Dadaboev Ravshanbek Maxamadali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Benzin-havo aralashmasiga vodorod qo‘shish orqali dvigatellarning dinamik ko‘rsatkichlarini yaxshilash” mavzusida 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4745
Ilmiy rahbar: Kadirov Sarvar Mukadirovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat texnika instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Qosimov Karimjon, texnika fanlari doktori, professor Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Benzinli engil avtomobil dvigateliga vodorod qo‘shish orqali dvigatelning dinamik va yonilg‘i samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tirsakli valning burchak tezlanishini aniqlash usuli dinamometrik stendida olingan tezlik xarakteristikasining grafigini tahlil qilish hisobiga belgilangan burchak tezligiga erishish vaqtini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
benzin-havo aralashmasiga vodorod qo‘shish orqali silindrdagi yonish jarayoni yaxshilanishi hisobiga dvigatel quvvat o‘zgarishini vodorod miqdoriga bog‘liqligini ifodalovchi matematik ifoda ishlab chiqilgan;
benzin-havo aralashmasiga vodorodni qo‘shish hisobiga silindrdagi bosimning ko‘tarilish va alanganing tarqalish tezligi hamda dvigatel tirsakli val burchak tezlanish ko‘rsatkichlarining bog‘liqligini ifodalovchi matematik ifoda ishlab chiqilgan;
benzin-havo aralashmasiga vodorodni qo‘shish hisobiga dvigatel tirsakli val burchak tezlanishining ortishi hisobiga dvigatel dinamikasi yaxshilanishini ifodalovchi matematik ifodasi ishlab chiqilgan;.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Benzinli engil avtomobil dvigateliga vodorod qo‘shish orqali dvigatelning dinamik va yonilg‘i samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
benzinli engil avtomobil dvigatellariga vodorodni doimiy miqdorda benzin yonilg‘iga qo‘shimcha sifatida qo‘shish, dvigatelning quvvati, yonilg‘i tejamkorligi va dinamik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari Andijon "Avtotexxizmat" MChJda (“Uzavtosanoat” AJ ning 2024-yil 18-dekabr 17/07-25-2010-sonli ma’lumotnomasi). Natijada benzinli engil avtomobil dvigatellariga vodorodni doimiy miqdorda benzin yonilg‘iga qo‘shimcha sifatida qo‘shish hisobiga dvigatelning yonilg‘i samaradorligini 5-6 % ga yaxshilangan.
benzinli engil avtomobil dvigatellariga vodorodni doimiy miqdorda benzin yonilg‘iga qo‘shimcha sifatida qo‘shish usuli Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida joriy etilgan((“Uzavtosanoat” AJ ning 2024-yil 18-dekabr 17/07-25-2010-sonli ma’lumotnomasi). Natijada benzinli engil avtomobil dvigatellariga vodorodni doimiy miqdorda benzin yonilg‘iga qo‘shimcha sifatida qo‘shish dvigatelning dinamik ko‘rsatkichlarini 7-8 % ga ortishiga erishildi. Kutilayotgan yillik iqtisodiy samara har bir avtomobil uchun 3.7 mln. so‘mni tashkil etgan.