Berdiyorov O‘lmasbek Nurali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Elektrovozlar tortuvchi asinxron motorlarining eksplutatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash”,
05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3373
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Berdiev Usan Turdievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xamidov Otabek Rustamovich – texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Dilmurod Turdalievich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektrovozlar tortuvchi asinxron motorlarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini rotor pazlarining geometrik o‘lchamlarini o‘zgartirish hisobiga yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
elektr harakat tarkibi asinxron tortuvchi motorlarining nominal kuchlanish qiymatlarida magnit maydoni va ekspluatatsion qiymatlarni hisoblashning matematik modeli yaratilgan;
elektrovoz tortuvchi asinxron motorining to‘yinish koeffisientini hisobga olgan holda ish rejimlarini tadqiq qilish imkonini beruvchi imitatsion modeli takomillashtirilgan;
to‘yinish koeffisientini hisobga olish asosida tortuvchi asinxron motorining maksimal momentini hisoblash algoritmi takomillashtirilgan;
elektrovoz tortuvchi asinxron motorlarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi havo oralig‘idagi yig‘indi magnit maydoni va uning birinchi garmonikasining shakli va qiymatini o‘lchash qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: elektrovozlar tortuvchi asinxron motorlarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosida:
elektr harakat tarkibidagi tortuvchi asinxron motorni stator chulg‘amining magnit maydoni birinchi garmonikasini o‘lchash qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentliging foydali modelga patenti olingan (№ FAP 02255, 2021 yil). Natijada sezgirligi va aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash qurilmasini yaratish imkonini bergan;
asinxron mashina statori chulg‘amining yig‘indi magnit maydonini o‘lchash uchun qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentliging foydali modelga patenti olingan (№ FAP 02254, 2021 yil). Natijada sezgirligi va aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash qurilmasini yaratish imkonini bergan;
asinxron mashina statori chulg‘amining tirsak qismidagi tarqoq magnit maydonini o‘lchash uchun qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentliging foydali modelga patenti olingan (№ FAP 02159, 2021 yil). Natijada aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash qurilmasini yaratish imkonini bergan;
asinxron mashina havo oralig‘idagi yig‘indi magnit maydoni va uning birinchi garmonikasi orasidagi siljish burchagini o‘lchash qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentliging foydali modelga patenti olingan (№ FAP 2022 0020, 2022 yil). Natijada aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash qurilmasini yaratish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan qurilmalar “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasida elektrovozlar tortuvchi asinxron motorida tatbiq etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” akiyadorlik jamiyatining 2023 yil 4-dekabrdagi 01/4120-23 – son ma’lumotnomasi). Natijada, yillik kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik tortuvchi asinxron motorning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash hisobiga 113 million so‘mni tashkil qiladi.