Turdixo‘jaeva Mahliyoxon Muqimxo‘ja qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning 50-yillari - XXI asr tadqiqotlarida Farg‘ona vodiysining arxeologik o‘rganilishi masalalari”, “07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1515.
Ilmiy rahbar: Doniyorov Alisher Xudayberdievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi” kafedrasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03 Rasmiy opponentlar:
Shadmanova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Xakimov Abdumuxtor Abduxalimovich, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 50-yillari – XXI asr tadqiqotlarida Farg‘ona vodiysining arxeologik o‘rganilishi masalalarini tadqiq qilishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Farg‘ona vodiysi o‘lkashunoslik muzeylari faoliyati sovet davrida arxeologik bilimlar rivojiga sezilarli hissa qo‘shgani, muzey arxeolog xodimlarining faoliyati natijasida XX asrning 50-yillaridan kompleks ekspedisiyalar olib borilgani, bu esa vodiy tarixiga oid turli noyob materiallarni to‘plash va saqlash ishlari samarasini oshirgani, vodiyning arxeologik xaritasi tuzilgani, mustaqillik yillariga kelib esa mintaqadagi muzeylar arxeologik faoliyatida sustlashish kuzatilishi arxiv materialari asosida isbotlab berilib, o‘lkada joylashgan tarix va madaniyat muzeylari faoliyatini arxeologlar bilan hamkorlikda tashkil etish orqali muzey fondlarining asosli manbalar bilan boyitish imkoniyatini oshirish mumkinligi asoslab berilgan;
Farg‘ona vodiysining tosh davriga oid ilmiy izlanishlarning birinchi bosqichi – XX asrning 50-70-yillariga mos kelishi, undagi asosiy eʼtibor irrigatsiya qurilishi bilan bog‘liq holda tosh davri yodgorliklarini o‘rganishga va Selungur odamining yoshini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgani; ikkinchi bosqichi – 1970-1990-yillar oralig‘iga to‘g‘ri kelib, ushbu davr arxeologik tadqiqotlarida palinologiya, paleozoologiya va antropologiya usullaridan kengroq foydalanilib, fanlararo integratsiyaning oshishi natijasida tadqiqotlar ahamiyati va qamrovi oshgani ochiqlangan;
Mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysining shaharsozlik va urbanizatsiya masalasi yoritilgan tadqiqotlar uch bosqichda (1991-1998, 1998-2016, 2016-h.v.) rivojlangani, birinchi bosqichda – mavjud ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat sababli ilmiy nashrlar soni birmuncha kamaygani, ikkinchi bosqichda – shaharlar yoshini haqqoniy aniqlashga qaratilgan mahalliy tadqiqotlarning soni ortgani, so‘nggi bosqichda – xalqaro aloqalar kengayib, hudud qadimiy manzilgohlarining dunyo tamadduni markazlaridan biri hamda turizm uchun qulay makon sifatidagi ahamiyatiga oid tadqiqotlar ortib borayotgani dalillangan;
“O‘zbekiston arxeologiyasi” davriy nashrining asosiy qismi vodiy arxeologiyasida shaharsozlik, moddiy madaniyat yo‘nalishlariga oid ilmiy izlanishlarni qamrab olgani, nazariy masalalarning yoritilishi, ibtidoiy davr hamda etnoarxeologik tahlillarga ehtiyoj esa yuqoriligicha qolayotgani, “O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” jurnalining eng ko‘p tadqiqotlari Andijon viloyatiga, so‘ng Namangan va eng kam qismi Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelishi Farg‘ona viloyatida arxeologik tadqiqotlar etarli darajada amalga oshirilmayotganini ko‘rsatishi, vodiy arxeologlari hamkorligini kuchaytirib, yagona “Axborot-tahliliy platforma” tashkil etish taklifi berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr 50-yillari – XXI asr tadqiqotlarida Farg‘ona vodiysining arxeologik o‘rganilishi masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Rishton, Chust, Yangiqo‘rg‘on va Boysun tumanlari etnoturizm salohiyatini oshirishda lokal atributlardan foydalanish” nomli loyihasida dissertatsiyaning mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysining shaharsozlik va urbanizatsiya masalasi yoritilgan tadqiqotlar uch bosqichda (1991–1998, 1998–2016, 2016–h.v.) rivojlangani, birinchi bosqichda – mavjud ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat sababli ilmiy nashrlar soni birmuncha kamaygani, ikkinchi bosqichda – shaharlar yoshini haqqoniy aniqlashga qaratilgan mahalliy tadqiqotlarning soni ortgani, so‘nggi bosqichda – xalqaro aloqalar kengayib, hudud qadimiy manzilgohlarining dunyo tamadduni markazlaridan biri hamda turizm uchun qulay makon sifatidagi ahamiyatiga oid natijalaridan foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025-yil 24-maydagi 01-04-02/1430-son maʼlumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysida shaharsozlik va urbanizatsiya bo‘yicha tarixiy-ilmiy tadqiqotlar bosqichma-bosqich rivojlanib, hududning qadimiy manzilgoh sifatida tanilishi va turizm salohiyatining oshirilishiga oid maʼlumotlar loyiha doirasida lokal atributlarni aniqlash va ularni etnoturizm yo‘nalishida samarali qo‘llashga ilmiy asos bo‘lib xizmat qildi.
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvida dissertatsiyada aks etgan Farg‘ona vodiysining tosh davriga oid ilmiy izlanishlarning birinchi bosqichi – XX asrning 50-70-yillariga mos kelishi, undagi asosiy eʼtibor irrigatsiya qurilishi bilan bog‘liq holda tosh davri yodgorliklarini o‘rganishga va Selungur odamining yoshini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgani; ikkinchi bosqichi – 1970-1990-yillar oralig‘iga to‘g‘ri kelib, ushbu davr arxeologik tadqiqotlarida palinologiya, paleozoologiya va antropologiya usullaridan kengroq foydalanilib, fanlararo integratsiyaning oshishi natijasida tadqiqotlar ahamiyati va qamrovi oshganiga oid tahlillardan foydalanilgan (O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Maʼrifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi 2025-yil 27-maydagi 15-33/354-son maʼlumotnomasi). Natijada, tomoshabinlar hududning qadimiy tarixi, Selungur odami va ilmiy izlanishlarning ahamiyati bilan tanishib, tarixiy merosga nisbatan qiziqish va tushunchalarini boyitdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm davlat qo‘mitasi tomonidan dissertatsiyaning birinchi bobida aks etgan Farg‘ona vodiysi o‘lkashunoslik muzeylari faoliyati sovet davrida arxeologik bilimlar rivojiga sezilarli hissa qo‘shgani, muzey arxeolog xodimlarining faoliyati natijasida XX asrning 50-yillaridan boshlab kompleks ekspedisiyalar olib borilgani, bu esa vodiy tarixiga oid turli noyob materiallarni to‘plash va saqlash ishlari samaradorligini oshirgani, vodiyning arxeologik xaritasi tuzilgani, mustaqillik yillariga kelib esa mintaqadagi muzeylar arxeologik faoliyatida sustlashish kuzatilgani arxiv materiallari asosida isbotlab berilgani, o‘lkada joylashgan tarix va madaniyat muzeylari faoliyatini arxeologlar bilan hamkorlikda tashkil etish orqali muzey fondlarini asosli manbalar bilan boyitish imkoniyati haqidagi xulosalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 27-may 03-10-17-4464-son maʼlumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi muzeylarining arxeologik faoliyatdagi tarixiy roli aniqlanib, ularning ilmiy merosni shakllantirishdagi hissasi baholandi hamda muzey fondlarini arxeologlar bilan hamkorlikda boyitish zarurati asoslandi.
“O‘zbekiston arxeologiyasi” davriy nashrining asosiy qismi vodiy arxeologiyasida shaharsozlik, moddiy madaniyat yo‘nalishlariga oid ilmiy izlanishlarni qamrab olgani, nazariy masalalarning yoritilishi, ibtidoiy davr hamda etnoarxeologik tahlillarga ehtiyoj esa yuqoriligicha qolayotgani, “O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” jurnalining eng ko‘p tadqiqotlari Andijon viloyatiga, so‘ng Namangan va eng kam qismi Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelishi Farg‘ona viloyatida arxeologik tadqiqotlar etarli darajada amalga oshirilmayotganini ko‘rsatishi, vodiy arxeologlari hamkorligini kuchaytirib, yagona “Axborot-tahliliy platforma” tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Namangan viloyati tarixi va madaniyati muzeyining ko‘rgazmalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 5-iyundagi 04-05/2257-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, taklif etilgan yagona “Axborot-tahliliy platforma” konsepsiyasi Madaniy meros agentligining hududlardagi arxeologik tadqiqotlar muvofiqligini baholash, tahlil qilish va ilmiy ma’lumotlarni markazlashgan holda yig‘ish jarayonida metodik asos sifatida foydalanilishiga xizmat qildi.