Tastanova Gulchehra Eshtaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yo‘ldosh qon tomirlari va to‘qima strukturalarining fiziologik va asoratlangan gestatsiya davrida morfologik holati», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Tib32.
Ilmiy maslahatchi: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Azizova Feruza Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Baxrom Sabirjanevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Stel`nikova Irina Gennad`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keng qamrovli morfologik o‘rganish asosida, fiziologik va asoratlangan homiladorlik davrida ona-yo‘ldosh-homila funksional tizimini shakllantirish jarayonida yo‘ldosh to‘qima tuzilmalari va qon tomirlarning o‘zgarish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yo‘ldoshning qon tomir-stromal tarkibiy qismlarining struktur-funksional o‘zgaruvchanligini, ularning fiziologik va asoratlangan homiladorlik davrining II va III trimestrlarida ona-yo‘ldosh-homila funksional tizimini shakllantirishdagi munosabatlarini qiyosiy baholash asosida yo‘ldosh qon tomir tizimi hajm-ulush nisbatlarining stereomorfometrik va kindikning gisteometrik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor kindik ildizining birikish joyiga qarab dixotomik va monopodial tarmoqlar bilan ifodalanadigan yo‘ldoshning xorion plastinkasining fetoplatsentar qon-tomir kompleksi struktur tuzilishi tavsiflanib, tomirlarning dixotom tarmoqlanishi kindik ildizining markaziy birikishi fetoplatsentar qon oqimi perfuziyasining fiziologik ko‘rsatkichlariga imkon qadar yaqin, monopodial tarmoqlanish esa kindik ildizinining chekka birikishiga xos bo‘lib, funksional ravishda kotiledonlarni qon bilan ta’minlash etishmasligida adaptatsion jarayon sifatida asoslangan;
yo‘ldosh va kindik qon tomir-stromal komponentlarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini o‘zgarish dinamikasi aniqlanib, yo‘ldosh etishmovchiligining rivojlanishida sinsitiokapillyar membranalarning qalinlashish fonida turli generatsiyadagi so‘rg‘ichlarda qon tomirlar umumiy soni va zichligi xamda terminal so‘rg‘ichlarning soni sezilarli darajada kamayishi asoslangan;
onaning qon tomir mal`perfuziya asosida turli generatsiyadagi  so‘rg‘ichlarning dissotsiatsiyalangan rivojlanishi, terminal so‘rg‘ichlar gipoplaziyasi, tomirsiz so‘rg‘ichlar sonining ko‘payishi, morfometrik jihatdan yo‘ldosh umumiy og‘irligining 25,6% gacha pasayishi bilan tavsiflanib, yo‘ldosh etishmovchiligida aniqlangan kindik arteriyalari va tomirlari diametrining morfometrik o‘zgarishlari kindik arteriyalari o‘rtasida Xirtle anastomozining shakllanishi, afunksional kotiledonlarning paydo bo‘lishi hamda yo‘ldosh stromasidagi qon tomirlarning dixotomik tarmoqlanishi monopodialga o‘zgarishi isbotlangan;
asoratlangan gestatsiya davrida VEGF-A va PlGF omillarning ekspressiyasini sezilarli darajada buzilishi kuzatiladi, bu esa o‘z navbatida endotelin-1 va NO induksiyasiga olib keladi, shuningdek bu angiogen omillarning nomutanosibligi so‘rg‘ichli xorion angioarxitektonikasining tuzilishi va ona qon aylanishining transplatsentar diffuziyasini tartibga solish kompensator mexanizmlarining buzilishiga sabab bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yo‘ldosh qon tomirlari va to‘qima strukturalarining fiziologik va asoratlangan gestatsiya davrida morfologik holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor yo‘ldoshning qon tomir-stromal tarkibiy qismlarining struktur-funksional o‘zgaruvchanligini, ularning fiziologik va asoratlangan homiladorlik davrining II va III trimestrlarida ona-yo‘ldosh-homila funksional tizimini shakllantirishdagi munosabatlarini qiyosiy baholash asosida yo‘ldosh qon tomir tizimi hajm-ulush nisbatlarining stereomorfometrik va kindikning gisteometrik ko‘rsatkichlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 24 avgustda 1-son bilan tasdiqlangan «Metod opredeleniya morfologicheskix izmeneniy pupovini pri beremennosti, otyagoshhennoy fetoplatsentarnoy nedostatochnost`yu», «Fetoplatsentar etishmovchiligining rivojlanishi va uning retrospektiv (tug‘ruqdan keyingi) tashxislash usullarini morfologik asoslari» va «Metod provedeniya kompleksnogo morfologicheskogo issledovaniya platsenti i ee proizvodnix pri fiziologicheskoy i oslojnennoy beremennosti» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 31.10.2024 yildagi 178-son hamda Toshkent shahar patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 27.09.2024 yildagi 89-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yo‘ldoshning qon tomir-stromal tarkibiy qismlarini kompleks o‘rganish, fetoplatsentar etishmovchilikning ilmiy asoslangan prognozlarini aniqlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan ma’lum bir byudjet mablag‘lari fiziologik va asoratlangan homiladorlik davrida II va III trimestrlarida ona-yo‘ldosh-homila funksional tizimida yuzaga kelgan morfofunksional o‘zgarishlar oqibatida sodir bo‘lgan jarayonlarni aniqlash, erta tashhis qo‘yish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor kindik ildizining birikish joyiga qarab dixotomik va monopodial tarmoqlar bilan ifodalanadigan yo‘ldoshning xorion plastinkasining fetoplatsentar qon-tomir kompleksi struktur tuzilishi tavsiflanib, tomirlarning dixotom tarmoqlanishi kindik ildizining markaziy birikishi fetoplatsentar qon oqimi perfuziyasining fiziologik ko‘rsatkichlariga imkon qadar yaqin, monopodial tarmoqlanish esa kindik ildizinining chekka birikishiga xos bo‘lib, funksional ravishda kotiledonlarni qon bilan ta’minlash etishmasligida adaptatsion jarayon sifatida asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 24 avgustda 1-son bilan tasdiqlangan «Metod opredeleniya morfologicheskix izmeneniy pupovini pri beremennosti, otyagoshhennoy fetoplatsentarnoy nedostatochnost`yu», «Fetoplatsentar etishmovchiligining rivojlanishi va uning retrospektiv (tug‘ruqdan keyingi) tashxislash usullarini morfologik asoslari» va «Metod provedeniya kompleksnogo morfologicheskogo issledovaniya platsenti i ee proizvodnix pri fiziologicheskoy i oslojnennoy beremennosti» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 31.10.2024 yildagi 178-son hamda Toshkent shahar patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 27.09.2024 yildagi 89-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kindik ildizining birikish joyiga qarab xorion plastinkasining fetoplatsentar qon-tomir kompleksi struktur tuzilishini erta tashxislash homiladorlik asoratlarini oldini olishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan ma’lum bir byudjet mablag‘lari fiziologik va asoratlangan homiladorlik davrida fetoplatsentar qon-tomir kompleksi morfofunksional holatining o‘zgarish oqibatida sodir bo‘lgan jarayonlarni aniqlash, erta tashhis qo‘yish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: yo‘ldosh va kindik qon tomir-stromal komponentlarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini o‘zgarish dinamikasi aniqlanib, yo‘ldosh etishmovchiligining rivojlanishida sinsitiokapillyar membranalarning qalinlashish fonida turli generatsiyadagi so‘rg‘ichlarda qon tomirlar umumiy soni va zichligi xamda terminal so‘rg‘ichlarning soni sezilarli darajada kamayishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 24 avgustda 1-son bilan tasdiqlangan «Metod opredeleniya morfologicheskix izmeneniy pupovini pri beremennosti, otyagoshhennoy fetoplatsentarnoy nedostatochnost`yu», «Fetoplatsentar etishmovchiligining rivojlanishi va uning retrospektiv (tug‘ruqdan keyingi) tashxislash usullarini morfologik asoslari» va «Metod provedeniya kompleksnogo morfologicheskogo issledovaniya platsenti i ee proizvodnix pri fiziologicheskoy i oslojnennoy beremennosti» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 31.10.2024 yildagi 178-son hamda Toshkent shahar patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 27.09.2024 yildagi 89-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yo‘ldosh va kindik qon tomir-stromal komponentlari ko‘rsatkichlarining o‘zgarish dinamikasi homiladorlik davrida fetoplatsentar etishmovchilikni erta tashxislash va asoratlarning oldini olishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan ma’lum bir byudjet mablag‘lari fiziologik va asoratlangan homiladorlik davrida stromaning morfofunksional holatining o‘zgarish oqibatida sodir bo‘lgan jarayonlarni aniqlash, erta tashhis qo‘yish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: onaning qon tomir mal`perfuziya asosida turli generatsiyadagi  so‘rg‘ichlarning dissotsiatsiyalangan rivojlanishi, terminal so‘rg‘ichlar gipoplaziyasi, tomirsiz so‘rg‘ichlar sonining ko‘payishi, morfometrik jihatdan yo‘ldosh umumiy og‘irligining 25,6% gacha pasayishi bilan tavsiflanib, yo‘ldosh etishmovchiligida aniqlangan kindik arteriyalari va tomirlari diametrining morfometrik o‘zgarishlari kindik arteriyalari o‘rtasida Xirtle anastomozining shakllanishi, afunksional kotiledonlarning paydo bo‘lishi hamda yo‘ldosh stromasidagi qon tomirlarning dixotomik tarmoqlanishi monopodialga o‘zgarishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 24 avgustda 1-son bilan tasdiqlangan «Metod opredeleniya morfologicheskix izmeneniy pupovini pri beremennosti, otyagoshhennoy fetoplatsentarnoy nedostatochnost`yu», «Fetoplatsentar etishmovchiligining rivojlanishi va uning retrospektiv (tug‘ruqdan keyingi) tashxislash usullarini morfologik asoslari» va «Metod provedeniya kompleksnogo morfologicheskogo issledovaniya platsenti i ee proizvodnix pri fiziologicheskoy i oslojnennoy beremennosti» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan.  Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 31.10.2024 yildagi 178-son hamda Toshkent shahar patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 27.09.2024 yildagi 89-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan morfologik tadqiqot natijalari yo‘ldosh etishmovchiligi rivojlanishining bashorat qiluvchi omillari sifatida tasniflash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan ma’lum bir byudjet mablag‘lari fiziologik va asoratlangan homiladorlik davrida yo‘ldosh og‘irligining o‘zgarish oqibatida sodir bo‘lgan jarayonlarni aniqlash, erta tashhis qo‘yish natijasida iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: asoratlangan gestatsiya davrida VEGF-A va PlGF omillarning ekspressiyasini sezilarli darajada buzilishi kuzatiladi, bu esa o‘z navbatida endotelin-1 va NO induksiyasiga olib keladi, shuningdek bu angiogen omillarning nomutanosibligi so‘rg‘ichli xorion angioarxitektonikasining tuzilishi va ona qon aylanishining transplatsentar diffuziyasini tartibga solish kompensator mexanizmlarining buzilishiga sabab bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 24 avgustda 1-son bilan tasdiqlangan «Metod opredeleniya morfologicheskix izmeneniy pupovini pri beremennosti, otyagoshhennoy fetoplatsentarnoy nedostatochnost`yu», «Fetoplatsentar etishmovchiligining rivojlanishi va uning retrospektiv (tug‘ruqdan keyingi) tashxislash usullarini morfologik asoslari» va «Metod provedeniya kompleksnogo morfologicheskogo issledovaniya platsenti i ee proizvodnix pri fiziologicheskoy i oslojnennoy beremennosti» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 31.10.2024 yildagi 178-son hamda Toshkent shahar patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 27.09.2024 yildagi 89-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan morfologik tadqiqot natijalari yo‘ldosh etishmovchiligi rivojlanishining bashorat qiluvchi omillari sifatida tasniflash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan ma’lum bir byudjet mablag‘lari fiziologik va asoratlangan homiladorlik davrida angio- va vaskulogenez markerlaridan foydalanish erta tashhislash va asoratlarning oldini olish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish