Sotiboldieva Go‘zalxon Tolibjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona viloyati kol`matajlangan tuproqlarining biogeokimyoviy xususiyatlari va ulardan foydalanish», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/V222.

Ilmiy rahbar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.

Rasmiy opponentlar: Tursunov Xamza Xamdamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ismanov Abduvahob Jo‘raevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan kol`matajlangan tuproqlarning xossalari, genezisi va biogeokimyoviy xususiyatlari, makro- va mikroelementlarning provinsiya holatlarini aniqlash hamda elementlar uchun fon ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

So‘x va Isfayramsoy daryo yoyilmalaridagi tuproqlarda mikroelementlar manbai daryo suvlari tarkibidagi cho‘kindi loyqalar ekanligi isbotlangan;

siklik elementlar, tarqoq er elementlari guruhlari, lantanoidlar sug‘oriladigan kol`matajlangan tuproqlari tarkibidagi miqdori dunyo tuproqlari va litosfera bilan solishtirish asosida tuproqlar uchun fon ishlab chiqilgan;

kol`matajlangan tuproqlarda profilida Sc, Sr, Mn, Co, Cu, Zn, As elementlar yaqqol akkumulyasiyalanmaganligi, shu bilan birga borli provinsiya mavjudligi aniqlanib, undan foydalanish takomillashtirilgan;

kimyoviy elementlarning logarifm (log) miqdorlari bilan litosfera uchun ishlangan logarifm (log) me’yorlari solishtirilib, o‘zaro yaqinligi hamda ularning genezisi litosfera ekanligi isbotlangan;

biomikroelementlarning akkumulyasiya tartibi Mn>Zn>B>Cu>Mo holatida bo‘lib, ko`matajlangan tuproqlarda bunday jarayon yo‘qligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Farg‘ona viloyatining  kol`matajlangan tuproqlarining biogeokimyoviy xususiyatlari va ulardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

uzum-bog‘dorchilik yo‘nalishida ekinlarni tanlab ekish agrotexnikasi Farg‘ona tumanidagi “Mayramxon O‘tkirbek zamini” va Quvasoy shahridagi “Nurmatov Ahmadjon” fermer xo‘jaliklarining 50 gektar er maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 02/023-170-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarda uzum-bog‘dorchilikdan olingan hosil sifatini yaxshilash va rentabelligini 15–20 foizga oshirish imkonini bergan;

ildizmevali ekinlarni tanlab ekish agrotexnikasi O‘zbekiston tumani “Malika” va “Anvarjon zamini ko‘rki” fermer xo‘jaliklarining 153 gektar er maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 02/023-170-son ma’lumotnomasi). Natijada qand lavlagi ekilgan maydonlardan olingan hosilda V elementiga bo‘lgan muhtojligi bois kelib chiqadigan o‘zak chirishi kasalligini oldini olish va qo‘shimcha 10–20 s/ga hosil olish imkonini bergan;

kol`matajlangan tuproqlardagi 32 ta kimyoviy elementlar uchun ishlab chiqilgan fon miqdorlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 21 maydagi 03-03/2-2611-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fon miqdorlari qo‘mita tomonidan davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish