Bobanazarova Jamila Xolmurodovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq joylarida ayollar ish bilan bandligini oshirishning samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari», 08.00.10–Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.DSc/Iqt63.
Ilmiy maslahatchi: Xolmo‘minov Shayzoq Raxmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.28.12.2017.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudoyberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq joylarda ayollar ish bilan bandligini oshirishning samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarining metodologik va metodik asoslarini yaratish asosida ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollar ishchi kuchiga talab va taklifni marketing tahlili metodikasi qishloq mehnat bozorining rivojlanish ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ayollar ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj miqdorini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
ish beruvchilar bilan ish bilan band va ishsiz ayollar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni baholashning sotsiologik so‘rov natijalari asosida aniqlash metodikasi takomillashtirilgan;
qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishning ayollar ish bilan bandligiga ta’siri hamda ayollar uchun xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar demografik omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiyalash asosida kasanachilik mehnatini rivojlantirish samaradorligini oshirish, qishloq joylarida kasanachilik mehnatiga talab va uning taklifini tartibga solish tizimi takomillashtirilgan;
oilaviy biznes faoliyatini kengaytirish, ayollarni kasblarga o‘qitish sifati, samarasini oshirish va qishloq hududlarida rekruting faoliyatini yo‘lga qo‘yishning tashkiliy mexanizmlari ayollar ish bilan bandligining istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq joylarida ayollar ish bilan bandligini oshirishning samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ayollar ishchi kuchiga talab va taklifni marketing tahlili metodikasi qishloq mehnat bozorining rivojlanish ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ayollar ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj miqdorini aniqlash bo‘yicha takliflardan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 4-son buyrug‘i asosida marketing tadqiqotining ayollar ishchi kuchiga talab va taklifni o‘rganish, ular o‘rtasidagi nisbatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish amaliyotiga joriy qilingan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 21 iyundagi 02-07/3228-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar marketing tadqiqotining qishloq joylarda ayollar ishchi kuchiga talab va taklif nisbatlarini baholash, kadrlar marketingi tadqiqoti bo‘yicha axborotlarni to‘plash va tahlil qilish imkoniyatini bergan;
ish beruvchilar bilan ish bilan band va ishsiz ayollar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni baholash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar «Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilingan va amaliy faoliyatiga joriy etilgan («Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 196-son ma’lumotnomasi). Natijada ish beruvchilar tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar, mehnat sharoitlarini yaxshilash borasidagi takliflar bo‘yicha talablar shakllantirish va o‘quv yurti bitiruvchi qizlarining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirishga erishish natijasida 14 hududda tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan ayollar uchun 23 ta yangi ish o‘rni yaratilgan;
qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishning ayollar ish bilan bandligiga ta’siri hamda xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish yo‘nalishlari demografik omillarni hisobga olgan holda ish bilan bandlikning maqbul tuzilmasini shakllantirish bo‘yicha takliflar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan qabul qilingan va 2018 yil 26 sentyabrdagi 213/2-ich son buyrug‘i bilan qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlanish strategiyasining hududiy dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 25 sentyabrdagi 02-07/5055-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish ayollar uchun xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini bergan;
iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiyalash asosida kasanachilik mehnatini rivojlantirish samaradorligini oshirish, qishloq joylarida kasanachilik mehnatiga talab va uning taklifini tartibga solish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 26 sentyabrdagi 213/2-ich son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 25 sentyabrdagi 02-07/5055-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilganligi natijasida korxonalarning ishlab chiqarish dasturiga kiritilgan mahsulotlar va xizmatlar bo‘yicha kasanachilik mehnati bilan bog‘liq holda bajariladigan faoliyatda yangi ish joylarini yaratishga kam sarf-xarajatlar qilinishi sababli kasanachilik mehnatining hududlarda 35,5 foizga oshishiga erishilgan;
oilaviy biznes faoliyatini kengaytirish, ayollarni kasblarga o‘qitish sifati, samarasini oshirish va qishloq hududlarida rekruting faoliyatini yo‘lga qo‘yishning tashkiliy mexanizmlari ayollar ish bilan bandligining istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan takliflardan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan amaliyotga tatbiq etish ko‘p bolali ayollar uchun kvotalangan ish o‘rinlarini tashkil qilish, zamonaviy ish o‘rinlariga ayollarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashga davlat buyurtmasi tizimini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2017 yil 28 avgustdagi 04/1155-15-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar natijasida oilaviy biznesni hududiy rivojlanishning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarida ish bilan bandlikning noan’anaviy turlari ko‘lamini kengaytirish, ish bilan band bo‘lmagan ayollarni ishga joylashtirish salmog‘ini istiqbollashtirish imkonini bergan.