Xodjaeva Nigora Abdurashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda biliar tizim disfunksiyasining klinik-patogenetik xarakteristikasi”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3. PhD/Tib3785.
Ilmiy rahbar: Taxirova Roxatoy Normatovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdujabbarova Zul`fiya Muratxodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda biliar trakt disfunksiyasining (BTD) klinik va patogenetik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biliar tizim disfunksiyasi (BTD) bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi keng tarqalganligi va bolalarda asosiy tashqi klinik belgilari suyak tizimidagi o‘zgarishlar bo‘lib, ular maktabgacha yoshda yuqori darajada uchrashi va erta tashxisot qilish uchun prediktorlar aniqlangan, bularning qo‘shimcha markyor sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
qondagi biokimyoviy (ALT, AST, LDG, ishqoriy fosfotaza, gidroksiprolin) ko‘rsatkichlar BTDda visseral o‘zgarishlar mavjudligini ko‘rsatdi va biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda fermentlar bilan gepatobiliar tizim UTT parametrlari o‘rtasida kuchli bog‘liqlik (r=0,6426) aniqlangan;
qondagi makroelementlar muvozanatining buzilishi, jumladan gipokal`semiya va gipomagnemiya, turli yoshdagi bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi rivojlanishiga olib kelishi, Sa va Mg etishmovchiligi biriktiruvchi to‘qimada almashinuv jarayonlarining jiddiy buzilishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
biliar tizim disfunksiyasi holatida biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va boshqarish bo‘yicha amaliy algoritm ishlab chiqilgan va og‘ir kechadigan asoratlarini 45%ga oldini olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida biliar tizim disfunksiyasi kuzatilgan bolalarda klinik, biokimyoviy va instrumental o‘zgarishlarning o‘rganilgan natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: biliar tizim disfunksiyasi (BTD) bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi keng tarqalganligi va bolalarda asosiy tashqi klinik belgilari suyak tizimidagi o‘zgarishlar bo‘lib, ular maktabgacha yoshda yuqori darajada uchrashi va erta tashxisot qilish uchun prediktorlar aniqlangan, bularning qo‘shimcha markyor sifatida xizmat qilishi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrdagi №03/307 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda biliar tizim disfunksiyasini tashxislashni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Shayxontohur tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida 2025 yil 4 fevraldagi №90 buyruq asosida va Toshkent shahri 4-sonli bolalar klinik shifoxonasida 2025 yil 1 fevraldagi №41 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martagi 13-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: BTD bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda suyak-bug‘im alomatlari ko‘p uchrashini va fenotipik belgilarni barvaqt aniqlash biliar tizim kasalliklarini o‘z vaqtida oldini olib, asoratlarni kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: biliar tizim disfunksiyasi bo‘lgan bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasining tashqi belgilarini barvaqt aniqlash kasallik asoratlarini oldini olib, surunkali shakllarning kamayishi hisobiga bemor bolaning kasalxonada yotish kunlari qisqardi va 159 nafar bemor uchun 22260000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: klinik va fenotipik belgilar asosida BTDni erta aniqlash kasalxonada yotish kunlarini qisqartirdi va bir nafar bemor xisobiga statsionarda davolash uchun byudjet mablag‘larini 140000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: biliar tizim disfunksiyasi (BTD) bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi keng tarqalganligi va bolalarda asosiy tashqi klinik belgilari suyak tizimidagi o‘zgarishlar bo‘lib, ular maktabgacha yoshda yuqori darajada uchrashi va erta tashxisot qilish uchun prediktorlar aniqlangan, bularning qo‘shimcha markyor sifatida xizmat qilishi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrdagi №03/307 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda biliar tizim disfunksiyasini tashxislashni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Shayxontohur tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida 2025 yil 4 fevraldagi №90 buyruq asosida va Toshkent shahri 4-sonli bolalar klinik shifoxonasida 2025 yil 1 fevraldagi №41 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martagi 13 son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonidagi biliar tizim disfunksiyasi bo‘lgan bolalarda ALT, AST, LDG, ishqoriy fosfotaza va gidroksiprolin miqdorining oshishi patologik jarayonlarni erta tashxislash surunkali biliar tizim kasalliklarini o‘z vaqtida oldini oladi va bola xayotini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan biokimyoviy markerlar biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda biliar disfunksiyani erta aniqlash asoratlarni oldini oldi, bemor bolaning kasalxonada yotish kunlari qisqardi va 159 nafar bemor uchun 22260000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotga joriy etish, biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda qo‘llash sog‘liqni saqlash resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlab, bir bemorga o‘rtacha 140000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: qondagi makroelementlar muvozanatining buzilishi, jumladan gipokal`semiya va gipomagnemiya, turli yoshdagi bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi rivojlanishiga olib kelishi, Sa va Mg etishmovchiligi biriktiruvchi to‘qimada almashinuv jarayonlarining jiddiy buzilishiga sabab bo‘lishi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrdagi №03/307 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda biliar tizim disfunksiyasini tashxislashni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Shayxontohur tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida 2025 yil 4 fevraldagi №90 buyruq asosida va Toshkent shahri 4-sonli bolalar klinik shifoxonasida 2025 yil 1 fevraldagi №41 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martagi 13-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: biliar tizim disfunksiyasi va biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda aniqlangan makroelementlarning o‘zgarishi ushbu patologiyani erta aniqlash va asoratlar rivojlanishini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: biriktiruqchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda biliar tizim disfunksiyasini tashxislashni optimallashtirish bemor bolaning kasalxonada yotish kunlarini qisqartirdi va 159 nafar bemor uchun 22260000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotga joriy etish, biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda qo‘llash sog‘liqni saqlash resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlab, bir bemorga o‘rtacha 140000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: biliar tizim disfunksiyasi holatida biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va boshqarish bo‘yicha amaliy algoritm ishlab chiqilganligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 sentyabrdagi №03/307 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda biliar tizim disfunksiyasini tashxislashni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Shayxontohur tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida 2025 yil 4 fevraldagi №90 buyruq asosida va Toshkent shahri 4-sonli bolalar klinik shifoxonasida 2025 yil 1 fevraldagi №41 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martagi 13 son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: biliar tizim disfunksiyasi va biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda makroelementlar, biokimyoviy markerlar va UTT parametrlari o‘rtasidagi bog‘liqliklarning aniqlanishi asosida ishlab chiqilgan algoritm kasallikni erta tashxislashga, funksional buzilishlar va surunkali patologiyaning rivojlanishini oldini olib, bolalar hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: biliar tizim disfunksiyasi va BT displaziyasi bo‘lgan bolalarda ishlab chiqilgan algoritmni amaliyotga joriy etish natijasida bolaning kasalxonada yotish kunlarini qisqartirdi va 159 nafar bemor uchun 22260000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash, tashxis taktikasini individuallashtirish sog‘liqni saqlash resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlab, bir bemorga o‘rtacha 140000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.