Yorqulov Muhammadmurod Axmad o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududiy turizmni strategik rivojlantirish usullarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2144.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Turdibekov Xasan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududiy turizmni strategik rivojlantirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatida turizm sohasidagi tadbirkorlik subektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, har yili 22 ta mehmonxona, 49 ta oilaviy mehmon uyi, 5 ta xostel va 3 ta boshqa turdagi joylashtirish vositalari faoliyatini tashkil etish maqsadida Payariq, Samarqand, Tayloq va Urgut tumanlaridagi eng ko‘p turistlar tashrif buyuradigan obektlarda mavjud shart-sharoitlarni o‘rganish va uning natijasidan kelib chiqib kamchiliklarni bartaraf etish haqida takliflarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan tayyorlash asosida “Choshtepa” turizm maskanini ishga tushirish, “Mironqul” MFY hududida ekoturizm dam olish maskani faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “Omonqo‘ton” MFY hududida dam olish maskanini tashkil etish bo‘yicha takliflar asoslangan;
turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada yaxshilash maqsadida joylashtirish vositalari, oilaviy mehmon uylari, sanatoriy va pansionatlar xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish uchun turizm sohasidagi nodavlat taʼlim tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga har yili 2 milliard so‘mgacha grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha takliflar dalillangan;
respublikaning turizm salohiyatidan hamda mavjud resurslar va imkoniyatlardan to‘liq va samarali foydalanish, turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subektlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida turoperatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan turizm xizmatlari bo‘yicha xorijiy hamkorlarga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarda ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizi miqdoridagi mablag‘ni respublika byudjeti hisobidan subsidiya sifatida qaytarish taklifi asoslangan;
Samarqand viloyatiga kiruvchi xorijiy turistlar soniga tasir etuvchi omillarning tahlili asosida hududiy turizmni strategik rivojlantirishning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakatimizda turizm sohasida iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samaraqand viloyatida turizm sohasidagi tadbirkorlik subektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, har yili 22 ta mehmonxona, 49 ta oilaviy mehmon uyi, 5 ta xostel va 3 ta boshqa turdagi joylashtirish vositalari faoliyatini tashkil etish maqsadida Payariq, Samarqand, Tayloq va Urgut tumanlaridagi eng ko‘p turistlar tashrif buyuradigan obektlarda mavjud shart-sharoitlarni o‘rganish va uning natijasidan kelib chiqib kamchiliklarni bartaraf etish haqida takliflarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan tayyorlash asosida “Choshtepa” turizm maskanini ishga tushirish, “Mironqul” MFY hududida ekoturizm dam olish maskani faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “Omonqo‘ton” MFY hududida dam olish maskanini tashkil etish bo‘yicha asoslangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar”dagi “Rejasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 2-iyuldagi 03-10-17-5855-sonli dalolatnomasi). Natijada Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalangan holda viloyatga tashrif buyuruvchi turistlar oqimini 1,4 baravar oshirish imkoniyatlari asoslangan;
turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada yaxshilash maqsadida joylashtirish vositalari, oilaviy mehmon uylari, sanatoriy va pansionatlar xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish uchun turizm sohasidagi nodavlat taʼlim tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga har yili 2 milliard so‘mgacha grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha dalillangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha” “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 2-iyuldagi 03-10-17-5855-sonli dalolatnomasi). Natijada turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini 10 % oshirish imkoniyatlari dalillangan;
respublikaning turizm salohiyatidan hamda mavjud resurslar va imkoniyatlardan to‘liq va samarali foydalanish, turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subektlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida turoperatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan turizm xizmatlari bo‘yicha xorijiy hamkorlarga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarda ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizi miqdoridagi mablag‘ni respublika byudjeti hisobidan subsidiya sifatida qaytarish bo‘yicha dalillangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha” “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 2-iyuldagi 03-10-17-5855-sonli dalolatnomasi). Natijada Samarqand viloyatiga 2,55 mln. xorijiy turistlarni jalb etish imkoniyatlari dalillangan;
Samarqand viloyatiga kiruvchi xorijiy turistlar soniga ta’sir etuvchi omillarning tahlili asosida hududiy turizmni strategik rivojlantirishning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha asoslangan amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan qabul qilgan “2025-2030-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 2-iyuldagi 03-10-17-5855-sonli dalolatnomasi). Natijada strategik rivojlanishning optimistik, realistik va pessimistik ssenariylarni taqqoslash imkoniyati yaratilgan.