Murodova Firuza Jalolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili harbiy vatanparvarlik nutqi leksikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4021.
Ilmiy rahbar: Shofqorov Abdishukur Musaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Tojiboev Botir Raximjonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: harbiy vatanparvarlik nutqi leksikasining leksik-struktur, semantik-funksional xususiyatlari hamda mazkur leksikaga oid birliklar o‘rtasidagi semantik munosabatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy vatanparvarlik nutqida ayollar nutqi ham harbiy-estetik mezonlarga mos shakllanishi, harbiy ayol va erkaklar nutqida gender tafovutlar kuzatilmasligi, ushbu nutqda “ayol” konsepti jasorat, fidoyilik va vatanparvarlik ruhini ifodalashi, unda genderlik emas, balki harbiylik va sadoqat ruhi ustuvorligi dalillangan;
harbiy vatanparvarlik nutqining semantik maydoni va lug‘aviy qatlamlari aniqlangan hamda turkiy, arabiy, forsiy va baynalmilal birliklar asosidagi terminlarning faol qo‘llanishi, o‘zlashgan lingvistik birliklarning uslubiy jihatlari isbotlangan;
harbiy vatanparvarlik nutqining semantik xususiyatlari, notiqlik vositasi sifatidagi ahamiyati hamda frazeologizmlarning ma’no va uslubiy funksiyasi o‘rganilib, ularning harbiy xizmatchilarni ruhiy tayyorlashdagi roli asoslangan;
harbiy vatanparvarlik nutqidagi leksik birliklarning leksik-semantik guruhlari, ularning sinonimik, antonimik, giponimik, graduonomik munosabatlari, nomlash usullari va leksik birliklarning funksional hamda semantik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili harbiy vatanparvarlik nutqi leksikasiga oid olingan tadqiqot natijalari asosida
harbiy vatanparvarlik nutqida ayollar nutqi ham harbiy-estetik mezonlarga mos shakllanishi, harbiy ayol va erkaklar nutqida gender tafovutlar kuzatilmasligi, ushbu nutqda “ayol” konsepti jasorat, fidoyilik va vatanparvarlik ruhini ifodalashi, unda genderlik emas, balki harbiylik va sadoqat ruhi ustuvorligi asoslangan ilmiy xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2022-yilda bajarilgan AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha web sayt va platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan.(Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat universitetining 2024-yil 7-noyabrdagi 1161/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada badiiy adabiyotlardagi harbiy vatanparlik nutqlarida “ayol” konsepti, uning jasorat va jangovarlikka qaratilgan o‘ziga xos nutqi, bunday nutq o‘zining jangovar ruhi, siyosiy keskinligi, vatanparvarlik mohiyati va tabiati hamda xalqqa sadoqat ruhida sug‘orilganligi bilan o‘ziga xosligi, unda genderlik xususiyatlarining namoyon bo‘lishiga oid fikrlar, shuningdek, an’anaviylik, vorisiylik, adabiy ta’sir, o‘zaro ta’sir masalalari yangi ma’lumotlar asosida tahlil qilingan va bu davr adabiyotini ilmiy jihatdan o‘rganish maqsadida olib borilgan tadqiqotlar nazariy ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan hamda yangilangan;
harbiy vatanparvarlik nutqining semantik maydoni va lug‘aviy qatlamlari aniqlangan hamda turkiy, arabiy, forsiy va baynalmilal birliklar asosidagi terminlarning faol qo‘llanishi, o‘zlashgan lingvistik birliklarning uslubiy jihatlari, harbiy soha nutqi bo‘yicha Evropa, Markaziy Osiyo hamda o‘zbek tilshunosligida olib borilgan tadqiqotlar qiyosiy tahlilga tortilgan o‘rinlardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisiplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) nomli innovatsion loyihada foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 16-apreldagi 1042/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada harbiy nutq va vatanparvarlik nutqlari, ularning kommunikatsiyasi, ushbu nutqqa xos tantanavorlik, siyosiy iroda, qat’iyat, yakka va jamoaviy nutq foydalanuvchilar o‘rtasida ommalashish darajasiga doir materiallar bo‘lib xizmat qilgan;
harbiy vatanparvarlik nutqining semantik xususiyatlari, notiqlik vositasi sifatidagi ahamiyati hamda frazeologizmlarning ma’no va uslubiy funksiyasi o‘rganilib, ularning harbiy xizmatchilarni ruhiy tayyorlashdagi roli asoslangan hamda ularning Vatan taqdiriga bo‘lgan mas’uliyatini belgilashda notiqlikning o‘rni haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekistion Milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” teleradiokanali AJ tomonidan tayyorlangan “Vatanparvar”, “Navbat bizga” teledasturlarda unumli foydalanilgan. (“Yoshlar” ijodiy birlashmasi Ajning 2025-yil 15-apreldagi 14-02-56-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ishida bugungi kunda harbiylarimiz tomonidan qo‘llanilayotgan murojaat birliklarining oziga xos tomonlari, harbiy mansab, harbiy unvon, harbiy joy, kiyim-kechak, harbiy transport vositalarining bugungi kunda qo‘llanilishiga oid berilgan tavsiyalar qo‘shinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini oshirish, har tomonlama tayyorgarlikka ega, kuchli va bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur harbiy xizmatchilarni tayyorlash, ularning faol hayotiy pozisiyasi va qat’iy e’tiqodi, intellektual salohiyatini, ona Vatan taqdiriga bo‘lgan mas’uliyatini mustahkamlash, fuqarolik burchi va konstitusion majburiyatlarini sadoqat hamda fīdoyilik bilan vijdonan bajarishda notiqlik, xususan, harbiy notiqlik dolzarb ekanligi haqidagi ma’lumotlar bilan boyigan;
harbiy vatanparvarlik nutqidagi leksik birliklarning leksik-semantik guruhlari, ularning sinonimik, antonimik, giponimik, graduonomik munosabatlari, nomlash usullari va leksik birliklarning funksional hamda semantik munosabatlari ifodalangan fikrlaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2022-2023-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan.(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 205-yil 25-apreldagi 815-sonli ma’lumotnomasi). Natijada harbiy nutq leksik funksiyasi, nomlash usullari, turlari, ularning o‘ziga yondosh birliklar bilan munosabati, leksik tasnifi kabi materiallar bilan boyitilgan.