Pardaev Botir Raxmatullaevichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
     Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasida xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3165.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01 
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nutfullo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turizm sohasida xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalangan holda viloyatda turizmning eko hamda ekstremal kabi turlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy talablar asosida ekologik tez quriladigan joylashtirish vositalari, savdo-ko‘ngilochar va boshqa turizm infratuzilmasi obektlarini barpo etish, shuningdek, tog‘li hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish asosida turistik-rekreatsion zonasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarning “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etiladigan “Top-quality service” o‘quv kurslarida malakasi doimiy oshirib borilishini tashkil etish bo‘yicha asoslangan takliflar dalillangan;
hududlarda “Ziplayn, tomosha terassasi (Viewpoint), zorbing markazi” tashkil qilishda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish, turistik obektlarni qurish davrida o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirmaslik, tabiiy majmualarga turistik faoliyatning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida “Ohalik”, “Oqbo‘yro” hamda “Mironqul” tog‘ turizmi loyihalari hududlarini zamonaviy ekologik talablar asosida tez quriladigan modulli va kapsulali joylashtirish vositalari, o‘tov va avtokemping lagerlarini barpo qilishga ixtisoslashtirish orqali taqdim etiladigan xizmatlar turini kengaytirish asosida “Dizayn-kod” loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha asoslangan takliflar asoslangan;
turistik-rekreatsion hududlarda yakka va guruhdagi turistlar ommaviy jamlanadigan va murakkab tabiiy to‘siqlarga ega joylarda profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, og‘ir ahvolda qolgan shaxslarga zarur yordam ko‘rsatishga va turistlarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan turistik nazorat va qutqaruv xizmatlari tizimini yaratish maqsadida turistlar uchun favqulodda holatlarda shoshilinch tibbiy yordam va “Tezkor aloqa liniyasi” telefon raqamlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish asosida turistik zona “Call center” xizmati modelini ishga tushirish bo‘yicha takliflar asoslangan;
Samarqand viloyatining turizm sohasini samarali rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasida xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish  yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalangan holda viloyatda turizmning eko hamda ekstremal kabi turlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy talablar asosida ekologik tez quriladigan joylashtirish vositalari, savdo-ko‘ngilochar va boshqa turizm infratuzilmasi obektlarini barpo etish, shuningdek, tog‘li hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish asosida turistik-rekreatsion zonasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarning «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etiladigan “Top-quality service” o‘quv kurslarida malakasi doimiy oshirib borilishini tashkil etish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 6-fevraldagi PQ-60-son “Ohalik — Oqbo‘yro — Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi hududida turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida “Dasturi”ga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 2-iyuldagi 03-10-17/5856-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatining turistik-rekreatsion hududida turistlar xavfsizligini ta’minlash va professional xizmat ko‘rsatish sifati samaradorligi 10%ga oshishiga erishildi;
hududlarda “Ziplayn, tomosha terassasi (Viewpoint), zorbing markazi” tashkil qilishda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish, turistik obektlarni qurish davrida o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirmaslik, tabiiy majmualarga turistik faoliyatning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida «Ohalik», «Oqbo‘yro» hamda «Mironqul» tog‘ turizmi loyihalari hududlarini zamonaviy ekologik talablar asosida tez quriladigan modulli va kapsulali joylashtirish vositalari, o‘tov va avtokemping lagerlarini barpo qilishga ixtisoslashtirish orqali taqdim etiladigan xizmatlar turini kengaytirish asosida  «Dizayn-kod» loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 6-fevraldagi PQ-60-son “Ohalik — Oqbo‘yro — Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi hududida turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida “Dasturi”ga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 2-iyuldagi 03-10-17/5856-son ma’lumotnomasi). Natijada turistik-rekreatsion zonasining turistik jozibadorligi indeksi 7,4 ni tashkil etishiga imkon yaratdi;
turistik-rekreatsion hududlarda yakka va guruhdagi turistlar ommaviy jamlanadigan va murakkab tabiiy to‘siqlarga ega joylarda profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, og‘ir ahvolda qolgan shaxslarga zarur yordam ko‘rsatishga va turistlarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan turistik nazorat va qutqaruv xizmatlari tizimini yaratish maqsadida turistlar uchun favqulodda holatlarda shoshilinch tibbiy yordam va «Tezkor aloqa liniyasi» telefon raqamlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish asosida turistik zona «Call center» xizmati modelini ishga tushirish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 6-fevraldagi PQ-60-son “Ohalik — Oqbo‘yro — Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi hududida turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida “Dasturi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 2-iyuldagi 03-10-17/5856-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xorijiy turistlarning Samarqand viloyatida bo‘lishining o‘rtacha  davomiyligi 35 foizga oshishiga imkon yaratgan;
Samarqand viloyatining turizm sohasini samarali rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm  qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan «2025-2030-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «YO‘l xaritalari»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 2-iyuldagi 03-10-17/5856-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatida tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga hududlar turizmida xavfsizlikni ta’minlashning imkoniyatlariga bo‘lgan talabni aniqlash orqali turistik xavfsizlik kompozit indeksi 28%ga oshishi bashoratlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish