Nurmedov Nurmuxammed Axmed o‘g‘lining 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘l jangi bilan shug‘ullanuvchilarni musobaqalarga tayyorlash samaradorligi” 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9642.
Ilmiy rahbar: Xo‘jamkeldiev G‘afur Sulton o‘g‘li pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘li pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Anashov Valixan Djumaxonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘l jangi bilan shug‘ullanuvchilarni musobaqalarga tayyorlash samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi qo‘l jangchilarining musobaqa faoliyatidagi taktik harakatlar samaradorligini oshirish maqsadida jangovor holatda turish, ritm intensivligi, traektoriya, zarbalar, harakat shiddatini o‘zgaruvchan pozisiyalarda asosiy zarbalarni to‘rt turdagi masofalarda joylangan holda bajarish hisobiga texnik usullarni mutanosiblikda bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
qo‘l jangchilarining zarba kuchi va tezligini oshirish maqsadida qo‘l, yoq va tanaga qo‘shimcha og‘irliklar yordamida plyometrik mashqlar, turli tezlanishlarda yugurishlar, sparing hamda simulyasiya bellashuvlari, blok qo‘yish, qarshi hujum kabi kombinatsiyalardan foydalanish hisobiga turli vazndagi sportchilarni integral tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan;
qo‘l jangi bilan shug‘ullanuvchilarning bellashuvdagi tik va parter holatidagi himoya harakatlarni bajarishda raqibga nisbatan proprioseptiv boshqaruv zarbalarni berish, statik va dinamik barqarorlikdan chiqarish, tik turgan holarda tashlash texnik harakatlari bajarish, bo‘g‘ish hamda og‘riqli usullardan musobaqa oldi siklida foydalanish hisobiga qarshi hujum harakatlarini samarali bajarish imkoniyatlari oshirilgan;
qo‘l jangichilarning hujum harakatlariga qarshi javob qaytarish jarayonlarida kutilmagan va yuqori intensivlikdagi zarbalarga muvozanatni yo‘qotmasdan, adekvat javob zarbalarini berishda moro, qo‘l-oyoq koordinatsiyasiga ta’sir qiluvchi reflekslarni tarbiyalash hisobiga zarba kuchi va yoʻnalishini aniq belgilash imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. qo‘l jangi bilan shug‘ullanuvchilarni musobaqalarga tayyorlash samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi qo‘l jangchilarining musobaqa faoliyatidagi taktik harakatlar samaradorligini oshirish maqsadida jangovor holatda turish, ritm intensivligi, traektoriya, zarbalar, harakat shiddatini o‘zgaruvchan pozisiyalarda asosiy zarbalarni to‘rt turdagi masofalarda joylangan holda bajarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Nukus shahar 1-sonli va 2-sonli sport maktabining qo‘l jangi o‘quv-mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 20-fevral 01-03/924-son ma’lumotnoma). Natijada, tajriba guruhi sinaluvchilarning bo‘y balandligi 14,3 % ga yaxshilangan;
qo‘l jangchilarining zarba kuchi va tezligini oshirish maqsadida qo‘l, yoq va tanaga qo‘shimcha og‘irliklar yordamida plyometrik mashqlar, turli tezlanishlarda yugurishlar, sparing hamda simulyasiya bellashuvlari, blok qo‘yish, qarshi hujum kabi kombinatsiyalardan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Nukus shahar 2-sonli sport maktabining qo‘l jangi o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 20-fevral 01-03/924-son ma’lumotnoma). Natijada, chalqancha yotgan holda gavdani oldinga ko‘tarish mashqida 15,7 % ga o‘sgan;
qo‘l jangi bilan shug‘ullanuvchilarning bellashuvdagi tik va parter holatidagi himoya harakatlarni bajarishda raqibga nisbatan proprioseptiv boshqaruv zarbalarni berish, statik va dinamik barqarorlikdan chiqarish, tik turgan holarda tashlash texnik harakatlari bajarish, bo‘g‘ish hamda og‘riqli usullardan musobaqa oldi siklida foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Buxoro viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan  sport maktabining qo‘l jangi o‘quv-mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 20-fevral 01-03/924-son ma’lumotnoma). Natijada, tajriba guruhi sportchilarining 1-daqiqa davomida chalqancha uloqtirish 12,10 % ga yaxshilangan;
qo‘l jangichilarning hujum harakatlariga qarshi javob qaytarish jarayonlarida kutilmagan va yuqori intensivlikdagi zarbalarga muvozanatni yo‘qotmasdan, adekvat javob zarbalarini berishda moro, qo‘l-oyoq koordinatsiyasiga ta’sir qiluvchi reflekslarni tarbiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon shahar Qo‘l jangi markazining qo‘l jangi o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 20-fevral 01-03/924-son ma’lumotnoma). Natijada, tajriba guruhi sportchilarining “Mavashi geri” usulida to‘ldirma to‘pni 1 daqiqa davomida tepish 8,59 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish