BABADJANOV Azam Xasanovich: «Jigar sirrozi bilan bemorlarda hayot prognozini integral baholash va portosistem shuntlashning konseptual asoslari» (14.00.27) - akademik V.Voxidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi (100115, Toshkent sh., Farxod ko‘ch., 10. Tel.: (99871) 277-69-10; faks: (99871) 277-26-42; e-mail: cs.75@mail.ru), (dissertatsiya rus tilida).

    Ilmiy maslahatchi: F.G. Nazirov

    Dissertatsiya bajarilgan muassasa: akademik V.Voxidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi

    Rasmiy opponentlar:Gal`perin E.I., Karimov Sh.I., Xadjibaev A.M.

    Yetakchi tashkilot: Rossiya tibbiyot fanlari Akademiyasi «Akademik B.V.Petrovskiy nomli Rossiya jarrohlik ilmiy markazi» Federal Davlat byudjet muassasasi, Moskva

    Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

 

    I. Tadqiqotning maqsadi: jigarning qarindosh transplantatsiyasini bajarish zarurati va optimal muddatlarini aniqlash uchun jigar sirrozi (JS) bilan og‘rigan bemorlarda portal gipertenziyani (PG) davolash portosistem shuntlashdan (PSSh) keyin «hayot sifati»ning prognostik tahlili va asoratlar rivojlanish havfini baholashning integral sistemasiga asoslangan xirurgik davolash konsepsiyasini ishlab chiqish.

    II. Dissertatsiya tadqiqoti natijalarining ilmiy yangiligi:

    PSShning zamonaviy PG xirurgiyasidagi roli, uning JS bilan og‘rigan bemorlar uchun prognostik ahamiyati va raqobat istiqbollari aniqlangan («Annali xirurgicheskoy gepatologii», – Moskva, 2010. - №3. -T.15. - S.66-75);

    ilk bor yashab qolish prognozi verifikatsiyasi, jigar transplantatsiyasi zaruratini baholash uchun MELD prognostik shkalasi bo‘yicha PSSh ning qon ketish havfi bo‘lgan JS bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning kechishi va bemor ahvolining og‘irligiga bo‘lgan ta’siri baholandi («Annali xirurgicheskoy gepatologii», – Moskva, 2013. -T.18. - №4. - S.66-72);

    ilk bor CLDQ maxsus so‘rovnomasi asosida PSSh dan keyin JS bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifati tahlil qilindi. PSSh ning portal sistema dekompressiya turiga bog‘liq ravishda hayot sifati ko‘rsatkichi dinamikasiga ta’siri aniqlandi («Vestnik eksperimental`noy i klinicheskoy xirurgii», – Voronej, 2012. - T.V. -№3. - S. 509-516);

    PG sindromi bo‘lgan bemorlar uchun gastrozofageal kollektorni karkas protez ustida ligatura yordamida ajratishning yangi usuli taklif etilgan (O‘zR pantenti №IAP 04331, 29.04.2011y).

    III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi: dissertatsiya ishi bajarish mobaynida 1 ta O‘zbekiston Respublikasi patenti olindi (№IAP 04331, 29.04.2011y.) va «Portal gipertenziya rejali xirurgiyasi: diagnostika va davolash standartlari» Uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqildi, hamda sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etildi (25.02.2014 yildagi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash Vazirligi xulosasi). Olingan tadqiqot natijalari va ishlab chiqilgan integral dasturlar JS va PG bilan bemorlar diagnostikasi sifatini yaxshilash, davolash taktikasini optimallashtirish, operatsiyadan keyingi asoratlar sonini kamaytirish, shuningdek portosistem shuntlashdan keyin yashab qolish potensial prognozini aniqlash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish