Muxsinova Maxzuna Xolmuradovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma qizilo‘ngach anomaliyalarini tashxislash va davolashni rejalashda patomorfologik tekshiruvlarning roli», 14.00.15 - Patologik anatomiya, 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1056.
Ilmiy maslahatchilar: Eshbaev Erkin Abduxalimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Zufarov Aziz Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat ctomatologiya  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Farida Muinovna Xamidova, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Feruza Muratxodjaevna Gaffarova, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxtiyor Berdalievich Ergashev, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qizilo‘ngach rivojlanish anomaliyalari bo‘lgan qizilo‘ngach atreziyalarini turli xil klinik tasniflari bo‘yicha morfologik, morfometrik, immunogistokimyoviy xos jihatlarini o‘rganish asosida davolashni rejalashtirishda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik-anamnestik ma’lumotlar bo‘yicha qizilo‘ngachning tug‘ma anomaliyalari orasida tug‘ma atreziya eng ko‘p uchragani, o‘lim tanotogenezi strukturasida aspiratsion pnevmoniya yetakchi o‘rinda ekanligi aniqlangan;
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qizilo‘ngach tug‘ma atreziyalari xavf omillarining ustunligi sababli morfofunksional o‘zgarishlar gipotermiya, gipoksiya, gipovolemiya va gipoglikemiya belgilar bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan;
qizilo‘ngach devori anatomik qavatlarida ShIFF-musbat tuzilmalarning to‘planishi, sekretor bezlarda autoliz va nekroz jarayonining kuchayishi, shilliq qavatida deskvamatsiya o‘choqlarining yuzaga kelishi gistokimyoviy isbotlangan;
morfologik etilmaganlik belgisi bo‘lgan qizilo‘ngach atreziyasi devor mushak qavatining miofibrozi, miosklerozi, stenoz jarayonlarining kuchayishi natijasida axalaziya va morfofunksional layoqatsizlikni keskin oshishiga olib kelishi Chromogranin-A markerining past darajali ekspressiyasi orqali aniqlangan;
Synaptophysin markerining o‘rta va past pozitiv ekspressiyasi qizilo‘ngachning morfologik etilmaganlik belgisi bo‘lib, morfometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat guruhiga nisbatan nerv gangliyalari egallagan maydonining 5-7,2 martaga kamayishi, o‘z navbatida radikal korreksiyalashdan keyingi reabilitatsiya davrida nerv-mushak innervatsiyasining etishmovchiligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qizilo‘ngach tug‘ma atreziyasining morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini kompleks o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: klinik-anamnestik ma’lumotlar bo‘yicha qizilo‘ngachning tug‘ma anomaliyalari orasida tug‘ma atreziya eng ko‘p uchragani, o‘lim tanotogenezi strukturasida aspiratsion pnevmoniya yetakchi o‘rinda ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 martda 01-p/97-son bilan tasdiqlangan «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma qizilo‘ngach anomaliyalaridan biri bulgan atreziyalarni turli shakllarida patomorfologik va morfometrik ko‘rsatgichlarini baholash» va «Tug‘ma qizilo‘ngach atreziyaslarini tashxislashni rejalashtirishda immunogistokimyoviy tadqiqotlarning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublika patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.04.2025 yildagi 16-son va 17-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 08.04.2025 yildagi 15-son va 16-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan uslubiy yondashuvlarni qo‘llash qizilo‘ngach atreziyasining og‘ir shakllari (1, 3, 4, 5 variantlar) bilan tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘limni 30% gacha kamaytirish, asoratlarni (disfagiya, axalaziya, GER va aspiratsiya) erta bashorat qilish imkoniyatini ta’minlash, hayotning dastlabki 7 kunida omon qolishni yaxshilash, innervatsiya va qon tomir tarmog‘ining holatini baholash orqali operatsiyadan keyingi reabilitatsiya samaradorligini oshirish, aralashuv taktikasini (standart plastika, reinnervatsiya, palliativ tuzatish) tanlashni oqilonalashtirish imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 675000-945000 so‘m byudjet mablag‘lar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma qizilo‘ngach atreziyasini tashxislash va davolashni rejalashtirishda taklif etilgan morfoimmunogistokimyoviy yondashuvni qo‘llash neonatal jarrohlik sifatini oshirish, perinatal o‘lim va nogironlikni kamaytirish, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qizilo‘ngach tug‘ma atreziyalari xavf omillarining ustunligi sababli morfofunksional o‘zgarishlar gipotermiya, gipoksiya, gipovolemiya va gipoglikemiya belgilar bilan namoyon bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 martda 01-p/97-son bilan tasdiqlangan «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma qizilo‘ngach anomaliyalaridan biri bulgan atreziyalarni turli shakllarida patomorfologik va morfometrik ko‘rsatgichlarini baholash» va «Tug‘ma qizilo‘ngach atreziyaslarini tashxislashni rejalashtirishda immunogistokimyoviy tadqiqotlarning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublika patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.04.2025 yildagi 16-son va 17-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 08.04.2025 yildagi 15-son va 16-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/24-son xulosasi). Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublika patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.04.2025 yildagi 16-son va 17-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 08.04.2025 yildagi 15-son va 16-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan uslubiy yondashuvlarni qo‘llash qizilo‘ngach atreziyasining og‘ir shakllari (1, 3, 4, 5 variantlar) bilan tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘limni 30% gacha kamaytirish, asoratlarni (disfagiya, axalaziya, GER va aspiratsiya) erta bashorat qilish imkoniyatini ta’minlash, hayotning dastlabki 7 kunida omon qolishni yaxshilash, innervatsiya va qon tomir tarmog‘ining holatini baholash orqali operatsiyadan keyingi reabilitatsiya samaradorligini oshirish, aralashuv taktikasini (standart plastika, reinnervatsiya, palliativ tuzatish) tanlashni oqilonalashtirish imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 675000-945000 so‘m byudjet mablag‘lar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma qizilo‘ngach atreziyasini tashxislash va davolashni rejalashtirishda taklif etilgan morfoimmunogistokimyoviy yondashuvni qo‘llash neonatal jarrohlik sifatini oshirish, perinatal o‘lim va nogironlikni kamaytirish, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach devori anatomik qavatlarida ShIFF-musbat tuzilmalarning to‘planishi, sekretor bezlarda autoliz va nekroz jarayonining kuchayishi, shilliq qavatida deskvamatsiya o‘choqlarining yuzaga kelishi gistokimyoviy isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 martda 01-p/97-son bilan tasdiqlangan «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma qizilo‘ngach anomaliyalaridan biri bulgan atreziyalarni turli shakllarida patomorfologik va morfometrik ko‘rsatgichlarini baholash» va «Tug‘ma qizilo‘ngach atreziyaslarini tashxislashni rejalashtirishda immunogistokimyoviy tadqiqotlarning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublika patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.04.2025 yildagi 16-son va 17-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 08.04.2025 yildagi 15-son va 16-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan uslubiy yondashuvlarni qo‘llash qizilo‘ngach atreziyasining og‘ir shakllari (1, 3, 4, 5 variantlar) bilan tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘limni 30% gacha kamaytirish, asoratlarni (disfagiya, axalaziya, GER va aspiratsiya) erta bashorat qilish imkoniyatini ta’minlash, hayotning dastlabki 7 kunida omon qolishni yaxshilash, innervatsiya va qon tomir tarmog‘ining holatini baholash orqali operatsiyadan keyingi reabilitatsiya samaradorligini oshirish, aralashuv taktikasini (standart plastika, reinnervatsiya, palliativ tuzatish) tanlashni oqilonalashtirish imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 675000-945000 so‘m byudjet mablag‘lar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma qizilo‘ngach atreziyasini tashxislash va davolashni rejalashtirishda taklif etilgan morfoimmunogistokimyoviy yondashuvni qo‘llash neonatal jarrohlik sifatini oshirish, perinatal o‘lim va nogironlikni kamaytirish, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: morfologik etilmaganlik belgisi bo‘lgan qizilo‘ngach atreziyasi devor mushak qavatining miofibrozi, miosklerozi, stenoz jarayonlarining kuchayishi natijasida axalaziya va morfofunksional layoqatsizlikni keskin oshishiga olib kelishi Chromogranin-A markerining past darajali ekspressiyasi orqali aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 martda 01-p/97-son bilan tasdiqlangan «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma qizilo‘ngach anomaliyalaridan biri bulgan atreziyalarni turli shakllarida patomorfologik va morfometrik ko‘rsatgichlarini baholash» va «Tug‘ma qizilo‘ngach atreziyaslarini tashxislashni rejalashtirishda immunogistokimyoviy tadqiqotlarning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublika patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.04.2025 yildagi 16-son va 17-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 08.04.2025 yildagi 15-son va 16-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan uslubiy yondashuvlarni qo‘llash qizilo‘ngach atreziyasining og‘ir shakllari (1, 3, 4, 5 variantlar) bilan tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘limni 30% gacha kamaytirish, asoratlarni (disfagiya, axalaziya, GER va aspiratsiya) erta bashorat qilish imkoniyatini ta’minlash, hayotning dastlabki 7 kunida omon qolishni yaxshilash, innervatsiya va qon tomir tarmog‘ining holatini baholash orqali operatsiyadan keyingi reabilitatsiya samaradorligini oshirish, aralashuv taktikasini (standart plastika, reinnervatsiya, palliativ tuzatish) tanlashni oqilonalashtirish imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 675000-945000 so‘m byudjet mablag‘lar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma qizilo‘ngach atreziyasini tashxislash va davolashni rejalashtirishda taklif etilgan morfoimmunogistokimyoviy yondashuvni qo‘llash neonatal jarrohlik sifatini oshirish, perinatal o‘lim va nogironlikni kamaytirish, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: Synaptophysin markerining o‘rta va past pozitiv ekspressiyasi qizilo‘ngachning morfologik etilmaganlik belgisi bo‘lib, morfometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat guruhiga nisbatan nerv gangliyalari egallagan maydonining 5-7,2 martaga kamayishi, o‘z navbatida radikal korreksiyalashdan keyingi reabilitatsiya davrida nerv-mushak innervatsiyasining etishmovchiligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya institutining Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 28 martda 01-p/97-son bilan tasdiqlangan «Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma qizilo‘ngach anomaliyalaridan biri bulgan atreziyalarni turli shakllarida patomorfologik va morfometrik ko‘rsatgichlarini baholash» va «Tug‘ma qizilo‘ngach atreziyaslarini tashxislashni rejalashtirishda immunogistokimyoviy tadqiqotlarning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublika patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 09.04.2025 yildagi 16-son va 17-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 08.04.2025 yildagi 15-son va 16-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan uslubiy yondashuvlarni qo‘llash qizilo‘ngach atreziyasining og‘ir shakllari (1, 3, 4, 5 variantlar) bilan tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘limni 30% gacha kamaytirish, asoratlarni (disfagiya, axalaziya, GER va aspiratsiya) erta bashorat qilish imkoniyatini ta’minlash, hayotning dastlabki 7 kunida omon qolishni yaxshilash, innervatsiya va qon tomir tarmog‘ining holatini baholash orqali operatsiyadan keyingi reabilitatsiya samaradorligini oshirish, aralashuv taktikasini (standart plastika, reinnervatsiya, palliativ tuzatish) tanlashni oqilonalashtirish imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 675000-945000 so‘m byudjet mablag‘lar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma qizilo‘ngach atreziyasini tashxislash va davolashni rejalashtirishda taklif etilgan morfoimmunogistokimyoviy yondashuvni qo‘llash neonatal jarrohlik sifatini oshirish, perinatal o‘lim va nogironlikni kamaytirish, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish