Samadov Tursunboy Adxamjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Axborotlashgan jamiyatda inson kapitalini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal1426
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Falsafa fanlari nomzodi, dotsent Norqo‘ziev Sodiqjon Xakimovich.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Baxodirjon Sadikjanovich Falsafa fanlari doktori(DSc), professor; Abdullaev Elmurod Bozorboy o‘g‘li Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Axborotlashgan jamiyatda yoshlar tarixiy ongini takomillashtirishning ijtimoiy va ma’naviy omillarini ochib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zbek jamiyatida axborot madaniyati yangi tafakkur turi sifatida inson kapitalining asosiy xususiyatlaridan biriga aylanib borishi orqali jamiyatda ekzogen (inson kapitali, barqaror muhit, faoliyat) hamda endogen (ishonch va xarakatchanlik) omillarning o‘zaro dialektik aloqadorligini ta’minlab, inson salohiyatini dinamik resursi sifatida bilimning pragmatik qiymatini belgilab berishi falsafiy asoslangan;
“Inson kapitali” fenomeni zamonaviy axborot jamiyati tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida praksiologik faoliyat va ishonch tamoyillari paradigmasida ijtimoiy o‘zaro ta’sir mexanizmlariga asoslanib, axborotlashuv sharoitida kapital va mehnat axborot va bilimga bog‘liqligi sababli industrial jamiyatning asosi ekanligi asoslangan;
axborotlashgan jamiyatda kommunikatsiya tarmoqlarining madaniy va ijtimoiy o‘zgarishlarga ta’siri, inson kapitalining o‘ziga xos (ta’lim, salomatlik, qadriyat) institusional jihatlariga koevolyusion maqsadga erishish konfiguratsiyasini belgilovchi paradigma ekanligi ochib berilgan;
axborotlashgan jamiyatda ta’lim inson kapitalini shakllantirishning muhim omili sifatida shaxsning intellektual va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishi jamiyatda bilimga asoslangan iqtisodiyotni mustahkamlab, faoliyatda ijtimoiy harakatchanlikni ta’minlashi mantiqiy aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlashgan jamiyatda inson kapitalini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillarini tahlil qilish asosida:
zamonaviy o‘zbek jamiyatida axborot madaniyati yangi tafakkur turi sifatida inson kapitalining asosiy xususiyatlaridan biriga aylanib borishi jamiyatda ekzogen (inson kapitali, barqaror muhit, faoliyat) hamda endogen (ishonch va xarakatchanlik) omillarning o‘zaro dialektik aloqadorligini ta’minlab, inson salohiyatini dinamik resursi sifatida bilimning pragmatik qiymatini belgilashga doir ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan IL-21101893-sonli “Kambag‘allikni kamaytirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarish hamda TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazi” tomonidan foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazining 2025- yil 20-maydagi 01/1-80-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda inson salohiyatini dinamik resursi sifatida bilimning pragmatik qiymatini ochib berishga va inson kapitalining o‘ziga xos (ta’lim, salomatlik, qadriyat) institusional jihatlarini ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
“Inson kapitali” fenomeni zamonaviy axborot jamiyati tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida praksiologik faoliyat va o‘zoro ishonch tamoyillari paradigmasida ijtimoiy o‘zaro ta’sir mexanizmlariga asoslanishi kapital va mehnat o‘z o‘rnini axborot va bilimga bog‘liqligi industrial jamiyatning asosi ekanligiga doir ilmiy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil yanvar, mart oylaridagi “Munosabat”, “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvlari va turli ijtimoiy roliklarni samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 14-maydagi 05-09-663-son ma’lumotnomasi). Natijada amiyatda axborot va bilimni rivojlantirish industrial jamiyatning asosi sifatida haxsning intellektual va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishi jamiyatda bilimga asoslangan iqtisodiyotni mustahkamlashga xizmat qilgan;
zamonaviy jamiyatdagi kommunikatsiya tarmoqlarining madaniy va ijtimoiy o‘zgarishlarga ta’siri inson kapitalining o‘ziga xos (ta’lim, salomatlik, qadriyat) institusional jihatlariga koevolyusion maqsadga erishish konfiguratsiyasini belgilovchi paradigmalarini ochib berishga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar, targ‘ibot faoliyati va saylovoldi dasturlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2025-yil 16-maydagi 01-06/142-son dalolatnomasi). Natijada, inson kapitalini rivojlantirish, mehnat bozorini takomillashtirish, aholi migratsiyasini tartibga solish, kishilar ortasidagi ijtimoiy munosabatlarni saqlash, jamiyatda ijtimoiy farovonlikni ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali inson kapitalini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda ta’lim inson kapitalini shakllantirishning muhim omili sifatida shaxsning intellektual va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishi jamiyatda bilimga asoslangan iqtisodiyotni mustahkamlab, faoliyatda ijtimoiy harakatchanlikni ta’minlashiga oid xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil yanvar, mart oylaridagi “Munosabat”, “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvlari va turli ijtimoiy roliklarni samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 14-maydagi 05-09-663-son ma’lumotnomasi). Natijada amiyatda axborot va bilimni rivojlantirish industrial jamiyatning asosi sifatida haxsning intellektual va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishi jamiyatda bilimga asoslangan iqtisodiyotni mustahkamlashga xizmat qilgan.