Aliev Nozimjon Nurullajon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat va ilmiy-texnik taraqqiyotning oʻzaro aloqadorligi: ijtimoiy–falsafiy tahlil” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal1470
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatadigan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Bahodirjon Sadikjonovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor v.b., Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat taraqqiyotida ilmiy-texnik rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligini ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilmiy-texnik taraqqiyotning sotsiogenezdagi determinant roli hamda uning sivilizatsion transformatsiyalardagi paradigmal funksiyasi inson va jamiyat o‘rtasida teleologik va evolyusion xususiyatlarning o‘zaro dialektik uyg‘unligini ta’minlab, global va mahalliy miqyosida kreativ tafakkur va ijodkorlik faoliyatini  rivojlantiruvchi falsafiy hodisa ekanligi ochib berilgan;
sotsium va texnosferaning sinergetik aloqadorligi hamda ularning koevolyusion jarayonlaridagi antagonistik va komplementar aspektlari falsafiy-metodologik asosda tahlil qilinib, texnologiyaning inson qadriyatlari, axloqiy va madaniy tamoyillarga ta’siri, ijtimoiy barqarorlikka qo‘shgan hissasi ilmiy asoslangan;
texnogenez natijasida yuzaga kelgan ekologik krizis, sotsial polyarizatsiya va aksiologik dezorientatsiya kabi muammolarini bartaraf etish hamda strategik rivojlanishni ta’minlash uchun ilmiy texnik yutuqlardan mas’uliyatli va oqilona foydalanishga, texno-gumanistik hamjihatlikka asoslangan falsafiy strategiya zaruriyati dalillangan;
texnologik determinizm va ijtimoiy konstruktivizmning integrativ yondashuvi asosida texnoinnovatsiyalarning ijtimoiy institutlar, aksiologik tizim, mehnat bozori va sotsial-maishiy faoliyatdagi ahamiyati hamda ijtimoiy-madaniy muhitning ontologik strukturalarini o‘zgartiruvchi kompleks jarayon  ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ilmiy-texnik taraqqiyotning sotsiogenezdagi determinant roli hamda uning sivilizatsion transformatsiyalardagi paradigmal funksiyasi inson va jamiyat o‘rtasida teleologik va evolyusion xususiyatlarining o‘zaro dialektik uyg‘unligini ta’minlab, global va mahalliy miqyosida kreativ tafakkur va ijodkorlik faoliyatini  rivojlantiruvchi falsafiy hodisa ekanligi ochib berilganligi kabi taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon,ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 18-bandi “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 5-martdagi 10-101-ѕon ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar fuqarolarning huquqiy ongi va media savodxonligini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.
sotsium va texnosferaning sinergetik aloqadorligi hamda ularning koevolyusion jarayonlaridagi antagonistik va komplementar aspektlari falsafiy-metodologik asosda tahlil qilinib, texnologiyaning inson qadriyatlari, axloqiy va madaniy tamoyillarga ta’siri, ijtimoiy barqarorlikka qo‘shgan hissasi ilmiy asoslanganligi kabi yangiliklaridan Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida huquqiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy yo‘nalishlardagi chora-tadbirlar dasturlari hamda yo‘l xaritalarini shakllantirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 25-fevraldagi 2-13-21-1014-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur dissertatsiyadagi nazariy-ilmiy xulosa va amaliy takliflar yoshlar ongida erkin tafakkur rivojiga, o‘zlarining ilmiy-texnik tafakkur olamini tahlil qilishga hamda jamiyatdagi shaxslarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda;
texnogenez natijasida yuzaga kelgan ekologik krizis, sotsial polyarizatsiya va aksiologik dezorientatsiya kabi muammolarini bartaraf etish hamda strategik rivojlanishni ta’minlash uchun ilmiy texnik yutuqlardan mas’uliyatli va oqilona foydalanishga, texno-gumanistik hamjihatlikka asoslangan falsafiy strategiya zaruriyati dalillanganligi kabi ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi “Adolatchi ayollar bong uradi” va “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” kabi loyihalarida doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda keng foydalanildi. (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2025-yil 4-martdagi 01-05/46-son ma’lumotnomasi). Natijada partiyaning ilmiy-amaliy konferensiyalari, ѕseminarlari hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlari jamiyat va ilmiy-texnik taraqqiyotga doir g‘oyalar bilan boyitildi;
texnologik determinizm va ijtimoiy konstruktivizmning integrativ yondashuvi asosida texnoinnovatsiyalarning ijtimoiy institutlar, aksiologik tizim, mehnat bozori va sotsial-maishiy faoliyatdagi ahamiyati hamda ijtimoiy-madaniy muhitning ontologik strukturalarini o‘zgartiruvchi kompleks jarayon  ekanligi isbotlanganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Ixtirochi yoshlar”, “Kelajakka yo‘l” va “Munosabat” kabi ko‘rsatuvlarning ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining 2025-yil 21-fevraldagi 02-09-211-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalardan jamiyat va ilmiy-texnik taraqqiyot mavzusi ostida tayyorlangan ko‘rsatuvlarning mazmuni yanada boyidi. Bunda jamiyat hamda fan-texnika taraqqiyoti o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik konsepsiyasining ijtimoiy tamoyillari va hozirgi jamiyatimiz taraqqiyot strategiyasida fan, ta’lim-tarbiya masalalariga keng o‘rin berilishi kabi omillar ilmiy xulosalar bilan boyitilib, mazkur ko‘rsatuvlarning mazmundorligini oshirishga xizmat qildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish