Meyliev Ulmas Farmonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari” 09.00.05 – Milliy g‘oya va targ‘ibot texnologiyalari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fal1398.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Ilmiy rahbar: Musaev Odil Raxmatovich falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Bo‘taev Usmon Xayrullaevich siyosiy fanlari doktori, professor; Norqulov Suxrob Do‘stmurodovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv jarayonida yuzaga kelayotgan ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarni, ularning ijtimoiy ongga va milliy qadriyatlarga ta’sir darajasini tahlil qilish hamda O‘zbekiston sharoitida ushbu tahdidlarga qarshi kurashning samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va ilmiy asoslashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv jarayonida yuzaga kelayotgan “ommaviy madaniyat”, “mafkuraviy immunitet”, “aql paradigmalari” kabi kategoriyalar ong va dunyoqarashga ta’sir etuvchi konseptual muhit sifatida shaxsda tarixiy ong, madaniy identiklik va ma’naviy barqarorlikni yo‘qotishga yo‘naltirilgan global imperativlar bilan aloqadorligi asoslangan;
mafkuraviy tahdidlar orqali shaxs tafakkur uslubi, ma’naviy qaror qabul qilish qobiliyati va dunyoqarashidagi turfa individual ta’sirchanliklardan himoyalashda milliy manfaatlar, tarixiy qadriyatlar va ongli fuqarolik pozisiyasini himoya qilishga qaratilgan kompleks mafkuraviy-mexanik tizim bilan bog‘liq g‘oyaviy asoslar ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, axborot makonida milliy manfaatlarni himoya qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi mexanizmlari milliy ong va ma’naviy xavfsizlik o‘rtasidagi murakkab dialektik bog‘lanish asosida ochib berilgan;
O‘zbekiston jamiyatida barkamol shaxsni shakllantirish jarayonida ma’naviy-mafkuraviy omillarning istiqbolli va yangilanuvchan qiyofasini inobatga olgan holda, ulardan ta’lim, tarbiya va axborot makonida innovatsion foydalanishning metodologik modelining ijtimoiy taraqqiyotdagi roli ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Globallashuv sharoitida ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashning samarali mexanizmlari” mavzusi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar, xususan:
globallashuv jarayonida yuzaga kelayotgan “ommaviy madaniyat”, “mafkuraviy immunitet”, “aql paradigmalari” kabi kategoriyalar ong va dunyoqarashga ta’sir etuvchi konseptual muhit sifatida shaxsda tarixiy ong, madaniy identiklik va ma’naviy barqarorlikni yo‘qotishga yo‘naltirilgan global imperativlar bilan aloqadorligiga oid g‘oyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan “Jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari” 24-bandi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan monitoring hamda sotsiologik tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish va o‘tkazish choralarini ko‘rish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi kengashining 2024-yil 12-iyundagi 260-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining viloyat va tumanlardagi bo‘limlarida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mafkuraviy tahdidlar orqali shaxs tafakkur uslubi, ma’naviy qaror qabul qilish qobiliyati va dunyoqarashidagi turfa individual ta’sirchanliklardan himoyalashda milliy manfaatlar, tarixiy qadriyatlar va ongli fuqarolik pozisiyasini himoya qilishga qaratilgan kompleks mafkuraviy-mexanik tizim bilan bog‘liq g‘oyaviy asoslar ochib berilganiga hamda O‘zbekistondagi ma’naviy barqarorlik siyosatining ijtimoiy ahamiyati, axborot makonidagi tahdidlar, yoshlar ongiga ta’sir etuvchi destruktiv g‘oyalar va tashqi mafkuraviy ta’sirlarning yo‘nalishlari aniqlangan, ularga qarshi samarali profilaktik-targ‘ibot mexanizmlariga oid xulosalardan Milliy tiklanish partiyasi ishchi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2024-yil 26-iyundagi 02/02-42-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar partiya elektorati dunyoqarashining o‘zgarishiga, ularda buyuk mutafakirlar g‘oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyatini tushunish va ulardan ijtimoiy hayotda foydalanishga xizmat qilgan ;
Yangi O‘zbekistonda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, axborot makonida milliy manfaatlarni himoya qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi mexanizmlari milliy ong va ma’naviy xavfsizlik o‘rtasidagi murakkab dialektik bog‘lanish asosida ochib berilganligiga doir hulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining 2024-yilgi ishchi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 01-27/529-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi faoliyatini takomillashtirish, ularning milliy manfaatlarni shaxsiy manfaatlardan ustunligini tushunishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston jamiyatida barkamol shaxsni shakllantirish jarayonida ma’naviy-mafkuraviy omillarning istiqbolli va yangilanuvchan qiyofasini inobatga olgan holda, ulardan ta’lim, tarbiya va axborot makonida innovatsion foydalanishning metodologik modelining ijtimoiy taraqqiyotdagi roli ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining o‘quvchi va talaba yoshlarni mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetini shakllantirishga yo‘naltirilgan davra suhbatlari, videoroliklar tanlovini tashkil qilishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2024 yil 20 noyabrdagi 03-10/345 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar ta’lim va tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini tushunishga, markazda tashkil etilgan tyutorlar malaka oshirish kurslaridagi ma’ruzalar mazmunini boyitishga xizmat qilgan.