Xamidov Akmal Amrulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4916.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Alamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sharifzoda Sardorbek O‘razboy tabib o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini shakllantirishda ota-onalar va pedagoglarning munosabati o‘smir yoshdagi o‘quvchilarni shaxsiy kamoloti, emotsional intellekti va mustaqil fikrlash salohiyatini uyg‘un rivojlantiruvchi milliy tarbiya usullari (nasihat, ibrat, urf-odatlar) va axloqiy dilemmalarni rolli o‘yinlar senariylariga gender yondashuv elementlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini shakllantirish mazmuni kognitiv (bilim), emotsional (his-tuyg‘u) va ijtimoiy (munosabat) qadriyatlarga ko‘ra integratsiyalangan mavzularni shaxsiy pozisiyani tarkib toptirish asosida interaktiv tarbiya metodikalariga tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli psixodiagnostik metodikalar (Dembo-Rubinshteyn shkalasi, “Men kimman?” anketa-testlari, «O‘z-o‘zini baholash barometri»)ni “Men” konsepsiyalari bilan bog‘lab, “Tarbiya” fani mazmuniga axloqiy-ma’naviy mazmundagi tarbiyaviy mavzularni kiritish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash indikatorlar tizimini shakllantirish yondashuvi ulubiy jihatdan o‘smir yoshda shaxsiy maqsad qo‘yish salohiyati rivojlanganligining inert (o‘zini baholash passiv, ko‘proq tashqi bahoga tayanadi), vaziyatli (jamoa fikri ta’siri kuchli, tashqi sharoitga moslashishda sezilarli tayanish), adekvat (shaxsiy imkoniyatlarni to‘g‘ri va real baholay olish) va refleksiv (o‘z xatti-harakatlari, qarorlari va natijalarini chuqur tahlil qila olish) darajalar kesimida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gender yondashuv asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini shakllantirishda ota-onalar va pedagoglarning munosabati o‘smir yoshdagi o‘quvchilarni shaxsiy kamoloti, emotsional intellekti va mustaqil fikrlash salohiyatini uyg‘un rivojlantiruvchi milliy tarbiya usullari (nasihat, ibrat, urf-odatlar) va axloqiy dilemmalarni rolli o‘yinlar senariylariga gender yondashuv elementlarini kiritish asosida takomillashtirishga oid oid takliflaridan FZ-2016-0910202206 – davlat qayd raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” nomli fundamental tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2024-yil 26-noyabrdagi 01/15-09/185-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini shakllantirishda ota-onalar va pedagoglarning munosabati milliy tarbiya usullari va axloqiy dilemmalarni rolli o‘yinlar ssenariylariga gender yondashuv elementlarini kiritish asosida takomillashtirishga erishilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini shakllantirish mazmuni kognitiv (bilim), emotsional (his-tuyg‘u) va ijtimoiy (munosabat) qadriyatlarga ko‘ra integratsiyalangan mavzularni shaxsiy pozisiyani tarkib toptirish asosida interaktiv tarbiya metodikalariga tatbiq etish orqali takomillashtirishgaga oid mualliflik g‘oyalaridan 2024-yil 21-iyundagi “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-232-son Qarorning 2-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 03-28-3731-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini shakllantirish mazmuni integratsiyalangan mavzularni shaxsiy pozisiyani tarkib toptirish asosida interaktiv tarbiya metodikalariga tatbiq etish orqali takomillashtirishga erishilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli psixodiagnostik metodikalar (Dembo-Rubinshteyn shkalasi, “Men kimman?” anketa-testlari, “O‘z-o‘zini baholash barometri”)ni “Men” konsepsiyalari bilan bog‘lab, “Tarbiya” fani mazmuniga axloqiy-ma’naviy mazmundagi tarbiyaviy mavzularni kiritish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan FZ-2016-0909111822 – “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” nomli fundamental tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2024-yil 26-noyabrdagi 01/15-09/185-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli “Tarbiya” fani mazmuniga axloqiy-ma’naviy mazmundagi tarbiyaviy mavzularni kiritish asosida takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash indikatorlar tizimini shakllantirish yondashuvi ulubiy jihatdan o‘smir yoshda shaxsiy maqsad qo‘yish salohiyati rivojlanganligining inert (o‘zini baholash passiv, ko‘proq tashqi bahoga tayanadi), vaziyatli (jamoa fikri ta’siri kuchli, tashqi sharoitga moslashishda sezilarli tayanish), adekvat (shaxsiy imkoniyatlarni to‘g‘ri va real baholay olish) va refleksiv (o‘z xatti-harakatlari, qarorlari va natijalarini chuqur tahlil qila olish) darajalar kesimida takomillashtirishga oid tavsiyalardan “2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur”ni ijrosini ta’minlashda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 03-28-3731-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash indikatorlar tizimini shakllantirish yondashuvi ulubiy jihatdan o‘smir yoshda shaxsiy maqsad qo‘yish salohiyati rivojlanganligining inert, vaziyatli, adekvat va refleksiv darajalar kesimida takomillashtirishga erishilgan.