moddasini qo‘llash talab etilmasligi, voyaga etmaganlarga tayinlanadigan jazolar engil bo‘lib, JK 57-moddasini umumiy asoslarda qo‘llashga ehtiyoj qolmasligi, lekin maxsus qism moddasida nazarda tutilmagan engilroq jazoni qo‘llamoqchi bo‘lsa, sudlar ushbu moddani qo‘llashi bundan mustasno ekanligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Voyaga etmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarorning 10-bandida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 30-sentyabrdagi 23-03-718-24-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif voyaga etmaganlarga nafaqat ozodlikdan mahrum qilish jazosi, balki boshqa jazo choralarini, ya’ni JK 82-86-moddalarni qo‘llashda ham engilroq jazo tayinlash qoidalarini to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish