Razzakova Nargis Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyatni modernizatsiya qilish sharoitida oilaviy munosabatlarning o‘zgarish dinamikasi» 22.00.02 ‒ Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/S77. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Latipova Nodira Muhtarjanovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Matibaev Taspulat Boltobaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor, falsafa fanlari doktori, professor Nurmatova Mukarram Axmedovna.
Yetakchi tashkilot: «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy munosabatlarning o‘zgarish dinamikasini tahlil qilish orqali oila institutini yanada rivojlantirish borasida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oiladagi barqarorlikni ta’minlash, sog‘lom hayot jarayonlarini targ‘ib qilish, farzandlar o‘rtasida ta’lim-tarbiyani sinkretlash, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy treninglarning integratsiyada mahalla sigmentida “mehr ziyosi” ijtimoiy platformasining tashkil etilishi, (ijtimoiy muhofaza, maslahat kengashi, mehnat bozoriga yo‘naltirilgan ta’lim onlayn kurslari) sotsiologik asoslantirilgan; 
«oilaning baxtlilik indeksi» asosida oilaviy munosabatlarning milliylikka asoslangan bir maqsad yo‘lida «oila hamjihatligi» ijtimoiy formulasi (farovonlik, uzoq-umr, ekologiya, insoniy munosabatlar, o‘zaro hurmat va e’tibor, ochiq muloqot, qiziqishlar, maqsadlar, moliyaviy barqarorlik) ishlab chiqilgan;
zamonaviy oila munosabatlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda milliy identiklikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, milliy ta’lim va madaniyatni rivojlantirish, milliy an’analarni saqlash, milliy tarixning o‘rganilishini ta’minlash, milliy segmentdan foydalanish kompetentligini mustahkamlash sotsiologik asoslantirilgan; 
jamiyatdagi yangi tendensiyalarni kuzatish, internet va raqamli texnologiyalar orqali yangi imkoniyatlardan foydalanish negizida har bir oila o‘zini-o‘zi qo‘llab-quvvatlashi, istiqbolga intilishi va rivojlanishi (oilada moliyaviy rejalashtirish, ma’naviy rivojlanish va ta’lim, barqaror daromad manbalarini yaratish, ijtimoiy ta’lim va qo‘llab-quvvatlash, savdo va xizmatlar sohasida faoliyat) oilaviy munosabatlarda kambag‘allikni oldini olishda puxta ishlab chiqilgan strategiyalarni qo‘llash masalasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatni modernizasiya qilish sharoitida oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga ko‘maklashish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy sotsiologik taklif va tavsiyalar asosida:
oiladagi barqarorlikni ta’minlash, sog‘lom hayot jarayonlarini targ‘ib qilish, farzandlar o‘rtasida ta’lim-tarbiyani sinkretlash, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy treninglarning integratsiyada mahalla segmentida «mehr ziyosi» ijtimoiy platformasining tashkil etilishi, (ijtimoiy muhofaza, maslahat kengashi, mehnat bozoriga yo‘naltirilgan ta’lim onlayn kurslari) sotsiologik asoslantirilgan ma’lumotidan «Mahalla» xayriya jamoat fondida tomonidan «O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qaroriga 5-ilova «YO‘l xaritasi» I-bob «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»  hamda ehtiyojmand oilalar bilan ishlash bo‘yicha 10-bandidagi “Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tomonidan alohida yuritilayotgan tarqoq platformalar o‘rniga Mahallaning yagona platformasini joriy qilish» bandini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvining 2023-yil 6-martdagi №02-01-29-1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda oiladagi barqarorlikni ta’minlash, sog‘lom hayot jarayonlarini targ‘ib qilish, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, farzandlar o‘rtasida ta’lim-tarbiyani barqarorligini ta’minlashda ijobiy samaradorlikka erishilgan;
«oilaning baxtlilik indeksi» asosida oilaviy munosabatlarning milliylikka asoslangan bir maqsad yo‘lida «oila hamjihatligi» ijtimoiy formulasi (farovonlik, uzoq-umr, ekologiya, insoniy munosabatlar, o‘zaro hurmat va e’tibor, ochiq muloqot, qiziqishlar, maqsadlar, moliyaviy barqarorlik) ishlab chiqilganlik ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining «Oila, bolalar va yoshlar» deb nomlangan XIV bobini tayyorlashda, shuningdek, konstitusiyaning 76 va 78-moddalari loyihasini tayyorlashda metodologik baza sifatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023-yil 27-iyuldagi №04/10-10-51-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qo‘mita tomonidan taqdim etilgan takliflar inobatga olinib, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XIV «Oila, bolalar va yoshlar» deb nomlangan bobidagi 76-moddasida «Nikoh O‘zbekiston xalqining anʼanaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi» degan norma shakllantirilgan;
zamonaviy oila munosabatlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda milliy identiklikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, milliy ta’lim va madaniyatni rivojlantirish, milliy anʼanalarni saqlash, milliy tarixning o‘rganilishini ta’minlash, milliy segmentdan foydalanish kompetentligini mustahkamlash sotsiologik asoslantirilganlik ma’lumotidan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan «Zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni, maqsadi va ustuvorliklari» mavzusidagi telefon so‘rovida o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan intervyu savollarini tayyorlashda foydalanilgan. ( «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2023-yil 27-iyundagi №01-16/105-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oilalar transformatsiyalashuvi jarayonida bir tizimdan ikkinchisiga o‘tishda oilalarda, aholi orasida huquqiy madaniyatni oshish dinamikasini va oilaviy munosabatlarni tasniflashga qaratilgan intervyularni samarali tashkil etishga erishilgan;
jamiyatdagi yangi tendensiyalarni kuzatish, internet va raqamli texnologiyalar orqali yangi imkoniyatlardan foydalanish negizida har bir oila o‘zini-o‘zi qo‘llab-quvvatlashi, istiqbolga intilishi va rivojlanishi (oilada moliyaviy rejalashtirish, ma’naviy rivojlanish va ta’lim, barqaror daromad manbalarini yaratish, ijtimoiy ta’lim va qo‘llab-quvvatlash, savdo va xizmatlar sohasida faoliyat) oilaviy munosabatlarda kambag‘allikni oldini olishda puxta ishlab chiqilgan strategiyalarni qo‘llash masalasi ochib berilganlik ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan «O‘zbekistonda jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida mustahkam oilani shakllantirishning ahamiyati» mavzusida turkum tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda hamda ushbu tadbirlar doirasida ishtirokchilar bilan blis so‘rovlarni o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2023-yil 23-iyundagi №02-01/845-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oilalar kambag‘allik darajasini aniq tashxislash, jamiyatdagi yangi tendensiyalarni kuzatish, internet va raqamli texnologiyalar orqali yangi imkoniyatlardan foydalanish negizida har bir oila o‘zini-o‘zi qo‘llab-quvvatlashi, istiqbolga intilishi va rivojlanishi masalalarini aniqlashga qaratilgan loyihalarning texnik vazifalari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish