Matmusaev Ma’ruf Maxsudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kraniofaringiomalarning qiyosiy tahlili va jarrohlik davolash taktikasini tanlash», 14.00.28- Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.2.PhD/Tib2551.
Ilmiy raxbar: Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01
Rasmiy opponentlar: Shodiev Amirkul Shodievich, tibbiyot fanlari doktori; Xolikova Adliya Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi optimal jarrohlik usulini tanlash orqali kraniofaringioma bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kraniofaringiomaning intra, suprasellar joylashuvida kengaytirilgan endoskopik transnazal transsfenoidal yondashuv; retroxiazmatik yoki retroinfundibulyar joylashuvda esa, egar suyanchig‘i (dorsum sallae) rezeksiyasi va orqa klinoidektomiya amalga oshirilishi kerakligi isbotlangan;
lateral tarqalgan va gidrotsefaliya bilan asoratlangan kistoz kraniofaringiomalarda ikki bosqichli kombinirlangan (1-bosqich-transventrikulyar kista fenestratsiyasi, 2-bosqich- kengaytirilgan endoskopik transnazal transsfenoidal yondashuv) jarrohlik aralashuvlarining samaradorligi asoslangan;
yuqori gipofiz arteriyasining infundibulyar tarmog‘ini shikastlanishi natijasida pangipopituitarizm rivojlanish ehtimoli bo‘yicha uning morfofunksional ahamiyati isbotlangan;
kengaytirilgan transsfenoidal yondashuvda ishlab chiqilgan duroplastika usulining jarrohlikdan keyingi nazal likvoreya rivojlanishi kamayishiga bevosita bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha 2025 yil 15 fevraldagi 12/60-son xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: kraniofaringiomaning intra, suprasellar joylashuvida kengaytirilgan endoskopik transnazal transsfenoidal yondashuv; retroxiazmatik yoki retroinfundibulyar joylashuvda esa, egar suyanchig‘i (dorsum sallae) rezeksiyasi va orqa klinoidektomiya amalga oshirilishi kerakligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kraniofaringiomaning anatomik joylashuvi va tarqalishiga asoslangan holda jarrohlik yondashuvni tanlash, uning rezeksiyasi uchun optimal jarrohlik davolash taktikasini tanlash va xavsiz rezeksiya qilish imkonini berishi bilan asoslanadi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2023 yil 23 avgustdagi 302-sonli buyruq, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiĭ-amaliĭ tibbiët markazi Buxoro filialiga 2023 yil 26 sentyabrdagi 01/294-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish kraniofaringioma bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon yaratdi, o‘smani xavfsiz va total olib tashlash, nogironlik, o‘limni kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: kraniofaringiomalarda jarrohlik yondashuvni tanlash algoritmi qo‘llash orqali jarrohlikdan keyingi asoratlar sonini kamaytirish hisobiga bemorlarning shifoxonada o‘rtacha yotish muddati 3–5 kungacha qisqartirildi, og‘ir endokrin etishmovchiligi va ko‘rish buzilishlari xavfining pasayishi esa bemorlarning erta reabilitatsiyasi va mehnat faoliyatiga qaytishiga ko‘maklashdi, bu esa o‘z navbatida, uzoq muddatli reabilitatsiya, gormonal o‘rinbosar terapiya, dori-darmon ta’minoti va nogironlik holatidagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xarajatlarini kamaytirdi. Xulosa: kraniofaringiomalarda jarrohlik yondashuv taktikasini tanlash ilmiy asoslangan, individual yondashuvni ta’minladi, asoratlar xavfini kamaytirdi, uzoq muddatli natijalarni yaxshiladi va asorat bilan bog‘liq sarf xarajatlarni kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: lateral tarqalgan va gidrotsefaliya bilan asoratlangan kistoz kraniofaringiomalarda ikki bosqichli kombinirlangan (1-bosqich-transventrikulyar kista fenestratsiyasi, 2-bosqich- kengaytirilgan endoskopik transnazal transsfenoidal yondashuv) jarrohlik aralashuvlarining samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: gidrotsefaliya bilan asoratlangan kistoz kraniofaringiomalarda taklif etilgan bosqichma-bosqich yondashuv nafaqat hayot uchun xavfli asoratlar yuzaga kelishining oldini olishga, balki o‘smaning hajmini kamaytirish, kapsulasini pastga tushirish va gipotalamus hamda boshqa hayotiy muhim tuzilmalarning shikastlanish xavfini kamaytirish orqali uni xavfsiz olib tashlanishi va davolash natijalarini yaxshilashi isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2023 yil 23 avgustdagi 302-sonli buyruq, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiĭ-amaliĭ tibbiët markazi Buxoro filialiga 2023 yil 26 sentyabrdagi 01/294-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish gidrotsefaliya bilan asoratlangan kistoz kraniofaringiomalarda, kista aspiratsiyasi gidrotsefaliya simptomlarini bartaraf etishda, o‘sma kapsulasining gipotalamik tuzilmalardan bosqichma-bosqich ajralishiga, o‘sma kapsulasini pastga tushirishga imkon beradi, bu gipotalamus bilan bog‘liq buzilishlar xavfini kamaytiradi va o‘smaning sellar-suprasellar qismini kengaytirilgan endoskopik transnazal transsfenoidal yondashuv orqali olib tashlashni osonlashtirdi, bu esa o‘z navbatida bemorlarning nogironlik darajasini pasaytirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: gidrotsefaliya bilan asoratlangan kistoz kraniofaringiomalarda bosqichma-bosqich jarrohlik yondashuvni qo‘llanishi shifoxonada yotish muddatlarini qisqartirish, asoratlarni davolashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish va reabilitatsiya davrini tezlashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: obstruktiv gidrotsefaliya bilan kechuvchi kistoz kraniofaringiomalarni davolashda bosqichma-bosqich jarrohlik yondashuvni joriy etish klinik samaradorlikni oshirish, asoratlar sonini kamaytirish, nogironlik darajasini pasaytirish va sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy foyda ta’minlash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: yuqori gipofiz arteriyasining infundibulyar tarmog‘ini shikastlanishi natijasida pangipopituitarizm rivojlanish ehtimoli bo‘yicha uning morfofunksional ahamiyati ilmiy isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qiyosiy tahlil va laboratoriya hulosalari asosida jarrohlikdan keyingi pangipopituitarizmning oldini olish maqsadida yuqori gipofiz arteriyasining infundibulyar tarmog‘ini saqlab qolish zaruryati isbotlangan, va, shunga mos ravishda, jarrohlikdan keyingi gormon o‘rnini bosuvchi preparatlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2023 yil 23 avgustdagi 302-sonli buyruq, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiĭ-amaliĭ tibbiët markazi Buxoro filialiga 2023 yil 26 sentyabrdagi 01/294-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: infundibulyar tarmoq saqlab qolingan 18 nafar bemordan 13 nafarida (72,2%) pangipopituitarizm rivojlanmagan (r<0,05), holbuki ushbu tarmoq shikastlangan 10 nafar bemorning barchasida (100%) pangipopituitarizm kuzatilgan. Endokrin funksiyalarning saqlanishi bemorlarning umrbod gormon o‘rnini bosuvchi preparatlarga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi, hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: endokrin funksiyani saqlab qolinishi bemorlarning uzoq muddatli davolashda va reabilitatsiya qilishga ketadigan xarajatlarni, shuningdek, tibbiy va ijtimoiy xarajatlarni kamaytirdi. Xulosa: kraniofaringioma rezeksiyasida yuqori gipofiz arteriyasining infundibulyar tarmog‘ini saqlab qolish pangipopituitarizm rivojlanishi xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi va tibbiy hamda ijtimoiy xarajatlarni keskin qisqartirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kengaytirilgan transsfenoidal yondashuvda ishlab chiqilgan duroplastika usulining jarrohlikdan keyingi nazal likvoreya rivojlanishi kamayishiga bevosita bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: endoskopik transsfenoidal jarrohlikda, jarrohlik yondashuvining turi va miya qattiq pardasi nuqsonlarining o‘lchamlarini hisobga olgan holda bosh suyagi asosini rekonstruksiya qilish algoritmi ishlab chiqilgan. Standart transsfenoidal yondashuvlarda gipofiz adenomasi rezeksiyasidan so‘ng, miya qattiq pardasi bemorning qorin teri osti sohasidan olingan yog‘ bo‘lagini (yoki kollagen matriks) 2 yoki 3 ta choklar bilan fiksatsiya qilishdan iborat. Kengaytirilgan endoskopik transsfenoidal yondashuvda, kraniofaringiomalar rezeksiyasidan so‘ng, 5 mm dan oshmaydigan miya qattiq pardasi nuqsonlarda qorin teri osti sohasidan olingan yog‘ bo‘lagini (yoki kollagen matriks) uzluksiz choklar, “poyabzal bog‘i (shoelace)” usulida tikish, agar nuqson 5 mm dan katta bo‘lsa, fassiya (qorin to‘g‘ri mushagi yoki son fassiyasi) orqali uzluksiz tikish tavsiya etilgan. Miya qattiq pardasi tikilishi qo‘shimcha protseduralarga bo‘lgan ehtiyojni, lyumbal drenajlash yoki nazoseptal flapdan foydalanish ehtiyojini kamaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: dissertatsiya ishining olingan natijalari sog‘liqni saqlash muassalari amaliyotiga, xususan, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2023 yil 23 avgustdagi 302-sonli buyruq, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiĭ-amaliĭ tibbiët markazi Buxoro filialiga 2023 yil 26 sentyabrdagi 01/294-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: endoskopik transsfenoidal jarrohlikdan keyin taklif etilgan bosh suyagi asosini rekonstruksiya qilish algoritmini qo‘llash orqali jarrohlikdan keyingi nazal likvoreya va u bilan bog‘liq asoratlar sonining kamayishiga, tibbiy yordam sifati oshishiga, reabilitatsiya muddatining qisqarishiga va bemorlar hayot sifati yaxshilanishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: jarrohlikdan keyingi nazal likvoreya va u bilan bog‘liq infeksion asoratlarni oldini olish, shifoxonada yotish muddatining qisqarishi va asoratlarni davolashga ketadigan xarajatlarning kamaytirish imkonini yaratdi. Xulosa: endoskopik transsfenoidal jarrohlikdan keyin bosh suyagi asosini rekonstruksiya qilish algoritmi davolash natijalarini yaxshilaydi, nazal likvoreya va u bilan bog‘liq asoratlar sonini kamaytiradi.