Buriev Xusain Xamrokulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Epidemiologik noqulay vaziyatda rivojlanmay qolgan homiladorlikni bashoratlash», 14.00.01– «Akusherlik va ginekologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3261.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/07.06.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Axmadjonova Gulnoza Murodovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Karimova Feruza Javdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 pandemiyasi sharoitida rivojlanmay qolgan homiladorlikning xavf omillarini o‘rganish va bashoratlash asosida ayollarning pregravidar tayyorgarlik taktikasi va gestatsion davrdagi asoratlar profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor epidemiologik noqulay vaziyatda rivojlanmay qolgan homiladorlik kelib chiqishining xavf omillari (gemostaz tizimidagi buzilishlar, immun tizimidagi o‘zgarishlar, vitamin D va mikroelementlar sink, kal`siy, magniy defisiti) aniqlangan;
COVID-19 bilan kasallangan va rivojlanmay qolgan homiladorlik mavjud ayollarda D vitamini tanqisligi va etishmovchiligini uchrash hollari taqqoslash guruhiga nisbatan 3,2 marotaba yuqori bo‘lganligi (r<0,05), xamda ularda sink miqdori o‘rtacha 3,69 mkmol`/lni, magniy 0,73 mmol`/lni, kal`siy 1,86 mmol`/lni tashkil qilib, nazorat guruhiga nisbatan ancha past ekanligi aniqlangan xamda mikronutrientlarning homiladorlikning fiziologik kechishidagi muhimligi asoslangan;
COVID-19ni o‘tkazgandan keyin rivojlanmagan xomiladorlik kuzatilgan ayollarda gemostaz tizimi parametrlaridagi buzilishlar (qonni ivishi va protrombin vaqti, MNO, AChTV, D-dimer, fibrinogen va trombotsitlar miqdori) aniqlangan;
ilk bor epidemiologik noqulay vaziyatlarda rivojlanmay qolgan homiladorlikni bashorat qilish va oldini olishda qo‘llaniladigan, o‘z ichiga D vitamini va mikronutrientlar etishmasligini, xamda gemostaz tizimidagi buzilishlarni bartaraf etishni qamrab olgan dastur ishlab chiqilgan va uning yuqori samaradorligi (sezuvchanligi 83,8%, spesifikligi - 82,5%) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Epidemiologik noqulay vaziyatda rivojlanmay qolgan homiladorlikni bashoratlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor epidemiologik noqulay vaziyatda rivojlanmay qolgan homiladorlik kelib chiqishining xavf omillari (gemostaz tizimidagi buzilishlar, immun tizimidagi o‘zgarishlar, vitamin D va mikroelementlar sink, kal`siy, magniy defisiti) aniqlangan va ular buyicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteting 2024 yil 29 maydagi markaziy uslubiy kengashining 10-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan “Epidemiologik noqulay vaziyatda rivojlanmay qolgan xomiladorlikni bashoratlash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali 2024 yil 9 iyundagi 44-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali 2024 yil 3 iyundagi 97-U sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi 2024 yil 18 iyuldagi 68/S-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabr` 10/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: rivojlanmagan xomiladorlikning xavf omillarini va keltib chikaradigan sabablarini o‘z vaqtida erta aniklash, keyingi xomiladorlikda xomilani rivojlanmay kolinishini oldini olishga imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: rivojlanmagan xomiladorlikning kaytalanishini oldini olish natijasida ayollarda chuqur laborator va instrumental tekshirishlar o‘tkazilishiga talab bo‘lmaganligi natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1440000 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallangan va rivojlanmay qolgan homiladorlik mavjud ayollarda D vitamini tanqisligi va etishmovchiligini uchrash hollari taqqoslash guruhiga nisbatan 3,2 marotaba yuqori bo‘lganligi (r<0,05), xamda ularda sink miqdori o‘rtacha 3,69 mkmol`/lni, magniy 0,73 mmol`/lni, kal`siy 1,86 mmol`/lni tashkil qilib, nazorat guruhiga nisbatan ancha past ekanligi aniqlangan xamda mikronutrientlarning homiladorlikning fiziologik kechishidagi muhimligi asoslangan va ular buyicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteting 2024 yil 29 maydagi markaziy uslubiy kengashining 10-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan “Epidemiologik noqulay vaziyatda rivojlanmay qolgan xomiladorlikni bashoratlash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali 2024 yil 9 iyundagi 44-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali 2024 yil 3 iyundagi 97-U sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi 2024 yil 18 iyuldagi 68/S-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabr` 10/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan va rivojlanmay qolgan homiladorlik mavjud ayollarda D vitamini va mikronutrientlar miqdorini aniqlash xomilaning kayta rivojlanmay kolishini oldini olishga qaratilgan davolash chora-tadbirlari taktikasini belgilashga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: rivojlanmagan homiladorligi bo‘lgan ayollarda xomiladorlikni kayta rivojlanmay qolishini oldini olish natijasida statsionar davolanish xarajatlarini kamaytirish va 210000 ming so‘m miqdorida davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
uchunchi ilmiy yangilik: COVID-19ni o‘tkazgandan keyin rivojlanmagan xomiladorlik kuzatilgan ayollarda gemostaz tizimi parametrlaridagi buzilishlar (qonni ivishi va protrombin vaqti, MNO, AChTV, D-dimer, fibrinogen va trombotsitlar miqdori) aniqlangan va ular buyicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteting 2024 yil 29 maydagi markaziy uslubiy kengashining 10-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan “Epidemiologik noqulay vaziyatda rivojlanmay qolgan xomiladorlikni bashoratlash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali 2024 yil 9 iyundagi 44-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali 2024 yil 3 iyundagi 97-U sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi 2024 yil 18 iyuldagi 68/S-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabr` 10/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Olingan natijalar epidemiologik noqulay vaziyatda ayolarda takroriy rivojlanmagan xomiladorlikning rivojlanishini bashoratlashda shaxsiy yondashuvni qo‘llashga, profilaktik va davolash tadbirlarini olib borishning eng maqbul usullarini aniqlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ayollarda rivojlanmagan xomiladorlikning qayta yuzaga kelishining oldini olish natijasida statsionar va ambulator davolanish xarajatlarini kamaytirish natijasida bitta bemor uchun 1 650000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
turtinchi ilmiy yangilik: ilk bor epidemiologik noqulay vaziyatlarda rivojlanmay qolgan homiladorlikni bashorat qilish va oldini olishda qo‘llaniladigan, o‘z ichiga D vitamini va mikronutrientlar etishmasligini, xamda gemostaz tizimidagi buzilishlarni bartaraf etishni qamrab olgan dastur ishlab chiqilgan va uning yuqori samaradorligi (sezuvchanligi 83,8%, spesifikligi - 82,5%) isbotlangan va ular buyicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteting 2024 yil 29 maydagi markaziy uslubiy kengashining 10-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan “Epidemiologik noqulay vaziyatda rivojlanmay qolgan xomiladorlikni bashoratlash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali 2024 yil 9 iyundagi 44-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali 2024 yil 3 iyundagi 97-U sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi 2024 yil 18 iyuldagi 68/S-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabr` 10/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: rivojlanmagan xomiladorlik bo‘lgan ayollarda takroriy rivojlanmagan xomiladorlik rivojlanishini bashorat qilish, ayollarda ushbu holatlarning shakllanishi va kaytalanishini oldini olish, ayollarni keyingi xomiladorlikga prekonsepsion tayyorgarlik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish natijasida keyingi homiladorlik natijalarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ayollarda rivojlanmagan xomiladorlik qayta yuzaga kelishining oldini olish natijasida ambulator va statsionar davolanish xarajatlarini kamaytirish va byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.